Get Mystery Box with random crypto!

Bugun qanday muborak kecha ekanligini bilasizmi? Ramazon oyid | TAFAKKUR

Bugun qanday muborak kecha ekanligini bilasizmi?

Ramazon oyida muborak bir kecha borki, Alloh taolo o‘z kalomida uning ming oydan ham afzal ekani haqida marhamat qilgan. Ya'ni, kim o‘sha kechani ibodat bilan o‘tkazsa, boshqa paytda ming oy ibodat qilgandan ko‘p savobga erishadi. Bu – Qadr kechasidir.
U qanday fazilatlarga ega?

U ming oydan yaxshiroq kechadir, deyiladi. Agar bu hisob-kitob qilib ko‘rilsa, taxminan, 83,3 yilga to‘g‘ri keladi. Mana shu kechada qilinadigan ibodatlar, zikrlar, salovot-u tasbehlar, duolar ana shunday vaqt kengligini qamrab oladi.

Bu – shu muborak kechada qilingan ibodatlar shuncha yil davomida bajarilgan ibodat savobidan afzal, deganidir. Bundan ortiq bu kechaning yana qanday go‘zal va ulug‘vor fazilati bo‘lishi mumkin?

Qolaversa, bu kecha omonlik va barokot kechasi. Unda bandaning bir yillik hisob-kitobi yer yuziga tushiriladi. Bu kechada banda bedor bo‘lib, Allohga muxlis holatida, ya'ni ixlos ila duo qilsa, gunohlari mag‘firati, ikki dunyo saodati, o‘zining ehtiyojlari haqida so‘rasa, duosi shubhasiz ijobat bo‘ladi.

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam): «Kim Qadr kechasini imon va ixlos bilan bedor o‘tkazsa, uning o‘tgan gunohlari kechiriladi», dedilar.

Kanalga ulanish: Tafakkur

Facebook | Instagram | YouTube | TikTok