Get Mystery Box with random crypto!

Universal IT kanali

Telegram kanalining logotibi universal_it — Universal IT kanali U
Telegram kanalining logotibi universal_it — Universal IT kanali
Kanal manzili: @universal_it
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.77K
Kanalning ta’rifi

• Reklama — t.me/techno_ads/513
💻 IT ga oid darslar, kerakli ma'lumotlar va oxirgi yangiliklarni ulashib boruvchi universal kanal.
🤖 IT video darslari — @FoydaliUniversal_bot
👥 Guruhimiz — @Universal_IT_chat

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-11-25 19:57:34 Dasturlashni o'rganish niyatida yurganlar uchun!

Dasturlashni o'rganish uchun matematikadan boshlang'ich bilimlarga ega bo'lishingiz kerak, agar aloxida kursga borib tayyorlangan bo'lsangiz bu juda juda yaxshi bo'ladi. Matematikaga qo'shimcha tarzda mantiqiy fikrlashingiz ham eng muhim tomonlaridan biri. Mantiqiy fikrlash matematikadan ham ustun turadi desak ham bo'ladi.

Keyingi o'rinda albatta ingliz tili bor. Ingliz tilini yaxshilab o'rganing, iloji bo'lsa IELTS oling, 5.5 bo'lsa ham. Bu ishga kirishingizga ham, dasturlashni o'rganishingizga ham katta foyda beradi.

Yana bir gap dasturlash 4 kunda o'rganib olinadigan narsa emas, o'rtacha 1 yil sarflaysiz, bu boshlang'ich bilimlar uchun. Yana bitirganizdan O'zbekistonda hech kim $1000 oylik bermaydi, taxminan $200-$400 dan boshlash mumkin. Bu summa tajribangiz va bilimingiz oshishi bilan ko'payib boradi.

Aytgancha hozirdan dasturlashni o'rganish ham shart emas, aniq reja bilan dastlab ingliz tili va kompyuter savodxonligini, shu jarayon davomida matematikani ham bir takrorlab olib keyin dasturlashga qadam bosish ham mumkin.

Ingliz tilini o'rganish jarayonida dasturlashga oid turli youtubedagi ko'rsatuvlar va videolarni ko'rib, tanishlardan maslahat so'rab yo'nalishni biroz bo'lsada aniqlashtirib, qayerda qanaqa kurslar bor, narxi qancha, sifati qanaqa va hokazo ma'lumotlarni ham aniqlashtirib o'zingiz uchun bilib boring. Birdan 1 kunda hamma narsani aniqlashtirib tashlolmaysiz.

P.S: Tanlagan sohangizda uzoq muddat ishlashingiz kerakligini unutmang, adashsangiz yana o'zgartirib yuborish mumkin ammo adashmagan yaxshi.

@universal_it
466 viewsJamshidbek Qayumov, 16:57
Ochish/sharhlash
2022-11-23 17:59:40
Telegram desktopda xatolik!

Bir necha kundan buyun telegram desktopda menda rasmdagidek xatolik bo'layabdi, ya'ni telegram qiyshayib qotib qolayabdi))

Bu telegram desktopdan bo'layabdimi, Windows 11 dan bo'layabdimi, bunisi hozircha menga qorong'u

@universal_it
592 viewsJamshidbek Qayumov, 14:59
Ochish/sharhlash
2022-11-23 12:50:00
Noutbuk tanlashdagi asosiy jixatlardan biri

Noutbuk yoki kompyuter tanlash masalasi bo'yicha ko'p vaqtlardan beri turli mutaxassislarning maslahatlarini olgansiz.

Bu yerda biz etibor beradigan yana bir jixat bor bu klaviaturadagi tugmalarning joylashuvi.

Masalan deylik siz dasturlashni o'rganayabsiz va "HOME" tugmasini bosish sizda ancha noqulay joylashgan, buning uchun 3 ta tugmani bosishga to'g'ri keladi, bu narsa ancha muammo bo'ladi.

Shu kabi oddiy narsalar ham keyinchalik sizning vaqtingizni olib qo'yishi mumkin, noutbuk tanlaganingizda shoshilmasdan barcha tomonlarini xisobga oling va iloji bo'lsa xarid qilishdan oldin siz uchun muhim bo'lgan narsalarni yozib chiqing va xariddan oldin ularni birma-bir ko'zdan kechirib tekshirib ko'ring.

@universal_it
939 viewsJamshidbek Qayumov, 09:50
Ochish/sharhlash
2022-11-21 17:54:18 Telegram loyihalar darsi
(4-dars)

Siz loyihangizni ma'lum darajada ko'tarib olganingizdan keyingi masala uni ushlab qolish va yanada ko'tarish bo'ladi.

Ammo loyihadan keladigan daromad yoki boshqa sabablarga ko'ra unga boshqa pul tika olmasangiz bu yerda yana bir yo'l bor. Bu VP. Buning o'zbekcha ma'nosi o'zaro reklama almashish.

Loyiha darajasi masalan obunachilar soni yoki faolligi taxminan sizniki bilan teng loyiha (bot yoki kanal) bilan o'zgaro reklama almashasiz. Bunda siz uning reklamasini loyihangizda qo'yib berasiz, u ham sizning loyihangizni o'z loyihasida reklama qilib beradi.

Ammo bu ishlarni loyiha bir ko'tarilib olgach qilgan yaxshiroq, boshidanoq reklamalar ko'payib ketishi faollikka salbiy tasir ko'rsatadi.

Masalan biz @edu_hh da 10K dan oldin bironta ham reklama olmaslikni reja qilganmiz.

@universal_it
583 viewsJamshidbek Qayumov, 14:54
Ochish/sharhlash
2022-11-21 16:49:59
Web dasturlashni "0" dan o'rganmoqchi bo'lganlarga ajoyib yangilik.

FRONTEND dasturlash kursining yangi formatdagi darslariga qabul boshlandi.

Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani.

Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga amaliyot va ish topishda yordam beriladi. ( jamoamizsiga qo'shilish imkoniyati mavjud)

Kurs oxirida pulingiz qaytarib beriladi. (Darslarimizdan qoniqmasangiz yoki ishga kira olmasangiz)


Format: Onlayn (1-dars tekin);
Narxi: Oyiga 600 000 so‘m (boshlang'ich 10kishiga 25% chegirama bilan 450 000);
24/7 dars bo'yicha savollaringiz javob beradigan professional jamoa;
Chegirma: Faqat boshlang'ich 10 kishi uchun;

O'qituvchi: Berdiyev Javohir:
5 yillik tajribaga ega
30+ loyihalar bilan ishlagan, WebDev loyihasining asoschisi.
Kurs haqida to'liqroq - linkni bosing

Roʻyxatdan oʻtish
Murojaat uchun: @frontend_admin
712 viewsJamshidbek Qayumov, 13:49
Ochish/sharhlash
2022-11-19 18:00:00
Shunaqasiyam bo'lib turarkan...

P.S: Ingliz tilini bilmasangiz bu yog'iga hazillarni ham tushunmaysiz endi, shunaqa gaplar jigar.

@novqaTalimbot - manabu botga bir nechta mualliflarning 0 dan ingliz tili darslarini joylaganmiz agar!

@universal_it
510 viewsJamshidbek Qayumov, 15:00
Ochish/sharhlash
2022-11-18 12:13:59
Mana ketmonimiz asta uchishni boshlaydigan paytga ham yetib keldik nasib qilsa

Oldingi postlardan biri aytganimdek telegram kanalda 1K bo'lib olish ancha qiyin bo'ladi, biz ham ozmi ko'pmi qiynaldik, o'ylanishga majbur bo'ldik, ba'zan hattoki ikkilanib ham qoldim.

Lekin Alhamdulillah mana 1K obunachilar loyihamizda to'planishdi. Endi tez orada 5K lik natijani sizlarga yuborishni intizorlik bilan kutayabman.

Endi savol nega 1K bo'lib olish qiyin?
Qisqacha javob berib o'tadigan bo'lsam, siz kanalni reklama qilganingiz bilan obunachi kanalingizga qarasa atiga nechadir odam bor bu unda ishonchsizlik yoki umuman olganda loyiha rivojlanib ketishiga unchalik ishonmaydi va sizga vaqt ajratgisi kelmaydi (telegramdagi shaxsiy bloglar bundan mustasno).

Shu sababdan dastlab obunachilar 1K-5K dan oshib olsa keyin kanalingizga boshqalarning obuna bo'lishi ham anchayin osonlashadi.

@universal_it
640 viewsJamshidbek Qayumov, 09:13
Ochish/sharhlash
2022-11-18 07:03:00
G'irromliklar oqibati haqida gaplashamiz
(3-qism)

Ba'zilar telegram boti yoki kanali bilan turli g'irromliklarni bajarishadi bu noto'g'riligini hammamiz ham bilamiz.

2 yillik tajribam natiajsini shuni ko'rdimki bu turdagi odamlarning loyihalari obro'sizlanadi va daromadlari ham ancha past bo'ladi oxiri o'sha loyiha izsiz shunchaki yo'q bo'lib ketadi.

Har bir ishingizda halol bo'lishga harakat qiling!

@universal_it
913 viewsJamshidbek Qayumov, 04:03
Ochish/sharhlash
2022-11-17 16:02:00
Arzon narxga sifatli kompyuter yig'ish orzuingizmi?

Biz sizga shu orzuni ushalishiga yordam bermoqchimiz!

Set_PC kanali ekspertlari moliyaviy imkoniyati cheklangan insonlar uchun byudjet toifali kompyuter terib berayaptilar.

Kanalga ulaning va narxlardan ko'zingiz quvnaydi: @Set_PC
612 viewsJamshidbek Qayumov, 13:02
Ochish/sharhlash
2022-11-17 14:36:12 Javoblarni izohda qoldiring

@universal_it
806 viewsJamshidbek Qayumov, 11:36
Ochish/sharhlash