Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti T
Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti
Kanal manzili: @utasuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.12K
Kanalning ta’rifi

🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 20

2023-02-17 09:32:08
Kelajakda muvaffaqiyatli karyera qurishlari uchun barcha imkoniyatlari bo'lgan shijoatli talabalarni yana kim deb atash mumkin? Shuning uchun ham biz ularning o'ziga bo'lgan ishonchini ko'rishdan juda xursandmiz

Toshkent amaliy fanlar universitetida o'qiganingizda barcha maqsadlarga erishishning imkoni bor
12.2K views06:32
Ochish/sharhlash
2023-02-15 13:38:17
Ajoyib talabalarimiz shunchalik ko'pki, ularni sanab adog'iga yetib bo'lmaydi

Tanishing, bank ishi fakultetining 1-bosqich talabasi Utemuratova Rayhona. U darslardan keyin kompyuter kurslariga qatnashadi — iste'dodli odam har sohada ham iste'dodlidir

Bo'sh vaqtarida Rayhona kitob o'qishni yoqtiradi. Ayniqsa, u Jorj Samuel Kleysonning "Vavilonlik eng boy odam" asarini yaxshi ko'radi

Sizning sevimli kitobingiz qaysi?
15.5K viewsedited  10:38
Ochish/sharhlash
2023-02-13 14:14:35
Bizning talabalarimizni samolyot bilan taqqoslash mumkin

Hozirda ular yo'lning boshida, asta-sekin balandlikka ko'tarilmoqda. Oldinda ularni beqiyos imkoniyatlar kutmoqda. Bortdagi kuchli bilimlar esa ravon parvozni ta’minlaydi.

Toshkent amaliy fanlar universiteti - yorqin karyera uchun ishonchli tanlov.
6.0K views11:14
Ochish/sharhlash
2023-02-11 16:01:06
Abituriyentlar uchun kontrakt to'lovining muddati uzaytirildi

Abituriyentlar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan murojaatlar hisobga olinib, kontrakt to'lashning oxirgi muddati 17-fevralga qadar uzaytirildi (17-fevral, ya'ni, juma kuni ham to'lovlarni amalga oshirish mumkin).

Eslatib o'tamiz, shartnomaning 3.6-bandida "3.3-bandda koʼrsatilgan toʼlov shartlari buzilgan taqdirda, Universitet Talabani talabalar safidan chiqarishga haqli" ekanligi belgilangan.

Shunga ko'ra, kontrakt to'lovini ushbu xabarda ko'rsatilgan muddatdan kech qolmasdan amalga oshirishingizni so'raymiz.

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Youtube
20.0K views13:01
Ochish/sharhlash
2023-02-10 09:12:05
Zamonaviy universitet qanday bo’lishi kerak?

Ta'lim olish uchun qulaylikni ta'minlaydigan va eng katta afzalliklarni taqdim etadigan mukammal joyni yaratish g'oyasi bizning universitetimizda amalga oshirildi.

Toshkent amaliy fanlar universiteti talaba va o'qituvchilar uchun jonajon makonga aylandi. Keng auditoriyalar, adabiyotlarga boy kutubxona, qulay kafe — hamma joy yorqin, zamonaviy va yorug'!

Sizga-chi, universitetimiz yoqadimi?
8.5K views06:12
Ochish/sharhlash
2023-02-09 16:38:11
Hurmatli talabalar!

Eslatib o'tamiz, ertaga, ya'ni 10-fevral, joriy yilning qishki qabulida o'qishga qabul qilingan talabalar uchun kontrakt to'lovining oxirgi kuni.

10-fevralgacha to'lanishi kerak bo'lgan summa shartnomada ko'rsatilgan bir o’quv yillik summasining 50%ini, ya'ni yarmini tashkil etadi.

Shartnoma to’lovini istalgan bank orqali amalga oshirgach, Universitetga olib kelishingiz kerak bo'lgan hujjatlar:

- To‘lov qog‘ozining asli, 2 dona nusxasi bilan;
- Pasport, yashash manzili (propiska) 2 dona nusxasi;
- Kollej yoki litsey diplomining asli (ilovasi bilan) yoki Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi (11-sinf) shahodatnomani asli (ilovasi bilan), 2 dona nusxasi bilan;
- Rasm 3x4 (6 dona);
- Shartnoma, 1 dona nusxasi bilan.

Muhim! Yuqoridagi hujjatlarni 17-fevral sanasigacha universitet binosiga olib kelishingiz shart.

Qishki qabulda hujjat topshirgan talabalar uchun o'qish boshlanish sanalari fevral oyi oxirida sahifalarimizda e'lon qilinadi.

Universitet kirish imtihonlaridan keyin har xil SMSlar jo’natib, abituriyentlardan pul talab qiladigan vositachilar, jumladan konsalting firmalariga aldanib qolmang,

Universitetda faqat bitta yagona telefon raqami va telegram-boti bor:

+998712000540
@utasunibot

Boshqa nomer va botlardan ogoh va ehtiyot bo’ling!

Universitet binosiga kelish uchun havola.

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Youtube
13.0K views13:38
Ochish/sharhlash
2023-02-08 12:18:06
Yana bir talabalarimiz bilan tanishishga nima deysiz?

Bugungi postimiz Pedagogika va psixologiya fakulteti 1-kurs talabasi Ro'ziev Jamshidbekka bag'ishlangan. Jamshidbek sportni juda yaxshi ko'radi - karate bo'yicha O'zbekiston chempioni, ko'plab sovrinlar sohibi, undan tashqari, u chim ustidagi xokkey va futbolni yaxshi ko'radi. Va u qo'shiq aytishni ham yaxshi ko'radi.

Keling, yosh iste'dodni iliq so'zlar bilan qo'llab-quvvatlaylik
16.4K views09:18
Ochish/sharhlash
2023-02-06 12:33:19
Qulay ta'lim olish uchun talabalarimiz hamma narsaga ega

Bilim olish uchun ma'ruzalardan tashqari, kerakli adabiyotlar va kompyuterlar har doim mavjud. Agar diqqatni jamlash kerak bo'lsa, tinch hudud yoki kovorking zonalariga marhamat. U yerda doimo qulay muhit hukm suradi

Ammo, bu bilan kampusimizning qiziqarli joylari tugamaydi. Ko'proq bilish uchun bizni kuzatib boring
16.0K views09:33
Ochish/sharhlash
2023-02-03 10:44:25
Fevral oyini ajoyib o'qituvchi bilan tanishishdan boshlaymiz

Aliyeva Nodira Maxkampulatovna - universitetimizning informatika kafedrasi katta o'qituvchisi. Biz u kishining professionalligini juda qadrlaymiz: Nodira Maxkampulatovna Germaniyaning InWent tashkiloti grantini qo'lga kiritib, olti oy mobaynida Germaniyada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha malakasini oshirdi

Chingiz Aytmatovning asarlari va Sevara Nazarxonning qo'shiqlari qahramonimizga Ilhom va quvonch bag'ishlaydi

Sevimli o'qituvchingizni sharh va layklar bilan qo'llab-quvvatlang
15.0K views07:44
Ochish/sharhlash
2023-02-01 17:04:02Ta’lim krediti olish to'g'risida

Talaba xotin-qizlar foizsiz, talaba yigitlar esa asosiy stavkada ta'lim krediti olishi mumkinligi haqida batafsil ma'lumot bergan edik.

Talabalarimiz ta'lim kreditini olishda ko'plab muammolarga duch kelishdi.

Endilikda, siz shunday muammolarni oldini olish maqsadida Markaziy bank tomonidan ishga tushirilgan ta'lim-krediti.uz sayti orqali ta'lim krediti olish uchun banklarga arizalarni onlayn yo'llashingiz mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun havola.

Ta'lim kreditini olish uchun elektron imzolangan PDF shartnoma hamda to’lov uchun hisob (счёт на оплату)ni universitet rasmiy sayti (shartnoma olish tugmasi) orqali yuklab olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
21.0K views14:04
Ochish/sharhlash