Get Mystery Box with random crypto!

TAFAKKUR

Telegram kanalining logotibi uzb_tafakkur — TAFAKKUR T
Telegram kanalining logotibi uzb_tafakkur — TAFAKKUR
Kanal manzili: @uzb_tafakkur
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.24K
Kanalning ta’rifi

Kritik-analitik fikrlash
Shaxsiy rivojlanish
Biznes psixologiyasi
Ko'ndirish psixologiyasi
Insoniy munosabatlar psixologiyasi
Murojaat uchun: @tafakkuradmin

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-03-21 20:45:19
Рамазон ойи 23 мартдан бошланади

Ўзбекистон Республикаси Президенти “Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида”ги қарорини имзолади. Унга кўра, 2023 йилги муборак Рамазон ойининг бошланиши 23 март кунига тўғри келиши ҳақидаги Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг ахбороти маълумот учун қабул қилинди.

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Уламолари Кенгаши томонидан Ислом дини манбалари ва астрономик маълумотларга таянган ҳолда 2023 йилда Рамазон ойининг биринчи куни шу йил 23 март, пайшанба кунига тўғри келиши ҳақида хулоса қилинган.

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати

Kanalga ulanish: https://t.me/uzb_tafakkur
15.4K views17:45
Ochish/sharhlash
2023-03-21 04:06:02
Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Sizni go‘zal diyorimizga qutlug‘ qadamlar ila kirib kelgan, fasllar malikasi bahorning yangilanish va yasharish, ezgulik hamda mehr-oqibat ayyomi — Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bahorning go'zal ayyomi va kirib kelayotgan oylarning sultoni Ramazon oyi sizga, oilangizga va har bir xonadonga tinchlik-osoyishtalik, barakali risq-nasiba, olam-olam sevinch va baxt olib kelsin!

Obuna bo‘ling: Tafakkur
31.5K views01:06
Ochish/sharhlash
2023-03-17 18:06:58
Hamma maqtagan Bali, aslida ham shundaymi?

Indoneziyadagi Bali oroliga nima uchun borgan edim? U yerda qanday ajoyibotlarga guvoh bo'ldim? Kichik orol bo'lsada, dunyo turistlarini nimasi bilan o'ziga rom etganini bilmoqchi bo'lsangiz, ushbu videoni albatta ko'ring.

Safarlar dunyoqarashni kengaytiradi, yangi narsalarni o'rgatadi, kuch beradi va shaxsiy o'sishga yordam beradi. Albatta bu yerda ko’rganlarimni va sayohatdan olgan iliq his-tuyg’ularimni sizlar bilan bo’lishgim keldi. Video davomida men bilan birga maymunlar o’rmoniga, 4-xil din vakillarining ibodatgohlariga, aql bovar qilmaydigan go’zallikga ega sharsharalarga borgandek bo’lasiz.

To'liq videoni ko'rish uchun quyidagi havolani bosing:

4.8K views15:06
Ochish/sharhlash
2023-03-17 16:13:39
Farzand tarbiyasida yoʻl qoʻyiladigan xatolar

Koʻpchilik ota-onalar sabrsizlik yoki bilimsizlik natijasida oʻz farzandlarini tarbiyalashda xatolarga yoʻl qoʻyishadi. Bunday xatolar bolaning ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, maʼlumot qabul qilish qobiliyati sustlashadi, hattoki stress paydo boʻlishigacha olib boradi. Yuqoridagi suratlarda siz bir qancha xatolarni koʻrishingiz mumkin.

Farzandingiz kelajakda kuchli, muvaffaqiyatli inson boʻlishini istasangiz, iltimos uning ruhiyatini kemtik qilib qoʻymang!

P.S. Postni yaqinlaringizga ulashing

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
6.6K views13:13
Ochish/sharhlash
2023-03-14 10:56:33
Bolangizni ustidan kulmang

Yevropada maktab bolalari orasida savol-javob o’tqazishgan va unda «Sizga eng yoqmaydigan narsa nima?» deb so’ralgan. Ishtirokchilarning deyarli barchasi «Mening ustimdan ustozlarim, o’rtoqlarim va atrofdagilarning kulishi» deb javob bergan.

Insonning psixologiyasiga qattiq ta’sir qiladigan, uning nafratini oshishiga sabab bo’ladigan narsa bu uning ustidan kulish. Shuning uchun bolangiz bilan gaplashganingizda, undan maktabda nimalar bo’layotgani to’g’risida so’rang. Uning nutqiga, fikrini ravon yetqazib berishiga ahamiyat bering.

Bu mavzudagi fikrlaringizni muhokamalarda kutib qolaman

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
6.3K views07:56
Ochish/sharhlash
2023-03-11 10:28:14
Bolani o’qishga qiziqtirish

Bolani o’qishga qiziqishini uyg’otish uchun nima qilish kerak? buning uchun unga nutqi kuchli va uni chunadigan ustoz topish kerak. Har bir bolaning bilim olishda o’z tezligi bo’ladi. Dars mavzularini shunga moslashtirib chuntirib bera oladigan ustozning darsiga, o’qishga qiziqishi yo’q bola ham qatnashgisi keladi.

Sizning ham farzandigizda bu kabi muammolar bo’lsa, fikringizni izohlarda kutib qolaman

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
5.4K views07:28
Ochish/sharhlash
2023-03-10 17:46:02
Xitoyga borganimda bo'lgan qiziq voqea

Hayotimda bo'lgan ko'plab voqealardan yana birini siz azizlarim bilan bo'lishgim keldi. IntervyuTv da qo'yilmagan voqealarni ko'rsatishda davom etamiz. Bu galgi voqea Xitoydaligimda sodir bo'lgan. U yerda kutilmaganda parranda grippini yuqtirib olganimda nima qilishimni bilmay qolganman.

Lekin o'shanda hech bir ish bejizga bo'lmasligiga yana bir bor amin bo'lganman. Kasallikni yengishimda menga yordam bergan tabib aslida kim edi? U bilan bog'liq qanday sirlarni aniqlaganimni ushbu video orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.

To'liq videoni ko'rish uchun quyidagi havolani bosing:


8.9K views14:46
Ochish/sharhlash
2023-03-09 12:20:49
Bolangiz tortinchoqmi?

Maktabdagi past natijalar, atrofdagi tengdoshlari bilan chiqisha olmaslik va shu kabi muammolarning sababi uyatchanlik bo’lishi mumkin.

Farzandigizni kelajakda albatta yuksak natijalarga erishishini xohlasangiz, bu masalaga o’z vaqtida e’tibor qaratishingiz kerak.

Fikrlaringizni izohlarda kutib qolaman

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
7.8K views09:20
Ochish/sharhlash
2023-03-08 05:00:53
Go'zallikda tengi yo'q, iffat va odobda barchaga o'rnak bo'ladigan aziz ayol-qizlarimiz!

Barchangizni bahorning ilk bayrami, 8-mart – "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Hamisha yuzingizda quvonch, ko'zlaringizda baxt nuri porlasin.

Oila deb atalmish baxt qasrida malikalarday hayot kechiring. Oilaviy saodat, farzand rohati, ayollik baxti hamisha hamroxingiz bo'lsin.

Ilohim har bir kuningiz bayram, har bir lahzangiz bahor bo‘lsin! Unutmang, siz nafaqat oila a'zolaringiz uchun, balki butun jamiyatimiz uchun doimo eng aziz, eng kerakli insonsiz. Ayollari bilimli yurtning kelajagi albatta buyuk bo'ladi!

Bugungi postimiz haqidagi fikr va mulohazalaringizni albatta yozib qoldiring. Siz nima deb o'ylaysiz, ayollar uchun eng yaxshi sovg'a nima?

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
13.3K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-03-06 15:22:17
Bolangizning maktabdagi muammolarini bilasizmi?

Vaqti-soati kelib bolamizning o’qishida nima bo’layotgani bilan qiziqmay ham qo’yamiz. Kundalik yumushlar, hayot tashvishlari, ijtimoiy tarmoqlar diqqatimizni o’ziga butunlay olib qo’yadi.

Ko’pincha kichkintoylarimiz, uyga kelganda, maktabda bo’layotgan kelishmovchiliklari haqida bizga ayta olmaydilar. Bu esa bolaning, sinfdoshlari orasida, ba’zi holatlarda kaltak yeb yurishiga ham olib kelishi mumkin.

Lekin bu muammoning yechimi, urgan bolalarni topib urish yoki ularning ota-onasi bilan borib janjal qilish emas, aksincha juda ham oson usullari mavjud. Agar sizga bu mavzu qiziq bo’lsa, izohlarda fikringizni yozib qoldiring va men keyingi videolarimda shu haqida sizlar bilan bo’lishaman.

Kanalga ulanish: Tafakkur

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
10.0K views12:22
Ochish/sharhlash