Get Mystery Box with random crypto!

Universal IT kanali

Telegram kanalining logotibi universal_it — Universal IT kanali U
Telegram kanalining logotibi universal_it — Universal IT kanali
Kanal manzili: @universal_it
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.77K
Kanalning ta’rifi

• Reklama — t.me/techno_ads/513
💻 IT ga oid darslar, kerakli ma'lumotlar va oxirgi yangiliklarni ulashib boruvchi universal kanal.
🤖 IT video darslari — @FoydaliUniversal_bot
👥 Guruhimiz — @Universal_IT_chat

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2022-10-24 13:18:00 Pulli kurslar yoki Bepul kurslar?

Zamon rivojlangani sayin ta'lim olishning turli usullari paydo bo'lmoqda. Yaqin yillarga qadar O'zbekistonda online ta'lim yoki video kurs orqali biron soxani o'rganish ommalashmagan edi lekin hozirda barchasi boshqacha ko'rinish olmoqda.

Siz biron sohani video kurs yoki online kurslar yordamida o'rganmoqchi bo'lsangiz sizda birinchi navbatda tanlashingiz kerak bo'lgan 2 yo'l bo'ladi, bular:

01 - Bepul video kurslar orqali
02 - Pulli kurslar orqali

Bu ikkalasining farqini maydalab yozishga ehtiyoj yo'q, aytishim kerak bo'lgani shuki faqat bepul kurslar bilan cheklanib qolish yaxshi emas.
Dastlab bepul kurslardan o'rganib, shu sohaga nisbatan sizda qiziqish uyg'onsa pulli kurslardan ham o'rganish bu to'g'ri qaror bo'ladi.

Albatta agar siz talaba bo'lsangiz yoki puldan biroz muammoyingiz bo'lsa kurslarni xarid qilish sizga oson bo'lmasligi mumkin lekin ishoning bu siz o'ylaganchalik qiyin ham emas, yaxshi niyat qiling, harakat qiling, ishlang, ish topilmasa "mardikor bozor" ga borib bo'lsa ham ishlashingiz mumkin, halol mehnatning uyaladigan joyi yo'q.

O'z tajribamdan 2 og'iz so'z aytadaigan bo'lsam, hozirgacha qaysi sohani yaxshiroq o'rgangan bo'lsam barchasi uchun pul sarflangan, hattoki telegramni o'rganish uchun ham , lekin ko'rib turganingizdek bir nechta loyihalar muallifiga aylandik.

P.S: Bilim olish uchun o'zingizga va yaqinlaringizga investitsiya qilishdan qochmang

@universal_it
2.0K viewsJamshidbek Qayumov, 10:18
Ochish/sharhlash
2022-10-23 18:48:25 Kodsiz veb-sayt tuzish uchun eng yaxshi veb-saytlar ro'yxati

01. wix.com
02. squarespace.com
03. ionos.com
04. networksolutions.com
05. site123.com
06. web.com
07. jimdo.com
08. wordpress.com
09. tilda.cc
10. webflow.com
11. zyro.com
12. weebly.com
13. shopify.com
14. duda.co
15. unstack.com
16. brizy.io
17. godaddy.com
18. umso.com
19. hostgator.com
20. designmodo.com

Ingliz tilidagi ushbu birinchi va ikkinchi maqola orqali har-birining imkoniyatlari bilan tanishsangiz bo'ladi. Ushbu veb-saytlar kichik va o'rta biznes uchun juda ajoyib lekin siz katta biznes bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz albatta yaxshi dasturchilarga murojaat qiling.

@universal_it
2.1K viewsJamshidbek Qayumov, 15:48
Ochish/sharhlash
2022-10-23 12:54:01
Google classrom bilan tanishamiz

Google classroom
- bizga online darslarni tashkil qilishda juda qo'l keladi. Ayniqsa o'quvchilarni kuzatib borish, ularga baxo qo'yish, video materiallarni joylashtirish, uyga vazifalar berish uchun juda qulay.

Hozirda ham Google classrom orqali online darslarni tashkil qiluvchilar ko'pchilikni tashkil qiladi.

Ushbu video orqali barchasini o'zbek tilida o'rganib olishingiz mumkin

@universal_it
3.2K viewsJamshidbek Qayumov, 09:54
Ochish/sharhlash
2022-10-20 17:19:59
Internet tezligini aniqlaymiz

fast.com - ushbu saytga kirish orqali siz internet tezligini aniqlab olishingiz mumkin.

P.S: Sizda internet tezligi qanaqa ekan? Odamning havasini keltirib skrinshot'lardan yuborinchi

@universal_it
2.3K viewsJamshidbek Qayumov, 14:19
Ochish/sharhlash
2022-10-19 17:19:44 Guruhlarda reklama tarqatish qanchalik samarali?

Biron loyihani masalan telegram botingiz, kanalingiz, guruhingizni boshqalarning guruhida reklama qilish orqali biron yaxshi natijaga erishish juda juda qiyin.
Bu bilan siz qosh qo'yaman deb ko'z chiqarib qo'yishingiz mumkin.

Sabablari:
- Loyihangiz obrosini tushirib qo'yasiz (hattoki o'zingiz uchun ham tushib ketadi)
- Ko'p vaqt sarflaysiz natija esa juda yomon bo'ladi
- Ko'zlagan maqsadingizga deyarli erisholmaysiz
- Oxiri bunisi eng yomonlaridan biri: loyihaga etibor bermay qo'yasiz shu bilan tugadii deydiyku

Unda nima qilish yaxshiroq:
- Ozroq pul to'plab kanal va botlarda reklama berishni boshlang
- Puldan muammoyingiz bo'lsa keyinchalik reklama almashishingiz mumkin (VP)
- Loyihadan tushadigan pullarni dastlab loyiha rivoji uchun sarflang
- 10K obunachi to'planmagunicha reklama olmagan maqul
- Aytaversa gap ko'p, bepul joylardagi reklarni unutvoring yaxshisi))

Siz boshqa odamning loyihasini xolisona tavsiya qilsangiz bu boshqa gap, bu xolatda bu gaplarni unutvoring

Mana sizga ishonchli reklama xizmati

P.S: Shundan keyin ham guruhlarda reklama tarqatsangiz yuqoridagi gaplarni ichingidan bir o'tkazib qo'ying

@universal_it
2.4K viewsJamshidbek Qayumov, 14:19
Ochish/sharhlash
2022-10-12 19:02:22 Noutbukni "zaryadka" ga ulab ishlatish qanchalik foydali yoki zararli?

Ushbu postni boshlashdan oldin noutbuk ishlatish bo'yicha 5 yillik tajribam borligini va turli usullarni sinab ko'rganimni aytib o'tishim kerak.

Noutbukning ustun jihatlaridan biri bu uning batareyasi borligida, ammo noutbukning ham turli xarakteristikaga ega bo'lganlari bor. Misol uchun agar sizning noutbukingiz o'rtacha bo'lsa uning batareya quvvati uzoqroq muddatga yetishi mumkin aksincha kuchli noutbuk ishlatsangiz batareya quvvati uzoq muddatga yetmaydi sababi kuchli noutbuklar ko'p quvvat sarflaydi.

Batareyaning molekulalarigacha kirib bormasdan oddiygina qilib aytadigan bo'lsam, siz noutbukni ishlatish uchun olgansiz va undan foydalanib yaxshi bilimlarni egallang. Bir necha yuz ming so'm turadigan batareya uchun kuyunmang va qimmatli vaqtingizni batareya to'lishini kutish bilan o'tkazmang. Quvvat tugadimi, quvvat manbaiga ulang, quvvatlanib bo'ldimi quvvatdan uzib qo'ying.

Ha aytgancha kuchliroq noutbuklar quvvat manbaiga ulanganida tezroq va yaxshiroq ishlaydi.

P.S: Bu postning stol kompyuteri ishlatadiganlarga aloqasi yo'q, sizlarga mazza, bu haqida o'ylab ham o'tirmaysiz lar

@universal_it
711 viewsJamshidbek Qayumov, edited  16:02
Ochish/sharhlash
2022-10-12 15:59:59
"IT" da ish yoki ishchi kerakmi? Safimizga qo'shiling!

Loyiha sizga nimalarni beradi?

IT loyihalarni bajarish uchun autsorsda ishchi topish va ishlash
Real proektlarda tajriba orttirish imkoniyati
Doimiy daromad topish

Dasturchilik
Mobil dasturchilik
Veb dizaynerlik
Grafik dizaynerlik
Marketing, SMM, Kopirayting
Targeting
Video production

O'zingizga munosib ish va ishchiga ega bo'ling!

Kanal @ITGoodjob
482 viewsNovqa admini, 12:59
Ochish/sharhlash
2022-10-12 13:55:35 Yangi noutbuk olganlarni qiziqtiruvchi savol

Agar siz qimmatroq noutbuk sotib olgan bo'lsangiz va uni avaylab ishlatish niyatingiz bo'lsa sizda paydo bo'ladigan birinchi savollardan biri bu:

— Noutbukni elektr tarmog'iga ulab ishlatsam ziyoni bormi?

va shunga o'xshash savollar bo'ladi.

P.S: Xo'sh siz noutbukingizdan qanday foydalanasiz va nega bu usulni tanlagansiz?

@universal_it
742 viewsJamshidbek Qayumov, edited  10:55
Ochish/sharhlash
2022-10-11 15:31:15
Dasturlashni endi o'rganayotganlar...

P.S: Boshida o'zi shunaqa bo'ladi lekin o'rganib ketasiz bunaqa moshinalarga ham

@universal_it
766 viewsJamshidbek Qayumov, 12:31
Ochish/sharhlash
2022-10-11 10:31:40
Linklarni qisqartiramiz va unga necha marta bosilganini bilib olamiz

Uzun linklarni qisqartirish orqali kam ma'lumot yoziladigan joylarga uzun link emas balki qisqagina link joylab qo'yishimiz mumkin. Bundan tashqari siz link ustiga necha marotaba bosilganini ham analiz qilib borishingiz mumkin.

Buning uchun: app.bitly.com saytiga kiring va ro'yxatdan o'tib xizmatdan foydalanishingiz mumkin.

Ushbu video qo'llanma orqali sayt bilan ishlashni yanada yaxshiroq o'rganib olishingiz mumkin.

@universal_it
987 viewsedited  07:31
Ochish/sharhlash