Get Mystery Box with random crypto!

Boshlanishi.. Bolani mustaqil xojatga o'rgatish mashg'uloti h | Uyqumashguloti

Boshlanishi..

Bolani mustaqil xojatga o'rgatish mashg'uloti ham onalardan metin iroda va tog'dek sabr talab qiladi. Albatta, bu mashg'ulotni boshlashdan oldin o'zingizning emotsional holatingizni to'g'ri baholab, barqarorlashtirishingiz zarur. Asosiysi, bolakayga o'zingiz bilmagan holda hissiy jarohat yetkazib qo'yishdan extiyot bo'ling! Buning uchun esa quyidagilarni qilmasligingiz zarur :
1. Oshiqcha his-tuyg'ular va reaktsiyalardan saqlaning! Emotsional barqaror bo'lishga va hotirjamlikni ushlashga harakat qiling.
2. Hojatga borasanmi, deb tez-tez so'ramang. Bu holat bolakayni bezdirib qo'yishi va bu mashg'ulotga g'ayriodatiy, deb qarashiga olib keladi.
3. Bolaga axlatini ko'rsatmang. 4.Hojatxonada bolani kutib, bezor qilmang. Vaziyatni tezlashtirmoqchi bo'lmang.
5. Vahimaga tushmang, shoshmang

TURK TILIDAN
NODIRA ADHAMOVA
Tarjimasi.

@uyqumashguloti