Get Mystery Box with random crypto!

Uyqumashguloti

Telegram kanalining logotibi uyqumashguloti — Uyqumashguloti U
Telegram kanalining logotibi uyqumashguloti — Uyqumashguloti
Kanal manzili: @uyqumashguloti
Toifalar: Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.34K
Kanalning ta’rifi

Mashg'ulot haqida toʻliq ma'lumot: @uyqu_manager
Yana bir kanalimiz: @Saranjom_beka

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 45

2022-11-19 13:05:13
Bugungi sertifikatlarimizni ham qat'iyatli va sabrli Onajonlarning farzandlariga topshiramiz. Natijalaringiz bardavom bo'lsin
SERTIFIKAT MUBORAK BOLAJON

Siz ham shunday natijaga erishishni istaysizmi? hoziroq biz bilan bog'laning!

Murojaat uchun: @uyqu_manager

@uyqumashguloti
7.2K views10:05
Ochish/sharhlash
2022-11-19 13:05:12
6.6K views10:05
Ochish/sharhlash
2022-11-17 19:52:59
Bizning mashg'ulotimizdagi Onalarning muammosi bolani uxlatish emas, uni uyg'otish

@uyqumashguloti
2.6K views16:52
Ochish/sharhlash
2022-11-17 19:16:24
Do I posle
3.0K views16:16
Ochish/sharhlash
2022-11-17 18:30:56
ИНТЕРНЕТНИ ПОРТЛАТГАН БОЛА!

Россиялик бу болакай тасодифан ўз ота-онасини ўлдириб қўйди...


2022 йилнинг ёз ойида болакай қўшнисига полицияга қўнғироқ қилиб беришларини сўради, чунки унинг ота-онаси узоқ вақт давомида уйғонишмади, болакай эса ота-онаси ухлаяпти деб ўйлади!
Полиция келиб текширгач, ота-онаси ўлганлигини маълум қилишди! Болакайни тергов қилишганда, бола ўз айбига иқрор бўлди ва қандай қилиб ота-онасини ўлдириб қўйганини айтиб берди! Маълум бўлишича, болакай...

ДАВОМИНИ ЎҚИШ
3.1K views15:30
Ochish/sharhlash
2022-11-17 12:25:03
Qadrli obunachilar!

O'tgan hafta Sizlarga "Orom uyqu"kursi tariflaridagi o'zgarishlarni taqdim qilgan edik.

Bugundan boshlab barcha turli yoshdagi bolalar uchun ya'ni 3oydan 36oygacha, yangi tariflarga ega kurs ochdik.

Yangilangan "Orom uyqu" kursimizga marhamat!!!

Biz bilan birga O'zingiz va bolajoningizga orom uyqu hadya qiling.

Hoziroq yozilib oling!
Murojaat uchun : @uyqu_manager

Start 17noyabr 20.00
@uyqumashguloti
3.8K viewsedited  09:25
Ochish/sharhlash
2022-11-16 09:34:39
Natijalar guldastasi
Bolajonlar orom uyqu topganlaridan xursandman, bardavom bo'lsin

"Orom uyqu" yangi kursimizga start ertaga 17noyabr kuni beramiz
Hoziroq kursimizga yozilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @uyqu_manager

@uyqumashguloti
4.9K views06:34
Ochish/sharhlash
2022-11-15 13:36:09
CHAQALOQLAR UYQUDA so'rg'ich ISHLATISHI KERAKMI? 

Bu savolga javob berish biroz mushkul. Chunki ba'zi chaqaloqlar hech qachon so'rg'ichsiz uxlamaydilar, ba'zi chaqaloqlar esa nima qilsangiz ham, so'rg'ichni qabul qilmaydi. Agar u so'rg'ichdan foydalanayotgan bo'lsa, uning uyqusiga ta'sir qiladi, deb xavotirlanmang. Uxlash uchun so'rg'ichni olib tashlash shart emas. Chunki @uyqumashguloti davomida aytganimdek; "So'rg'ich uyqu vaqtida bizga yordam ham bermaydi, to'sqinlik ham qilmaydi." Mashg'ulotimizda so‘rg‘ichni olib tashlash yoki so‘rg‘ichdan foydalanish sharti yo‘q. Buni o'rganish uchun biz mashg'ulotimizga hatto kichik dastur ham kiritganmiz.  Sizning farzandingiz  so'rg'ich ishlatadimi? Sizningcha, farzandingizning uyqusi uchun so'rg'ichning ahamiyati qanday?

@uyqumashguloti
5.6K viewsedited  10:36
Ochish/sharhlash
2022-11-14 11:10:05 Boshlanishi..

Bolani mustaqil xojatga o'rgatish mashg'uloti ham onalardan metin iroda va tog'dek sabr talab qiladi. Albatta, bu mashg'ulotni boshlashdan oldin o'zingizning emotsional holatingizni to'g'ri baholab, barqarorlashtirishingiz zarur. Asosiysi, bolakayga o'zingiz bilmagan holda hissiy jarohat yetkazib qo'yishdan extiyot bo'ling! Buning uchun esa quyidagilarni qilmasligingiz zarur :
1. Oshiqcha his-tuyg'ular va reaktsiyalardan saqlaning! Emotsional barqaror bo'lishga va hotirjamlikni ushlashga harakat qiling.
2. Hojatga borasanmi, deb tez-tez so'ramang. Bu holat bolakayni bezdirib qo'yishi va bu mashg'ulotga g'ayriodatiy, deb qarashiga olib keladi.
3. Bolaga axlatini ko'rsatmang. 4.Hojatxonada bolani kutib, bezor qilmang. Vaziyatni tezlashtirmoqchi bo'lmang.
5. Vahimaga tushmang, shoshmang

TURK TILIDAN
NODIRA ADHAMOVA
Tarjimasi.

@uyqumashguloti
3.0K viewsedited  08:10
Ochish/sharhlash
2022-11-14 11:09:22 Bolani mustaqil hojatga o'rgatish mashg'ulotini qachon boshlash kerak?

Bolani mustaqil hojatga o'rgatishning eng muhim jihati - bola har qancha vaqtda hojat chiqarishini bilishi hisoblanadi. Bolani o'z xohishidan qat'iy nazar, tezroq gorshokka o'rgatmoqchi bo'lgan biz kattalar esa bola siydik yo'llaridagi o'zgarishlarni o'zi kuzatishiga to'sqinlik qilamiz. Bunda bolakay bir necha marotaba tagini ho'llab qo'yishi va buni noqulayligini his qilishi normal holat. Mustaqil hojatga o'rgatish, ya'ni bolani gorshokka o'rgatishning eng optimal vaqti 18 oy hisoblansa-da, bu har bir bola organizmining individual holatiga bog'liqdir. Bolani mustaqil hojatga o'rgatish vaqti kelganini bilish uchun bolakayni xatti-harakatlarini kuzatish lozim. Masalan, ko'plab bolalar hojat bajarayotganida tikka turib oladilar. Bolalar, odatda, hojatlarini yurgan holatda bajaradi, lekin ular siydik yo'llarining mushaklarini nazorat qilishni boshlaganlarida yurishmaydi, balki turishadi, kutishadi, xojat chiqarishadi va yana yurishni davom ettiradilar. Bunda bolakay xojat chiqarmoqchi bo'lganida, ota-onasining yoniga borib oladi yoki qayerlargadur berkinib, xojatini chiqargandan keyingina yana o'z ishida davom etaveradi. Bolani gorshokka o'rgatish vaqti kelganini aynan shu harakatidan oson payqab olasiz.

Shundan so'nggina 3kunlik qoidani bajarsangiz ham bo'ladi.

Xo'sh, uch kunlik qoida nima?

Bu sinov qoidasi. Shunga ko'ra, birinchi kunda bolakayga har qanday suyuqlikni shimib, bola ostini quruq saqlab turadigan bir martalik taglik emas, namni o'ziga singdirib olmaydigan matoli taglik ishlatishingiz lozim. Chunki bolakay qachonki namlikni his qilsa, bu unda noqulaylik hissini tug'dirsa, shundagina undan halos bo'lish uchun qandaydir belgi berishga majbur bo'ladi. Bu majburiyat esa, unda shu namlikni oldini olishni, natijada esa, gorshokka o'tirib ishini bajarish ko'nikmasini shakllanishiga yordam beradi. Agar bolaga qancha ko'p namlikni yaxshi shimadigan va unga qulaylik tug'diradigan bir martalik tagliklar kiydirsangiz, unda mustaqil xojatga bo'lgan extiyoj kamayib boradi.

Demak, mashg'ulotning birinchi kunida bolaga namlikni noqulayligini his qilishi mumkin bo'lgan matoli ko'p martalik taglik ishlatish kerak. Shunda bolakay ho'llik noqulayligini his qiladi va sekin-astalik bilan siydik yo'llari mushaklarini ishlata boshlaydi.

Ikkinchi kuni mato butunlay olib tashlanishi kerak. Bolaga "agar xohlasang, senga boshqa taglik kiydirmayman", deya taklif bildiring. Matoli taglik kiydirmasdan, trusik yoki ishtoncha kiydiring. Bola hojatini kiyimiga bajarganida , u namlanishning noqulayligini ko'proq his qiladi va bu noqulaylik uchun o'zi yechim izlay boshlaydi.

Uchinchi kuni ular o'zlarining yechimlarini ishlab chiqara boshlaydilar. Ba'zi bolalar nima bo'layotganini to'liq anglamasligi mumkin. Bu holatda uning yoniga kelib, "Senga bu holat yoqmayapti, to'g'rimi, kel, unda gorshokka o'tiramiz, shunda taging ho'l bo'lmaydi, xohlasang, men senga yordam beraman", deya unga o'z yordamingizni taklif qiling.

Xo'sh, tunda nima qilish kerak?

Aslida, tungi to'sishlar kunduzgiga qaraganda bir qancha osonroq. Qachonki, bolakay kunduzi gorshokka o'tirish ko'nikmasini shakllantirganda,tungi xojatlar ham o'z - o'zidan bolaning nazorati bilan bajariladigan bo'ladi. Buning uchun dastlabki kunlarda bolakayga yordam berib, to kunduzgi to'sishlar normaga tushmaguncha, tunda har ehtimolga qarshi matolik tagliklar ishlatib turamiz. Chunki bolakay noqulay namlikni his qilishi biz uchun asosiy OLTIN qoida !

@uyqumashguloti
Davomi..
2.9K viewsedited  08:09
Ochish/sharhlash