Get Mystery Box with random crypto!

Universal IT kanali

Telegram kanalining logotibi universal_it — Universal IT kanali U
Telegram kanalining logotibi universal_it — Universal IT kanali
Kanal manzili: @universal_it
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.77K
Kanalning ta’rifi

• Reklama — t.me/techno_ads/513
💻 IT ga oid darslar, kerakli ma'lumotlar va oxirgi yangiliklarni ulashib boruvchi universal kanal.
🤖 IT video darslari — @FoydaliUniversal_bot
👥 Guruhimiz — @Universal_IT_chat

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2022-10-30 16:31:01
Eng talabgir va zamonaviy kasblarni mutaxassislardan bepul o'rganish imkoniyati

Grafik dizayn
Dasturlash
SMM menejerlik
3D modeling

Yuqoridagi eng talabgor va zamonaviy kasblarni 50 mingdan ortiq insonlar ro'yxatdan o'tgan va 2000 dan ortiq tugmadan tashkil topgan novqabot orqali bepul va tartib bilan o'rganish imkoniyatiga egasiz.

Zamonaviy kasblarni zamonaviy botdan o'rganing.

Darslarni o'tkazib yubormaslik uchun hoziroq botga ulanib oling: @novqabot
1.5K viewsJamshidbek Qayumov, 13:31
Ochish/sharhlash
2022-10-30 08:26:43
Telegram premium qanday imkoniyatlarga ega?

Telegram premium endi sizlar uchun yangilik emas, ammo u siz uchun qanchalik foydali va qanday xolatlarda sizga nima bera oladi?

Ushbu o'zbek tilidagi video orqali telegram premiumning barcha imkoniyatlarini ko'rishingiz va premiumdan to'laqonli foydalanishni o'rganib olishingiz mumkin.

P.S: Telegram, adminlarni premium olishga majbur qilib qo'ymoqda , bo'lmadi oxir men ham olishga majbur bo'ldim

@universal_it
1.6K viewsJamshidbek Qayumov, 05:26
Ochish/sharhlash
2022-10-29 17:40:05
Kompyuteringiz qanchalik kuch bilan ishlamoqda?

Kompyuterimiz qanchalik zo'riqish bilan ishlayotgani, qaysi dastur ishga jarayonida operativ xotiradan qancha joy olayotgani, video karta xarorati necha gradusgacha qizigani va shu kabi statistikalarni siz ko'rishingiz mumkin.

01. Buning uchun klaviaturadan
"Ctrl + Shift + ESC" tugmalarini bosing
02. 2-raqam bilan belgilangan oynaga o'ting
03. Natijalar tayyor va ular real vat jarayonida o'zgarib turadi

@universal_it
1.7K viewsJamshidbek Qayumov, edited  14:40
Ochish/sharhlash
2022-10-29 14:24:01
Driverlarni online o'rnatamiz yoki yangilaymiz

Ba'zan kompyuteringizning biror funksiyasi yaxshi ishlamay qoladi, deylik wifi yoki ekran yorug'ligini o'zgartirib bo'lmaydi.

Bu holatga ayniqsa o'zi sistema qo'yadiganalar tez-tez duch kelishadi. Driverni offline versiyalarining hajmi juda katta bo'ladi.

Ammo sizda internetdan unchalik muammo bo'lmasa, driverlarni online o'rnatib olishingiz yoki yangilashingiz mumkin.

Buning uchun driverhub.driver.ru sayti orqali "DriverHub" dasturini yuklab olib o'rnating va qulay interfeys orqali driverlarni yangilang.

@universal_it
1.7K viewsJamshidbek Qayumov, 11:24
Ochish/sharhlash
2022-10-28 18:04:37
Bitta ishga fokus qaratishni o'rganamiz

Deylik biron maqola yozmoqchisiz yoki dasturlashni o'rganayabsiz. Lekin ha deganda natija ko'rinmayabdi, ishlarimiz oxiriga yetmayabdi yoki ko'ngildagidek chiqmayabdi.

Nega? Chunki biz ko'p chalg'ib ketamiz.

pomofocus.io sayti orqali vaqtingizni to'g'ri sarflashni o'rganasiz, biron vazifani yozing, vaqtni belgilang va START ni bosing.

@universal_it
1.7K viewsJamshidbek Qayumov, 15:04
Ochish/sharhlash
2022-10-27 16:41:02
Dasturchilar she'r yozsa qanday bo'ladi, Seniorlar yozsachi

She'r nomi:
Dard
Muallif: Rixsiboy Umarov, 11 yillik Web dasturchi va tadbirkor

Notion'da o'qish

@universal_it
2.4K viewsJamshidbek Qayumov, 13:41
Ochish/sharhlash
2022-10-26 17:40:30
Win + B qanday vazifani bajaradi?
Anonymous Quiz
41%
Masalalar panelini ko'rsatadi
26%
Bosh sahifaga o'tadi
14%
Kompyuterni bloklaydi
19%
Fayl menejerini ochadi
705 voters2.1K viewsJamshidbek Qayumov, 14:40
Ochish/sharhlash
2022-10-26 14:30:00 Tezroq noutbuk sotib olish yo'llari

IT sohasi rivojlanib, O'zbekistonda ham ommalashib borayotgani hech kimga sir emas, quvonarlisi hozir aksariyat yoshlar, talabalar hatto maktab o'quvchilari ham IT ni o'rganishmoqda yoki o'rganish niyatida yurishibdi.

Ammo birinchi o'rinda "yangi noutbuk" olish lozim yoki stol kompyuteri.

Hammaning ham $400-$500 ga oddiyroq bo'lsa ham noutbuk olishga qurbi yetmaydi ammo ular ham IT sohasini o'rganishga haqli.

Sizlarga beradigan eng yaxshi maslahatlarimdan biri bu yangi bo'lmasa ham, internet saytlardan, masalan olx dan, telegramdagi kanallardan yoki biron tanishingizdan ishlatilgan bo'lsa ham oddiyroq bo'lsa ham noutbuk oling va o'rganishni boshlang.

Arzonroq narxga olgan noutbukingizni yaxshirog'iga ham pulingiz yetganida almashtirib olaverasiz, masalan 1 mln so'mga olgan bo'lsangiz uni yana 1 mln so'm atrofida sotib ustiga biroz qo'shib yana yaxshirog'idan olishingiz mumkin.

Lekin yangisidan olaman deb yillab kutish, yozda ishlab olaman deb kutish yoki maktabni bitirishni kutib vaqt o'tkazish yaxshi emas. IT ni o'rganmoqchi bo'lsangiz albatta ingliz tilini ham asta-sekin o'rganishni boshlang.

P.S: Siz yoshlarga qanday maslahatlar berasiz

@universal_it
2.1K viewsJamshidbek Qayumov, 11:30
Ochish/sharhlash
2022-10-25 17:40:47 Simli va simsiz sichqonchaning qanday farqlari bor?

Har birining afzalliklari va kamchiliklari bor, keling ularga birma-bir to'xtalib o'tsak.

Simsiz sichqonchaning yaxshi tomonlari
- Biror joyga olib borib ishlatishga qulay
- Ortiqcha portlarni band qilmaydi

Simsiz sichqonchaning kamchiliklari
- Ishlash aniqligi pastroq, grafik dizayn va video montaj kabi ishlarga yaramaydi
- Batareykasi tugasa ishlamaydi

Simli sichqonchaning yaxshi tomonlari
- Ishlash aniqligi juda yuqori
- Batareyka shart emas

Simli sichqonchaning kamchiliklari
- Simi xalaqit beradi
- 1 ta USB portni doim band qilib turadi

Xulosa qiladigan bo'lsak
- Agar o'qishga yoki ishga sichqoncha va noutbuk olib borishga to'g'ri kelsa va sizga sichqonchaning aniqlik darajasi juda muhim bo'lmasa simsiz sichqoncha xarid qilsangiz bo'ladi
- Agar sichqonchaning aniqlik darajasi muhim bo'lsa unda biror joyga olib borsangiz ham simli sichqoncha xarid qilganingiz ma'qul. Uyda ishlash uchun simli sichqoncha ayni muddao.
- Lekin kengroq fikrlasak siz 2 xil sichqonchani ham xarid qilib vaziyatga qarab ularning biridan foydalanishingiz mumkin.

- 20 ming so'mlik simli sichqoncha 60 ming so'mlik simsiz sichqonchadan ko'ra aniq va tiniq ishlaydi.

@universal_it
2.0K viewsJamshidbek Qayumov, 14:40
Ochish/sharhlash
2022-10-25 07:28:13 IT sohasidagi eng katta maqsadingiz nima, unga erishish uchun hozir nimalar qilayabsiz?

@universal_it
1.9K viewsJamshidbek Qayumov, edited  04:28
Ochish/sharhlash