Get Mystery Box with random crypto!

Uyqu mashgʻuloti

Telegram kanalining logotibi uyqumashguloti — Uyqu mashgʻuloti U
Telegram kanalining logotibi uyqumashguloti — Uyqu mashgʻuloti
Kanal manzili: @uyqumashguloti
Toifalar: Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.83K
Kanalning ta’rifi

Mashg'ulot haqida toʻliq ma'lumot: @uyqu_manager
Yana bir kanalimiz: @Saranjom_beka

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 59

2022-08-31 20:52:17
Jonli efirimiz yoqdimi
Anonymous Poll
76%
Ha albatta
24%
Unchalik emas
838 voters4.8K views17:52
Ochish/sharhlash
2022-08-31 19:24:54
Jonli efir qilamizmi?
Anonymous Poll
78%
Judayam kutyotgandik ha
22%
Kech boldi yoq
385 voters872 views16:24
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:37:16
Sizdan kelgan fikrlar

Biz sizdan kelgan fikrlarni qo’ldan kelganicha kanalga joylab borishga harakat qilyapmiz!
Bizning faqatgina fikrlar(otziv) yuboradigan alohida kanalimiz ham bor….

Kanalga ulanish uchun link:
https://t.me/+ycvOpN2SCHwyNGUy

Murojat uchun: @uyqu_manager
2.6K views14:37
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:03:47
#MashaAlloh

Chaqaloqlarning jinsi erkaklarga bogʻliq ekan

Qurʼon moʻjizasini olimlar ham laboratoriya orqali chaqaloqlar jinsi faqatgina erkaklarga bogʻliq boʻlishini aniqlashibdi.

Bu videoni ayoli qiz tugʻsa xafa boʻladigan koʻrsin! Farzandlarning jinsi faqatgina erkakka bogʻliq boʻlar ekan

@uyqumashguloti
5.8K views10:03
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:35:00
“Tinch bola ,
Hotirjam ona


Sizdan kelgan fikrlar


“OROM UYQU” aqilli onalar tanlovi

Murojaat uchun: @UYQU_MANAGER

Bizning asosiy kanal:
@UYQUMASHGULOTI
1.1K viewsedited  15:35
Ochish/sharhlash
2022-08-29 14:19:30 NIMA UCHUN BOLALAR SHIRINLIKNI YAXSHI KO’RADI?


Barchaga maʼlumki, kichkintoylar shirinlikka oʻch boʻlishadi. Lekin agar oʻylab koʻradigan boʻlsak, kundalik ratsionimizda shirinlikdan tashqari ham mazali yeguliklar juda koʻp (kimningdir xayoliga goʻsht, yana kimnikigadir sut mahsulotlari kelgan boʻlsa, ajab emas). Shunga qaramay, farzandlarimiz qanday yoʻl bilan boʻlmasin, aynan shirinlikka ega chiqishni xohlashadi. Nima uchun shunday boʻladi?

Bu savolning javoblari juda koʻp boʻlishi mumkin. Biroq eng keng tarqalgan sabab shuki, oʻzlari ham shirinlkini jondan ortiq koʻradigan kattalarning oʻzi bolalarni shunga oʻrgatadilar. Birorta ishini ragʻbatlantirish yoʻlida qandlar beminnat xizmat qiladi. «Qoʻlingni yuvsang, qand beraman!» Tanish holatmi? Biroq gap faqat bunda emas.

Biror bir koʻrinishda shirinlikni totib koʻrgan bola uni qayta va qayta soʻrayveradi. Sababi shundaki, shirinlik serotonin nomli gormonning ajralib chiqishiga taʼsir qiladi. Serotonin va endorfin gormonlarini «baxt gormonlari» ham deyishadi. Bu gormonlar faollashganda inson oʻzini juda yaxshi his qiladi. Aynan shu sababli ham ruhan yoqimsiz holatga tushgan, kayfiyati yoʻq bolada shirinlikka ehtiyoj tugʻiladi. Bu maʼlumot ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan.

Bolalarning shirinlikka boʻlgan «cheksiz muhabbati» tushunarli holat. Biroq kattalar ham turli shokoladlar va tortlarni yaxshi koʻrishda bolalardan qolishmaydi. Taomdagi shirin taʼm uning kaloriyasi yuqoriligi va organizm tomonidan oson oʻzlashtirilishini bildiradigan signal hisoblanadi. Organizmimiz bunday taomni isteʼmol qilishga tabiiy ravishda moyil boʻladi. Shirinlik koʻz oldida ochiq turgan paytda organizmga undan voz kechish qiyinchilik tugʻdiradi.

Yana bir qiziqarli maʼlumot shuki, asal va mevalar shakarga toʻla oʻrinbosar boʻla olmaydi. Biroq shakarning kunlik tavsiya qilinadigan meʼyori juda oz boʻlib, kunlik kaloriyalar miqdoridan 10% ini ham tashkil qilmaydi. Agar ana shu meʼyorga amal qilinsa, bu organizm uchun foydali boʻlgan glyukoza va quvvat manbai boʻlishi mumkin.

Bolalarning shakar isteʼmol qilishiga kelsak, ular uchun shirinlik isteʼmol qilganda yuzaga keladigan xursandchilik kayfiyati goʻyo jismoniy va hissiy muammolari hal qilingandek tasavvur hosil qiladi. Bola shirinlikka oʻta bogʻlanib qolganmi? Oʻylab koʻring, aslida unga nima yetishmayapti? Balki uning jismoniy rivojlanishi uchun nimadir yetishmayotgandir? Ehtimol, uning hissiy yoki ruhiy tarafdan biror nimaga ehtiyoji bordir? Bola aynan qachon shirinlik soʻrayotganiga eʼtibor berib, kuzatib koʻring: balki charchagan, xafa boʻlgan, balki oʻzini yolgʻiz his qilayotgandir, balki aksincha, kun boʻyi miya oʻta koʻp faoliyat bilan band boʻlgandir.

Amerikada olib borilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, shirinlikka nisbatan intilish bolaning rivojlanish tezligiga bogʻliq. Bu intilish qancha oz boʻlsa, bola suyaklarining rivojlanishi ham shuncha sekin boʻlgan. Bu hodisani olimlar bolaning oʻsishi bilan bogʻliq ehtiyojlari uni qoʻshimcha quvvat manbalarini izlashga undashi bilan izohlashdi.

Shuni ham taʼkidlash lozimki, shakar deganda faqat shakar idishidagi shakar tushunilmaydi, balki oʻsayotgan organizm uchun undan anchagina foydali boʻlgan «ichki» shakar ham bor. Bu shakar mevalar, asal, sabzavotlar kabi mahsulotlarda mavjud. U organizmga juda oz miqdorda tushsa ham, oʻzi bilan birga vitaminlar, minerallar va oziq tolalarini ham olib kirishi bilan foydali.

@uyqumashguloti
6.3K views11:19
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:37:32
7.5K viewsedited  16:37
Ochish/sharhlash
2022-08-28 18:30:39
“OROM UYQU” mashg’ulotimizga qatnashgan bolalarning tahminiy ko’rinishi….

Sizning xam farzandingiz o’z joyida xuddi shunday tinch…. hech qanday harakatlaringizsiz…. sokin uxlay oladi!

Murojaat uchun: @uyqu_manager
7.7K views15:30
Ochish/sharhlash
2022-08-28 12:04:11
Natijaga erishgan onalarimiz erinmay o’z fikrlarini yozganda o’qib zavqlanaman….
Alhamdulillah deyman Va yanada ko’proq harakat qilishga va yanada ko’proq izlanishga tushaman.

Siz ham shunday natijalarga erishmoqchimisiz?
Xoziroq menejerimizga murojaat qilishingiz mumkin!
@uyqu_manager


@Uyqumashguloti
8.0K views09:04
Ochish/sharhlash
2022-08-28 06:09:06

Taglik(pampers) ni yechdik. Bu nima? Qizarish, toshmalar, yaralar... KONTAKT DERMATIT! Bunga aniq pampers(taglik) aybdor.
Birdan-bir xulosa: “Taglik sifatsiz ekan.” Yo'q! sifatsiz taglik emas Bu shunchaki eploqsiz onaning baxonasi…
Pampersni to'g'ri ishlatish qoidalari 5ta Agar shu qoidalarga 100% amal qilsak bolajonimiz kontakt dermatitdan azob chekmaydi.

1. Taglikni tez-tez almashtiring.
Ko'p hollarda taglikni almashtirish yoki almashtirmaslikka ikkilanamiz. Pampers unchalik shishmagan, kiyganiga hali 2 soat bo'lmadi,menimcha kechasi uncha siymaydi keyinroq almashtirsa ham bo'ladi
YO'Q. Ikkilanmang, almashtiring. Farzandingiz sog'lig'i uchun erinmang.

2. To'g'ri razmer tanlang.
Pampers bola badaniga yopishib turmasligi kerak. Teri va taglik orasida bo'sh joy bo'lishi shart.
Bolajonimiz oldingidan to'lishdi. Pampers tiqilib turibdi. Lekin uyda hali yana bir pachka shu razmerdagi tagliklar bor. Shular tugaguncha amallab kiydirib turarman. 3 kun uzog'i bilan bir hafta biroz siqip kiydirsam hech nima qilmaydi
Qilmaydi emas. QILADI!
Bolaning terisiga jiddiy zarar qiladi.
Avvalambor ortiqcha kichik razmerli taglik olmang. Ehtiyot shart, zahirada pachka ushlab turmoqchi bo'lsangiz ishlatayotgan razmeringizdan 1-2 razmer kattasini olib qo'ying.
Kichik razmerli pampersni do'kondan alishtiring. Almashtirishni iloji bo'lmagan taqdirda puliga kuyib qolishdan qo'rqmay voz keching. Bolaning terisi salomatligi bir pachka pampersdan muhimroq.

3. Tozalashni me'yordan oshirmang.
Bolaning terisi nihoyatda nozik. Shu sababli toza tutishga harakat qilamiz ba'zida oshirib ham yuboramiz.
Taglikni har almashtirganda yaxshilab sovunlab yuvish kerak.
Nam salfetkalarni umuman ishlatmaslik kerak. Faqat va faqat sovun.
Agar taglikni yechganingizda bolaning terisi toza va quruq holda bo'lsa sovunlab yuvishni hojati yo'q. Hadeb sovunlab yuvaverish nafaqat bolani balki kattalarni ham terisini quritib yuboradi.
Nam salfetkalarni ishlatish mumkin. Faqat u bolalar uchun mo'ljallangan sifatli tarkibida spirt, bo'yoq va paroben moddalardan holi bo'lishi kerak.

4. Yuvintirgandan keyin terini to'liq quruq qilib arting.
Biz bolani yaxshilab har bir teri burmasini e'tiborga olib yuvintiramiz, lekin ko'pincha quritish bosqichiga unchalik ham ahamiyat bermaymiz.
Tez-tez artib tagini ho'llab qo'ymasidan tezgina pampers kiydirib qo'yish kerak. Bolani tezroq kiyintirish kerak, terisi nafas olsin deb shamollatib qo'ymaylik.
Terida havo uncha kirmaydigan yopiq sohalarida yaxshilab quritib artilmagan bo'lsa, o'sha joyda ortiqcha namlik to'planadi va ko'pincha aynan shu kontakt dermatitga sabab bo'ladi.
Faqat yaxshilab quritaman deb bolani terisini qattiq ishqalab yubormang. Nozik teri nozik yondashuvni talab qiladi.

5. Profilaktik gigienik parvarish vositalaridan foydalaning.
Bolalarga mo'ljallangan taglik osti uchun maxsus bolalar kremi (tarkibida sink rux moddasi bo'lsa yanayam yaxshi) ishlating.
Paxta yog'ini sterillab ishlatsammikin? Yaxshisi vazelinga nistatin qo'shib ko'raman. Axir uyda ham krem tayyorlasa bo'ladi.
BO'LMAYDI. Uy sharoitida tayyorlashga urinmang.

@uyqumashguloti
9.2K views03:09
Ochish/sharhlash