Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti T
Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti
Kanal manzili: @utasuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.92K
Kanalning ta’rifi

🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2023-07-03 12:00:06
Hurmatli abituriyentlar!

Hozirda universitet rasmiy sayti orqali shartnomani yuklab olishingiz mumkin.

Shartnomada ko’rsatilgan summaning 50% qismini 20-avgustgacha to’lashingiz kerak bo’ladi.

Agar siz SMS olmagan bo'lsangiz, universitet rasmiy sayti (shartnoma olish tugmasi) orqali javobingizni tekshira olasiz.

Shuningdek, shartnomadagi ma’lumotlaringizda xatolik bo’lsa, universitet binosiga kelishingiz so’raladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar

+998712000540
@utasunibot

Veb-sayt | Telegram | Instagram
26.4K views09:00
Ochish/sharhlash
2023-06-30 11:34:24
Talabalarimizning bo'sh vaqtlari bo'lishi bilan kampusda stol tennisi o'ynab hordiq chiqarayotganini kuzatish mumkin. Tennis stolini o'rnatganimizdan beri, raketkadan mohirona foydalanishda bahslashishni istaganlarning cheki yo'q

Sizga ham tennis o'ynash yoqadimi yoki ko'proq muxlislik qilishni xohlaysizmi?
34.3K views08:34
Ochish/sharhlash
2023-06-28 17:03:37
Siz azizlarni muqaddas Qurbon Hayiti bilan muborakbod etamiz!

Sizlarga sihat-salomatlik va kelajakka bo'lgan so'nmas umid tilaymiz. Omad, fayzu baraka va osoyishtalik doimo hamrohingiz bo'lsin!
38.0K views14:03
Ochish/sharhlash
2023-06-27 09:52:37
Yangi kun — talabalar bilan yangi tanishuv

Bizning bugungi qahramonimiz — O'ljayev Bashar Sherali o'g'li. U iqtisodiyot fakultetining 2-bosqichida ta'lim oladi.

Basharning sevimli mashg'ulotlari juda ko'p, lekin u ko'proq qadimiy joylarga sayohat qilish va yangi narsalarni kashf qilishni xush ko'radi. Balki, bir kun kelib u arxeolog bo'lishni istab qolar?

Siz ekspeditsiyaga borganmisiz?
37.0K viewsedited  06:52
Ochish/sharhlash
2023-06-25 16:40:30
Do'stlar bilan hamjihatlikda ta'lim olish

Talabalarimiz nafaqat yangi bilimlarni o'zlashtirishda, balki har jabhada bir-birlariga o'zaro yordam qo'lini cho'zishadi. Muvaffaqiyatli ta'lim olishning siri ham shunda

Bizning universitetimizda ta'lim olishni xohlarmidingiz?
36.5K viewsedited  13:40
Ochish/sharhlash
2023-06-22 17:25:00
Imtihon javoblari e'lon qilindi

Toshkent amaliy fanlar universiteti 17-iyun kuni bo'lib o'tgan kirish imtihonlari natijalari SMS orqali e'lon qilindi.

SMSda berilgan havola orqali shartnomani 1-iyuldan boshlab yuklab olishingiz mumkin.

Agar siz SMS olmagan bo'lsangiz, universitet rasmiy sayti (shartnoma olish tugmasi) orqali 1-iyuldan boshlab javobingizni tekshira olasiz.

Universitetda faqat bitta yagona telefon raqami va telegram-boti bor:

+998712000540
@utasunibot

Boshqa nomer va botlardan ogoh va ehtiyot bo’ling!

Veb-sayt | Telegram | Instagram
48.8K viewsedited  14:25
Ochish/sharhlash
2023-06-20 09:24:54
Pedagoglarimiz — dilbarlik timsoli

Psixologiya o'qituvchisi — Mavlyanova Surayyo bilan tanishing. Uni talabalar ham, hamkasblari ham birdek hurmat qiladi va qadrlaydi

Qahramonimiz o'z kasbini yaxshi ko'radi, klassik musiqa va komediyalar esa unga ilhom manbai bo'lib xizmat qiladi. Bo'sh vaqtlarida sayohat qiladi va tez-tez mazali taomlar tayyorlaydi

Sizga psixologiya yoqadimi?
46.1K viewsedited  06:24
Ochish/sharhlash
2023-06-18 14:17:48
Toshkent amaliy fanlar universiteti imtihonlari yakunlandi

Kecha, 17-iyun, Toshkent amaliy fanlar universiteti kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

Imtihon javoblari 22-iyunda SMS orqali e'lon qilinadi.

Kechagi imtihonda ishtirok eta olmagan abituriyentlarga keyingi imtihonda qayta ishtirok etish imkoniyati beriladi va buning uchun qayta ro'yxatdan o'tish shart emas.

Keyingi imtihon sanalari rasmiy sahifalarimizda e'lon qilinadi.

Telegram | Instagram
46.7K views11:17
Ochish/sharhlash
2023-06-16 07:35:58
Imtihon vaqtlari!

17-iyun
, shanba, Toshkent amaliy fanlar universiteti kirish imtihonlari bo'lib o'tadi. SMSlar bugun 18:00dan keyin jo’natiladi. Yo’nalishlar kesimida aniq vaqtlar:

Pedagogika va psixologiya - soat 11:00da.
• Boshlang'ich ta'lim - soat 11:00da.

Iqtisodiyot - soat 12:00da.
Bank ishi va auditi - soat 12:00da.

Buxgalteriya hisobi va audit - soat 13:00da.
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar - soat 13:00da.
• Kompyuter injiniringi - soat 13:00da.
Axborot xavfsizligi - soat 13:00da.
Multimediya texnologiyalari - soat 13:00da.

• Matematika va informatika - soat 14:00da.
• Tarix - soat 14:00da.
• O'zbek tili va adabiyoti - soat 14:00da.
• Maktabgacha ta'lim - soat 14:00da.

• Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) - soat 15:00da.

Imtihonga kirish uchun login va parol quyidagicha bo'ladi:

Login: Ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz (Namuna: +998991234567)
Parol: Pasport/ID seriya va raqam (Namuna: AA1234567)

Imtihonga kirish uchun havola (link) sizga SMS orqali bugun 18:00dan keyin yuboriladi. Imtihon uchun belgilangan vaqt 30 minut. Imtihon bo'yicha batafsil ma'lumot.
53.6K views04:35
Ochish/sharhlash
2023-06-14 16:56:32
IQ test namunalari bilan tanishing

Toshkent amaliy fanlar universiteti kirish imtihonlari ONLAYN intellektual qobiliyat TEST sifatida tashkil etiladi (IQ test) va mantiqiy savollar, matematika, o'zbek va ingliz tili savollaridan iborat bo'ladi.

Testlar soni - 20 ta. Ularni yechish uchun ajratilgan vaqt - 30 daqiqa.

Kirish imtihonlari 17-iyunda onlayn tarzda bo'lib o'tadi, javoblar esa 22-iyun kuni SMS orqali e'lon qilinadi.

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
48.5K views13:56
Ochish/sharhlash