Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti T
Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti
Kanal manzili: @utasuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.12K
Kanalning ta’rifi

🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 21

2023-02-01 09:01:22
Yangi abituriyentlar universitetimiz bilan tanishishga tayyorlanayotgan bir paytda, bizning talabalarimiz jonajon kampuslariga qaytib, yangi shijoat bilan darslarni boshlashga tayyorlar

Ob-havoning isishi — ajoyib, ammo do'stlar va sevimli ustozlar bilan uchrashuv dillarga yanada ko'proq iliqlik baxsh etadi. Keling, birgalikda barcha talabalarga a'lo baholarni tilaymiz
23.4K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-01-31 12:14:30
Imtihon javoblari e'lon qilindi

Toshkent amaliy fanlar universiteti 28-29-yanvar kunlari bo'lib o'tgan kirish imtihonlari natijalari SMS orqali e'lon qilindi.

Shu bilan birga, berilgan link (havola)dan endi nafaqat kontrakt (shartnomani), balki to’lov uchun hisob (счёт на оплату)ni ham yuklab olishingiz mumkin. Ushbu hujjat banklar uchun, jumladan ta'lim krediti olish uchun kerak bo’lishi mumkin.

Diqqat! Kontrakt va to’lov uchun hisobda bir o’quv yillik summa keltirilgan. 10-fevralgacha to’lanishi kerak bo’lgan summa undan 50%ni, ya’ni yarimini tashkil etadi.

Agar siz SMS olmagan bo'lsangiz, universitet rasmiy sayti (shartnoma olish tugmasi) orqali javobingizni tekshira olasiz.

Shuningdek, shartnoma rasmiylashtirishda passport ma'lumotlaringiz yoki telefon raqamingiz ariza bilan to'g'ri kelmasa - shartnoma bekor qilinishi mumkin.

Taqdim etiladigan hujjatlar

Eslatib o'tamiz, universitet kirish imtihonlaridan keyin har xil SMSlar jo’natib, abituriyentlardan pul talab qiladigan vositachilar, jumladan konsalting firmalariga aldanib qolmang,

Universitetda faqat bitta yagona telefon raqami va telegram-boti bor:

+998712000540
@utasunibot

Boshqa nomer va botlardan ogoh va ehtiyot bo’ling!

Veb-sayt | Telegram | Instagram
26.0K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-01-29 15:13:54
Murabbiylar bilan tanishtirishni davom ettiramiz

Bugun sizga Tarix kafedrasi katta o'qituvchi Begmatov Rahimjon Rahmonqulovichni tanishtiramiz. Uning o'qituvchi sifatida shakllanishida ota-onasining hissasi katta — ular o'g'illarining dars berishini orzu qilishgan va vaqt o'tishi bilan uning o'zida ham ushbu kasbga qiziqish uyg'ongan

Rahimjon Rahmonqulovich futbol o'ynash va kitob o'qishni yoqtiradi. Sevimli qo'shig'i — Natasha Korolyova ijrosidagi "Kichik mamlakat"
30.5K viewsedited  12:13
Ochish/sharhlash
2023-01-29 06:37:49
Qishki qabul imtihonlari yakunlandi

Kecha, 28-yanvar, Toshkent amaliy fanlar universiteti qishki qabul (sirtqi ta'lim shakli) uchun imtihonlar bo'lib o'tdi.

Imtihon javoblari 31-yanvarda SMS orqali e'lon qilinadi.

Kechagi imtihonda ma'lum sabablarga ko'ra, jumladan, internet va elektr bilan bog'liq muammolar sabab ishtirok eta olmagan abituriyentlarga bugun, ya'ni 29-yanvar soat 13:00 da qayta ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Imtihonga kirish uchun havola (link) imtihonda ishtirok eta olmagan abituriyentlarga SMS orqali jo'natildi. Imtihon uchun belgilangan vaqt 30 minut. Imtihon bo'yicha batafsil ma'lumot.

Eslatib o'tamiz, qishki qabul to'liq yakunlandi va bundan boshqa imtihonlar o'tkazilmaydi.
31.1K views03:37
Ochish/sharhlash
2023-01-27 07:07:37
Imtihon vaqtlari haqida!

28-yanvar
, shanba: Qishki qabul (sirtqi ta'lim shakli) uchun imtihon bo'lib o'tadi. SMSlar bugun 18:00dan keyin jo’natiladi. Yo’nalishlar kesimida aniq vaqtlar:

Pedagogika va psixologiya - soat 11:00da.
• Boshlang'ich ta'lim - soat 11:00da.
• Maktabgacha ta'lim - soat 11:00da.

Iqtisodiyot - soat 11:30da.
Buxgalteriya hisobi va audit - soat 11:30da.
Matematika va informatika - soat 11:30da.

Bank ishi va auditi - soat 12:00da.
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar - soat 12:00da.
• Tarix - soat 12:00da.
• O'zbek tili va adabiyoti - soat 12:00da.

Imtihonga kirish uchun login va parol quyidagicha bo'ladi:

Login: Ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz (Namuna: +998991234567)
Parol: Pasport/ID seriya va raqam (Namuna: AA1234567)

Imtihonga kirish uchun havola (link) sizga SMS orqali bugun 18:00dan keyin yuboriladi. Imtihon uchun belgilangan vaqt 30 minut. Imtihon bo'yicha batafsil ma'lumot.
37.1K views04:07
Ochish/sharhlash
2023-01-26 13:01:46
Hurmatli abituriyentlar!

Eslatib o'tamiz, kirish imtihonlar 28-yanvar, ya'ni, shanba kuni bo'lib o'tadi. Imtihon onlayn, bu degani - Toshkentga/Universitetga kelish shart emas.

Imtihonning har bir yo’nalish bo’yicha aniq vaqti, hamda imtihonga kirish uchun link (havola) sizga - SMS tarzida imtihondan bir kun oldin jo'natiladi (ya'ni 27-yanvar kuni).

Onlayn imtihon uchun sizga kompyuter/noutbuk yoki smartfon, uzluksiz internet va atrofdagilardan holi tinch xona kerak bo'ladi.

Muhim! Imtihon tafsilotlari haqida SMS qabul qilish uchun ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz balansi minusda bo'lmasligiga, hamda imtihonda ishtirok etish uchun internet xizmatlarini to'lab qo'yganingizga - ishonch hosil qilishingizni so'raymiz!

Imtihon topshirish tartibi: Batafsil

IQ test namunalari bilan tanishing: Namuna

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
35.6K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-01-25 16:25:18
Yangi kampus ta'lim tushunchasini yangi bosqichga olib chiqdi

Albatta, do'stlar davrasida ta'lim olish ancha oson va maroqli, ammo atrofingizni yam-yashil daraxtlar va shinam muhit o'rab turganda har bir yangi dars yanada ko'proq quvonch keltiradi
36.4K views13:25
Ochish/sharhlash
2023-01-23 09:37:59
Qabul haqida eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar

1. Qishki qabul uchun hujjat topshirish qaysi sanagacha davom etadi?
2023-yil 25-yanvarga qadar.

2. Kirish imtihonlari qachon bo'ladi?
2
023-yil 28-yanvarda onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Imtihonda ishtirok etish bepul.

3. Qanday hujjat topshirish mumkin?
utas.uz/admission havolasi orqali ariza qoldirishingiz mumkin. Hujjat topshirish bepul.

4. Qabul uchun qanday hujjatlarni topshirish talab etiladi?
Maktab shahodatnomasi yoki litsey, kollej diplomi; passport/ID nusxasi

5. Qanday ta'lim shakllari mavjud?
Ushbu qishki qabulda faqat sirtqi ta’lim shakli mavjud.

6. O'qishga bu yil 11-sinf yoki litseyning 3-kursini tugatayorganlar kirsa bo'ladimi?
Yo'q, faqat maktabni 11 sinf yoki litseyni bitirganlar

7. Kirish imtihonlari savollaridan namunalar bormi?
Namunalar bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

8. Qishki qabul nima?
Qishki qabul — 2023-yil fevral oyidan 2024-yil yanvar oyigacha davom etadigan o'quv yili. Keyingi o'quv yillari ham xuddi shu tartibda davom etadi.

9. O'qish narxlari necha pul?
Batafsil bu yerda

10. Universitet diplomi O'zbekistonda tan olinadimi?
Batafsil: t.me/utasuz/286

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
50.1K viewsedited  06:37
Ochish/sharhlash
2023-01-19 07:53:36
Anchadan beri sizni talabalar bilan tanishtirmadik

Bu Timur — IT fakulteti talabasi va bundan yosh avlod nimaga intilayotganini tushunib olish mumkin. U o'z yoshiga nisbatan ancha yetuk va hamma joyda — moliyaviy savodxonlik, trendlar va o'yinlarda muvaffaqiyat qozonishga intiladi.

Ha, bizning Temur vaqtini virtual olamda o'tkazishni yaxshi ko'radi va uning eng xush ko'rgan mobil o'yinlari:

Mobile Legends — chunki bu o'yinni do'stlar bilan birgalikda o'ynash mumkin;
Genshin Impact'ni ajoyib manzaralari va ajablanarli sarguzashtlari uchun;
Homescapes — bu yerda o'qishdan keyin dam olish mumkin.
12.2K views04:53
Ochish/sharhlash
2023-01-18 16:56:17
IQ test namunalari bilan tanishing

Toshkent amaliy fanlar universiteti kirish imtihonlari ONLAYN intellektual qobiliyat TEST sifatida tashkil etiladi (IQ test) va mantiqiy savollar, matematika, o'zbek va ingliz tili savollaridan iborat bo'ladi.

Testlar soni - 20 ta. Ularni yechish uchun ajratilgan vaqt - 30 daqiqa.

Kirish imtihonlari 28-yanvarda onlayn tarzda bo'lib o'tadi, javoblar esa 31-yanvar kuni SMS orqali e'lon qilinadi.

Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy
15.1K views13:56
Ochish/sharhlash