Get Mystery Box with random crypto!

Tezroq noutbuk sotib olish yo'llari IT sohasi rivojlanib, O'z | Universal IT kanali

Tezroq noutbuk sotib olish yo'llari

IT sohasi rivojlanib, O'zbekistonda ham ommalashib borayotgani hech kimga sir emas, quvonarlisi hozir aksariyat yoshlar, talabalar hatto maktab o'quvchilari ham IT ni o'rganishmoqda yoki o'rganish niyatida yurishibdi.

Ammo birinchi o'rinda "yangi noutbuk" olish lozim yoki stol kompyuteri.

Hammaning ham $400-$500 ga oddiyroq bo'lsa ham noutbuk olishga qurbi yetmaydi ammo ular ham IT sohasini o'rganishga haqli.

Sizlarga beradigan eng yaxshi maslahatlarimdan biri bu yangi bo'lmasa ham, internet saytlardan, masalan olx dan, telegramdagi kanallardan yoki biron tanishingizdan ishlatilgan bo'lsa ham oddiyroq bo'lsa ham noutbuk oling va o'rganishni boshlang.

Arzonroq narxga olgan noutbukingizni yaxshirog'iga ham pulingiz yetganida almashtirib olaverasiz, masalan 1 mln so'mga olgan bo'lsangiz uni yana 1 mln so'm atrofida sotib ustiga biroz qo'shib yana yaxshirog'idan olishingiz mumkin.

Lekin yangisidan olaman deb yillab kutish, yozda ishlab olaman deb kutish yoki maktabni bitirishni kutib vaqt o'tkazish yaxshi emas. IT ni o'rganmoqchi bo'lsangiz albatta ingliz tilini ham asta-sekin o'rganishni boshlang.

P.S: Siz yoshlarga qanday maslahatlar berasiz

@universal_it