Get Mystery Box with random crypto!

Taglik(pampers) ni yechdik. Bu nima? Qizarish, toshmalar, yara | Uyqumashguloti



Taglik(pampers) ni yechdik. Bu nima? Qizarish, toshmalar, yaralar... KONTAKT DERMATIT! Bunga aniq pampers(taglik) aybdor.
Birdan-bir xulosa: “Taglik sifatsiz ekan.” Yo'q! sifatsiz taglik emas Bu shunchaki eploqsiz onaning baxonasi…
Pampersni to'g'ri ishlatish qoidalari 5ta Agar shu qoidalarga 100% amal qilsak bolajonimiz kontakt dermatitdan azob chekmaydi.

1. Taglikni tez-tez almashtiring.
Ko'p hollarda taglikni almashtirish yoki almashtirmaslikka ikkilanamiz. Pampers unchalik shishmagan, kiyganiga hali 2 soat bo'lmadi,menimcha kechasi uncha siymaydi keyinroq almashtirsa ham bo'ladi
YO'Q. Ikkilanmang, almashtiring. Farzandingiz sog'lig'i uchun erinmang.

2. To'g'ri razmer tanlang.
Pampers bola badaniga yopishib turmasligi kerak. Teri va taglik orasida bo'sh joy bo'lishi shart.
Bolajonimiz oldingidan to'lishdi. Pampers tiqilib turibdi. Lekin uyda hali yana bir pachka shu razmerdagi tagliklar bor. Shular tugaguncha amallab kiydirib turarman. 3 kun uzog'i bilan bir hafta biroz siqip kiydirsam hech nima qilmaydi
Qilmaydi emas. QILADI!
Bolaning terisiga jiddiy zarar qiladi.
Avvalambor ortiqcha kichik razmerli taglik olmang. Ehtiyot shart, zahirada pachka ushlab turmoqchi bo'lsangiz ishlatayotgan razmeringizdan 1-2 razmer kattasini olib qo'ying.
Kichik razmerli pampersni do'kondan alishtiring. Almashtirishni iloji bo'lmagan taqdirda puliga kuyib qolishdan qo'rqmay voz keching. Bolaning terisi salomatligi bir pachka pampersdan muhimroq.

3. Tozalashni me'yordan oshirmang.
Bolaning terisi nihoyatda nozik. Shu sababli toza tutishga harakat qilamiz ba'zida oshirib ham yuboramiz.
Taglikni har almashtirganda yaxshilab sovunlab yuvish kerak.
Nam salfetkalarni umuman ishlatmaslik kerak. Faqat va faqat sovun.
Agar taglikni yechganingizda bolaning terisi toza va quruq holda bo'lsa sovunlab yuvishni hojati yo'q. Hadeb sovunlab yuvaverish nafaqat bolani balki kattalarni ham terisini quritib yuboradi.
Nam salfetkalarni ishlatish mumkin. Faqat u bolalar uchun mo'ljallangan sifatli tarkibida spirt, bo'yoq va paroben moddalardan holi bo'lishi kerak.

4. Yuvintirgandan keyin terini to'liq quruq qilib arting.
Biz bolani yaxshilab har bir teri burmasini e'tiborga olib yuvintiramiz, lekin ko'pincha quritish bosqichiga unchalik ham ahamiyat bermaymiz.
Tez-tez artib tagini ho'llab qo'ymasidan tezgina pampers kiydirib qo'yish kerak. Bolani tezroq kiyintirish kerak, terisi nafas olsin deb shamollatib qo'ymaylik.
Terida havo uncha kirmaydigan yopiq sohalarida yaxshilab quritib artilmagan bo'lsa, o'sha joyda ortiqcha namlik to'planadi va ko'pincha aynan shu kontakt dermatitga sabab bo'ladi.
Faqat yaxshilab quritaman deb bolani terisini qattiq ishqalab yubormang. Nozik teri nozik yondashuvni talab qiladi.

5. Profilaktik gigienik parvarish vositalaridan foydalaning.
Bolalarga mo'ljallangan taglik osti uchun maxsus bolalar kremi (tarkibida sink rux moddasi bo'lsa yanayam yaxshi) ishlating.
Paxta yog'ini sterillab ishlatsammikin? Yaxshisi vazelinga nistatin qo'shib ko'raman. Axir uyda ham krem tayyorlasa bo'ladi.
BO'LMAYDI. Uy sharoitida tayyorlashga urinmang.

@uyqumashguloti