Get Mystery Box with random crypto!

TAFAKKUR

Telegram kanalining logotibi uzb_tafakkur — TAFAKKUR T
Telegram kanalining logotibi uzb_tafakkur — TAFAKKUR
Kanal manzili: @uzb_tafakkur
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.24K
Kanalning ta’rifi

Kritik-analitik fikrlash
Shaxsiy rivojlanish
Biznes psixologiyasi
Ko'ndirish psixologiyasi
Insoniy munosabatlar psixologiyasi
Murojaat uchun: @tafakkuradmin

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-04-04 11:24:58
Bolalarim xato qilsa nima qilaman?

Ko'pchilik ota-onalar farzandlariga tarbiya berishda uni qilma, buni qilma deb buyruqlar beradilar. Lekin, bolalarga nimani taqiqlasangiz, aynan o'sha narsaga qiziqishi ortib boraveradi. Bunday vaziyatlarda qanday yo'l tutish kerak?

Batafsil ushbu videoda bilib olasiz...

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
6.8K views08:24
Ochish/sharhlash
2023-04-03 11:26:07
Muqaddas Qur'oni Karim raqamlarda

Aziz obunachilarimiz, Ramazon oyi munosabati bilan muqaddas Islom dinimizga oid qiziqarli ma'lumotlarni ham siz azizlarga berib borishni niyat qilganmiz. Bugungi ilk postimiz Qur'oni Karimda keltirilgan ayrim ma'lumotlarning nechtaligi haqida bo'ladi.

Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Qurʼon nozil boʻlishi milodiy 610-yilda boshlangan. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v 40 yoshda Makka shahri yaqinidagi Hiro gʻorida chuqur tafakkurga berilib oʻtirgan paytlarida Jabroil a.s farishta „Iqro“ („Oʻqi“) deb boshlanuvchi „Alaq“ surasining avvalgi 5 oyatini keltirganlar. Bu jarayon Makkada 13 yil, Madinada 10 yil, hammasi boʻlib 23 yil davom etgan.

Siz Qur'oni Karim haqida yana qanday qiziqarli ma'lumotlarga egasiz? Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
10.2K views08:26
Ochish/sharhlash
2023-03-31 17:45:41
Xitoyliklar buyuk devorni Buxorodan ko'chirganmi?

Hayotingizda bir marotaba bo'lsa ham borishingiz kerak bo'lgan joylarni bilasizmi? Buxoroga nima uchun bordim? U yerdagi qaysi joylar meni lol qoldirdi? U yerdagi ko'rgan barcha ajoyibotlarimni siz azizlar bilan bo'lishgim keldi.

Mana necha yillardan buyon Buxoro o'zining boy madaniyati va tarixi bilan dunyo turistlarini o'ziga jalb qilib kelmoqda. Bunda qanday sir yashiringanini bilasizmi?

Sizlarga o'z bilganlarimni ushbu videoda aytib berishga qaror qildim. Aytgancha video davomida qiziqarli savollarga to'g'ri javob yozgan izoh egalariga maxsus sovg'alarimiz bor. Shunday ekan fursatni boy bermang.

To'liq videoni ko'rish:

5.4K views14:45
Ochish/sharhlash
2023-03-30 13:28:28
Hayotdan nolimang, chunki...

Qiyinchiliklar va muvaffaqiyatsizliklarga duch kelganimizda, salbiy fikrlarga botish va hayotdan shikoyat qilish juda oson bo'lishi mumkin. Ammo bunday fikrga kelishdan avval, hozirgacha nimalarga erishganimiz, bizga berilgan ne'matlarga yaxshilab nazar solaylik.

Hayotdan nolimang, aksincha, atrofingizdagi voqealarga munosabatingizni o'zgartirishga harakat qiling. Ijobiy narsalarga e'tibor qarating va hayotingizni yaxshilash uchun yana nimalar qila olishingiz haqida o'ylang. Unutmang, hayotimizning qanday bo'lishi atrofimizdagi dunyoni qanday ko'rishimizga bog'liq.

Keling, umrning har bir lahzasidan bahra olib yashashga, har bir kunimizni qadrlashga va bor narsamiz uchun minnatdor bo'lishga harakat qilaylik. Hayotdan shikoyat qilmang, balki uni har kuni yaxshiroq qilishga doimo harakat qiling!

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
5.5K views10:28
Ochish/sharhlash
2023-03-30 11:01:00
Tafakkur online markazida mosheniklar paydo bo'libti

Assalomu alaykum, aziz do'stlar!
Tafakkur admin nomidan faoliyat yuritib, pul so'rayotgan insonlarga ishonmang

Tafakkur admin profili bitta.
U bo'lsa ham - @tafakkuradmin

Moshenniklarga ishonib yurmang.

Barcha savollar bo'yicha @tafakkuradmin ga murojaat qiling.

Tepadigi rasm orqali murojaat qilganlarga ishonmang !
6.0K views08:01
Ochish/sharhlash
2023-03-28 14:47:44
Insonning cho'kish nuqtasi

Inson o'z hayotida yuqori cho’qqilarni zabt etishni boshlayotganda, u albatta kibr bilan yuzlashadi. Kimdir buni tez anglab yetib, bartaraf qila olsa, yana kimdir bu holatda uzoq vaqt davomida qolib ketadi. Bu esa atrofingizda har xil insonlar, salbiy holatlar, yolg’on o’yinlarni ko’payishiga va o’zligingizni yo'qotishingizgacha olib kelishi mumkin.

Shuning uchun, nima bo’lgan taqdirda ham, qalbimizda bolalardek beg’uborlikni saqlab qolishga harakat qilaylik. Yoshlikdan birga katta bo’lgan, yaxshi-yomon kunlarimizda yonimizda bo’lib, bizni borimizcha qabul qilgan insonlarni qadriga yetaylik

Sizningcha kibr insonni nimalardan mahrum qiladi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
10.4K views11:47
Ochish/sharhlash
2023-03-27 12:54:56
Farzandingizga doimo aytib turishingiz kerak bo‘lgan 9 ta gaplar qaysilar ekanligini bilasizmi?

Unda ushbu postimizni o'zingiz uchun saqlab qo'ying. Kelajagimiz mevasi bo'lgan farzandlarimizni qo'llab-quvvatlash har bir ota-onalarning burchidir.

Mehr va e’tiboringizni farzandingizdan ayamang. Ko‘proq bag‘ringizga bosib quchoqlab turing, erkalang, bolaligini doim his qilsin.

Bularga qo'shimcha qilib yana nimalarni aytgan bo'lar edingiz? Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring.

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
12.8K views09:54
Ochish/sharhlash
2023-03-24 17:31:02
Farzandingizda o'ziga bo'lgan ishonchni qanday uyg'otsa bo'ladi?

Ko'pchilik so'ragan uyatchang va qo'rqoq bolalarni tarbiyalashda qo'llaniladigan metodlardan birini bugun sizga voqealar asosida so'zlab beraman. Bunday bolalarni tarbiyalashda ko'plab metodlar mavjud bo'lib, ularni keyingi videolarimizda ham berib boramiz.

Hech oʻylab koʻrganmisiz, nega baʼzi xalqlarda kishilarning oʻziga boʻlgan ishonchi yuqori, baʼzilarida esa past? Siz ko’rayotgan muvaffaqiyatli insonlarning orqasida aslida nima turadi? Bolangiz kelajakda yuqori marralarni egallashi uchun nima qilish kerak?

Hech narsasi yo’q chekka qishloqda, qiyin sharoitlarda katta bo’lgan bola ham kelajakda buyuk inson bo’lib yetisha oladi. Turk millati tajribasi haqida ushbu videoda batafsil maʼlumot berishga harakat qildim. Muhimi, siz ham ushbu uslublarni qoʻllab koʻring va farzandlaringizni buyuklik sari yetaklang

To'liq videoni ko'rish uchun quyidagi havolani bosing:

4.3K views14:31
Ochish/sharhlash
2023-03-23 14:11:41
Muborak Ramazon oyida kuzatuvchilarimizga qulaylik yaratish uchun Ramazon oyi taqvimini ulashmoqchimiz.

Smartfoningiz ekraniga moslangan taqvim orqali ushbu oyning saharlik va iftorlik vaqtlari bilan tanishib borishingiz mumkin.

O'zingiz uchun taqvimni saqlab qo'yishingiz va yaqinlaringiz bilan ulashishingiz mumkin.

Taqvim Toshkent shahri vaqti bilan ko'rsatilgan

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
5.8K viewsedited  11:11
Ochish/sharhlash
2023-03-22 10:49:20
Ishlarimni yurishtirgan voqea

Sizlar bilan har doim eslaganimda yuzimda tabassum namoyon etadigan bir hikoyani bo’lishgim keldi. Yangi ish boshlaganimda ilk maoshimga kompyuter olmoqchi bo'lganman. Lekin uning o'rniga boshqa ish qilganman. Bu ishim esa butun umrga ishlarimni yurishtirib yuborgan deb hisoblayman. Batafsil voqeani videoda ko'rishingiz mumkin.

Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
7.8K views07:49
Ochish/sharhlash