Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

Telegram kanalining logotibi ustozlar_uchun — Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL X
Telegram kanalining logotibi ustozlar_uchun — Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL
Kanal manzili: @ustozlar_uchun
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.66K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Xalq ta'limi xodimlariga hujjatlar to'plami.
📡 @ustozlar_uchun kanalidan hamma hujjatlarni topasiz.
(kanal 26-08-2017 yaratilgan)
Hamkorlar:
📡 @pedagoglarmiz
🌐 fb.com/ustozlaruchun
Bog'lanish: @muallif_bot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 56

2021-12-16 21:25:07
#Xayrli_tun_aziz_ustozlar

Siz borsizki omad yonimda....
Baxt men tomon shaxdam qadamlar...
Xayolingiz har dam yodimda....
Dunyodagi yaxshi odamlar...

Xayrli tun qalbdoshim! Shirin tushlar tungi hamrohingiz bo'lsin!

https://t.me/ustozlar_uchun
883 viewsedited  18:25
Ochish/sharhlash
2021-12-16 17:59:08
... rejasiz dahoni mag'lub etadi!
(Warren Buffet)
2.2K views14:59
Ochish/sharhlash
2021-12-16 14:38:05
1237-yil 16-dekabrda Ryazanni Moʻgʻul Oʻrdasi qamal qila boshladi.

Pronsk erlarini vayron qilib, mo'g'ul qo'mondoni Batu Xon (Chingizxonning nabirasi) o'z qo'shinlarini Ryazanga olib bordi. Shaharda kuchli garnizon yo'q edi, Voronej daryosidagi jangda knyaz otryadi va shahar polki halok bo'ldi. Mudofaani o'sha jangda omon qolgan bir necha askarlar, knyazlar oilasining shaxsiy qo'riqchilari, shahar va uning atrofidagi qishloqlar aholisi olib bordi. Ryazanni qamal qilish besh kun davom etdi. Himoyachilar shahar ko'chalari va maydonlarida jang qildilar.

Ularning oxirgisi tosh cherkovlarga chekinishdi, u erda ayollar, bolalar va jang qila olmaydigan erkaklar najot izlashdi. Ammo cherkovlar ham Batu askarlari tomonidan olib ketilgan va vayron qilingan.

https://t.me/ustozlar_uchun
3.5K views11:38
Ochish/sharhlash
2021-12-16 13:10:50 ​​#Soʻragan_edingiz

BU YIL MAKTABLARDA YANGI YIL TADBIRLARI OʻTKAZILADIMI?

Shu kunlarda juda koʻpchilik bu yil maktablarda yangi yil bayram tadbirlari oʻtkaziladimi degan savol bilan murojaat yoʻllamoqda.

Odatda, hozirgi paytga kelib, juda koʻp maktablarda yangi yil archalari oʻrnatilib, bezalardi. Soʻngi yillarda yurtimizga koronavirus infeksiyasi kirib kelgandan buyon bunday tadbirlarni oʻtkazishga bir qancha cheklovlar oʻrnatilib kelinmoqda.

Respublika maxsus komissiyaning joriy yilning 30-noyabrdagi 90-sonli yigʻilish bayonida bu yil ham vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xoʻjalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta’minlash hamda davlat budjeti mablagʻlaridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida yangi yil bayramini nishonlash boʻyicha turli xil korporativ bayram va koʻngilochar tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.

Shuningdek, tashkilot rahbarlari ushbu cheklovga qat’iy rioya etilishi uchun shaxsan javobgar etib belgilanganligi va cheklovni buzganlar tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi haqida qat’iy ogohlantirildi. Fuqarolarga esa yangi yil bayramini imkon qadar uyda oila davrasida kutib olish tavsiya etildi.

Ammo, Xalq ta’limi vazirligi ta’lim muassasalarida yangi yil tadbirlarini qanday tartibda oʻtkazilishi yoki bunday tadbirlarni tashkil etish taqiqlanganligi haqida hali rasmiy ma’lumot bermadi.

Ammo, hozirgi vaziyatni hisobga olib aytganda katta ehtimol bilan Xalq ta’limi vazirligi ham ta’lim muassasalarida yangi yil bayram tadbirlarini tashkil etishga cheklovlar oʻrnatilganligini ma’lum qilsa kerak.


https://t.me/ustozlar_uchun
5.1K views10:10
Ochish/sharhlash
2021-12-13 11:36:30
ORGINALI KELDI

УЗБЕКИСТОН БУЙЛАБ ДАСТАВКА БЕПУЛ.
Иш вакти: 8:00 дан 22:00 гача.
тулув: klick, Payme, Накт.
Олдиндан тулув йук.

•Мини тикув машинка.
Model: SM-202A
•220v Тукда ва Батарейкада ишлайди.
•2-хил скористи бор.
•Ойог учун педали хам бор.
Рамер: Буйи 19см. Эни 17.5см

АКЦИЯ
Нархи: 319.000

https://100k.uz/oqim/67981
https://100k.uz/oqim/67981
3.5K views08:36
Ochish/sharhlash
2021-12-12 14:01:00 Sinf rahbariga belgilangan mezonlar to‘g‘risida bilasizmi?

Sinf rahbari

kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi;

maktabda to‘liq stavkada asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borishi;

odob-axloqi va xulqi bilan o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘la olishi;

ruhiy jihatdan barqaror bo‘lgan; - o‘quvchilar bilan ishlash jarayoniga mas’uliyat bilan yondasha olishi lozim.

Shuningdek,

Boshlang‘ich sinfda asosiy (o‘qish, ona tili, matematika) fanlardan dars beradigan o‘qituvchi sinf rahbari hisoblanadi.

O‘rta va yuqori sinflarda sinf rahbarining o‘zi ta’lim beradigan fani doirasida ham o‘quvchilari bilan yaqindan ishlashini inobatga olgan holda o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib o‘qitishni talab etadigan fan o‘qituvchilari hamda o‘rindoshlik asosida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarga sinf rahbarligini biriktirish maqsadga muvofiq emas.

Bundan tashqari, bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor o‘rinbosarlari, psixologlar, yoshlar yetakchisi sinf rahbari bo‘lishi mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, sinf rahbari mezonlari Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 22 fevraldagi 44-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan


https://t.me/ustozlar_uchun
8.2K views11:01
Ochish/sharhlash
2021-12-12 07:55:13
12 декабрь — буюк ёзувчи Чингиз Айтматов (1928-2008) таваллуд топган кун

Қирғиз ёзувчиси, давлат, жамоат арбоби, дипломат. Қирғизистон халқ ёзувчиси (1968). Қирғизистон Фанлар Академияси академиги (1974). Қирғизистон Қишлоқ хўжалиги институтини тамомлаган (1953). 1956-58 йиллари Москвадаги ёзувчилар уюшмаси Олий адабиёт курси тингловчиси. Асарларини қирғиз ва рус тилида ёзган.

Асарлари:
«Жамила» (1958),
«Сарвқомат дилбарим» (1961),
«Бўтакўз»,
«Биринчи муаллим» (1962),
«Момо ер»,
«Сомон йўли» (1963),
«Алвидо, эй Гулсари» (1966)
«Оқкема» (1970)
«Денгиз ёқалаб чопаётган олапар» (1977)
«Асрга татигулик кун» (1980),
«Қиёмат» (1986),
«Кассандра тамғаси» (1990)

«Эрта қайтган турналар»


https://t.me/ustozlar_uchun
9.9K views04:55
Ochish/sharhlash
2021-12-12 07:47:38 #Bilasizmi

OTA-ONALAR TALIM MUASSASASIDAGI DARS JARAYONIGA ARALASHISHI MUMKIN EMAS

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 28-maydagi 131-sonli buyrugʻiga muvofiq ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) ta’lim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishi mumkin emas.

Tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan har qanday bahsli vaziyatlar faqatgina maktab rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) hamda maktab psixologi bilan dars jarayoniga halaqit bermagan holatda hal etilishi lozim.

Ta’lim muassasasi hududida jamoa a’zolarining ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) bilan munosabatlari oʻzaro hurmat va hushmuomalalik tamoyillariga asoslanishi lozim, biror bir taraf tomonidan boshqasining shaxsiyatiga kamsituvchi hatti-harakatlarning sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tomonlar yuqoridagi talablarga rioya etmagan holatlarda vaziyatni barqarorlashtirish uchun mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish va hududiy ichki ishlar organlariga murojaat etishlari kerak.

Eslatib oʻtamiz, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasiga koʻra ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish holatlari uchun:

fuqarolarga 1 mln 350 ming soʻmdan 1 mln 890 ming soʻmgacha, mansabdor shaxslarga esa — 1 mln 890 ming soʻmdan 2 mln 700 ming soʻmgacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

Agar xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:

fuqarolarga 1 mln 890 ming soʻmdan 2 mln 700 ming soʻmgacha, mansabdor shaxslarga esa — 2 mln 700 ming soʻmdan 4 mln 50 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


https://t.me/ustozlar_uchun
8.8K views04:47
Ochish/sharhlash
2021-12-12 06:12:29 Maktablarda sinf rahbarlik uchun qancha maosh toʻlanadi?

Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga asosan
umumta’lim muassasalari oʻqituvchilariga qoʻshimcha haq toʻlovlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida amalga oshiriladi.

Demak, 1-sentyabrdan sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun toʻlovlar quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

15 nafar oʻquvchigacha — BHMning 26.4 foizi, ya’ni 217 008 soʻm miqdorida toʻlanadi;

16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha — BHMning 31.6 foizi, ya’ni 259 752 soʻm miqdorida toʻlanadi;

21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha — BHMning 36.9 foizi, ya’ni 303 318 soʻm miqdorida toʻlanadi;

26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha — BHMning 42.1 foizi, ya’ni 346 062 soʻm miqdorida toʻlanadi.

31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda — BHMning 52.8 foizi, ya’ni 434 016 soʻm miqdorda toʻlanadi.

Asos: Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi.


https://t.me/ustozlar_uchun
6.6K views03:12
Ochish/sharhlash
2021-12-11 11:40:11
Ўқитувчилари ўқувчиларидан кўп мактаб

Навоий вилоятининг Учқудуқ туманидаги 14-умумтаълим мактаби республикадаги энг кичик мактаблардан бири. Туман марказидан 200 км олисдаги овулда жойлашган мазкур мактабда 5 нафар ўқувчига 6 нафар ўқитувчи дарс беради.

https://kun.uz/10429427


https://t.me/ustozlar_uchun
9.7K views08:40
Ochish/sharhlash