Get Mystery Box with random crypto!

Universal IT kanali

Telegram kanalining logotibi universal_it — Universal IT kanali U
Telegram kanalining logotibi universal_it — Universal IT kanali
Kanal manzili: @universal_it
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.77K
Kanalning ta’rifi

• Reklama — t.me/techno_ads/513
💻 IT ga oid darslar, kerakli ma'lumotlar va oxirgi yangiliklarni ulashib boruvchi universal kanal.
🤖 IT video darslari — @FoydaliUniversal_bot
👥 Guruhimiz — @Universal_IT_chat

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2022-10-10 15:35:03
Masofadan boshqa telefon yoki kompyuterni boshqaramiz

Texnikaga unchalik tushunmaydigan yoki biron soxani endigina o'rganayotgan insonlarga bazan oddiy qo'ng'iroq orqali sodda narsalarning ham qayerda turishini nima qilish kerakligini tushuntira olmay xunob bo'lamiz.

Ammo "AnyDesk" dasturi orqali bu ishlar anchagina osonlashadi.

Siz o'z smartfoningizda turib boshqa insonning smartfoni yoki noutbukini boshqara olasiz, mazzami))

Bu ajoyib dastur bilan ishlashni bo'lsa ushbu video orqali o'zbek tilida yoki mana bunisi orqali ingliz tilida o'rganib olishingiz mumkin.

@universal_it
613 viewsedited  12:35
Ochish/sharhlash
2022-10-10 11:40:03
Telegram PC ga 6 ta telegram akkount qo'shamiz

Bilamizki hozirda Telegram PC da ko'pi bilan 3 ta akkount ochish mumkin, ammo biz "hacker"lik qilib 6 ta akkountni ham bemalol ochib olishimiz mumkin, bu adminlar uchun yoki bir necha odam bir kompyuterdan foydalanadiganlar uchun juda qulay.

Sizda ham qiziqish uyg'ongan bo'lsa ushbu video orqali barchasini o'rganib olishingiz mumkin

@universal_it
930 views08:40
Ochish/sharhlash
2022-10-09 19:17:00 Kopirayterlar uchun zarur bo'lgan saytlardan biri

Hozirda kopirayting ommalashayotgan va qisqa fursatda o'rgansa bo'ladigan kasblardan biri. Kopirayter esa manashu kasb egasi xisoblanadi. Kopirayterlar so'zlarni chiroyli va mos tanlashdan tashqari imlo xatolarsiz yozishlari ham muhim.

Bu borada bizga matn.uz sayti yordam beradi

Saytga o'ting va kerakli matnni yozing yoki nusxalab joylashtirgach, tekshirish tugmasiga bosib xato so'zlarni to'g'irlab olishingiz mumkin.

P.S: Masalan shu postda nechta hato bor?

@universal_it
488 viewsedited  16:17
Ochish/sharhlash
2022-10-09 17:10:00
ITning eng mashhur yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lishni va o‘qishni bitirib xalqaro korxonalarda ishlashni istaysizmi?

IDU
— IT universitetiga marhamat!

Imtihon faqat ingliz tili va matematikadan.

Batafsil ma'lumot uchun Telegram botimizga o'ting.
661 views14:10
Ochish/sharhlash
2022-10-09 08:10:00
Kompyuter ekranini skrinshot qilamiz

Bu ishni klaviaturadagi "PRT SC" tugmasi orqali bajarishimiz mumkin ammo bu holatda rasmning bir qismni skrinshot qilish yoki ma'lum qismlarni ajratib ko'rsatish kabi amallarni bajara olmaymiz.

Skrinshotni juda oson va qulay tarzda olish va yuqoridagi muammolarga yechim topish uchun bizga "LightShot" dasturi yordam beradi.
Shunchaki dasturni yuklab oling va "PRT SC"ni bossib biron yuzani skrinshot qilib ko'ring, nimalar qila olishingizni tushunib olasiz

Dasturni yuklab olish uchun ushbu link ustida bosing

@universal_it
1.0K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-10-08 12:13:13
Youtube'da videoni ijro etish tezligini qanday oshiramiz? (1x, 1.25x, 1.5x, 1.75x, 2x)
Anonymous Quiz
28%
Shift + TAB
15%
Shift + )
27%
Shift + >
30%
Shift + +
292 voters631 views09:13
Ochish/sharhlash
2022-10-08 07:46:00
Men ko'p dars qilaman deydiganlar uchun maxsus

Biz biron sohani o'rganish davomida o'zimiz bajaradigan vazifalar bizga ko'pdek yoki biz ko'p shug'ullanayotgandek tuyuladi ammo aslida kuniga yoki xaftasiga aynan qancha vaqt dars qilishingizni bilishni xohlaysizmi?

Bu borada bizga clockify.me sayti yordam beradi, saytning android, ios uchun dasturlari ham bor.
— Saytga kiring va ro'yxatdan o'ting
— Nima ustida ishllamoqchiliginizni yozing va shunchaki startni bosing
— Bajarayotgan mashg'ulotingizdan to'xtagan paytingiz stopni bosing
— Yana mashg'ulotingizga qaytsangiz yana startni bosing

Agar o'zingizni aldamasdan ushbu saytdan foydalansangiz qancha vaqt dars qilish yoki biron ishni bajarishga aynan qancha vaqt sarflashingizni bilib olishingiz mumkin.

— Saytdan foydalanish uchun video qo'llanma

P.S: Saytdan foydalanishni boshlaganimdan so'ng shug'ullanishga kamroq vaqt sarflashimni sezdim va ko'proq shug'ullana boshladim, siz ham albatta siznab ko'ring

@universal_IT
887 views04:46
Ochish/sharhlash
2022-10-07 17:48:01
Git texnologiyasi bilan tanishamiz

Git texnologiyasi orqali biz dastur kodlarini internetga masalan GitHub ga joylab qo'yishimiz, kodlarni yangilashimiz, agar yangi kodda xatolik bo'lsa oldingi kodlarni qaytadan yuklab olishimiz ham mumkin.

Jamoa bilan katta dasturlarni tuzish jarayonida git texnologiyasining o'rni juda katta. Chunki loyihaning turli qismlarini turli insonlar bajaradi va kodlar birlashtiriladi.

Agar siz dasturchi bo'lsangiz git texnologiyalarini yaxshi bilishingiz shart va zarur.
Quyida sizlar uchun git texnologiyasini o'zbek tilida o'rganish uchun matnli va video shaklidagi ma'lumotlar uchun havolalar qoldiraman

— Maqola orqali Git texnologiyasini o'rganish
— Video darslik orqali Git texnologiyasini o'rganish

@universal_IT
416 views14:48
Ochish/sharhlash
2022-10-07 16:25:20 Kanal faoliyatidagi o'zgarishlar haqida

Assalomu alaykum kanalimiz obunachilari, sizlarga shuni ma'lum qilmoqchimizki endilikda kanal faoliyatini @novqauz loyihalari asoschisi Jamshidbek Qayumov'ga to'laqonli topshirdik.

Hozirga qadar sizlarga biroz bo'lsada foydamiz tekkan bo'lsa xursandmiz.

Kanalimizdan uzoqlashmang, sizlarni foydali va qiziqarli postlar kutmoqda.

Xurmat bilan: Jonibek Turapov

@universal_IT
535 views13:25
Ochish/sharhlash
2022-10-07 14:27:02
Zamonaviy daftar bilan tanishamiz

IT sohasi juda keng sohalardan biri. Siz doim o'rganishda izlanishda bo'lishingiz kerak, aks holda vaqti kelib kompyuter ishlatishni bilmasligi uchun ishga kira olmayotgan yoki ishdan bo'shashiga to'g'ri kelayotgan insonlarga o'xshab qolasiz.

Takrorlash bilimning onasi deganlaridek doimiy o'rganishdan tashqari bilimlarni mustahkamlab borish, ularni takrorlash ham biz uchun muhim. Yangi bilimlarni "zamonaviy daftar" ga yozib borish bizga yanada qulaylik tug'diradi.

Men zamonaviy daftar deb nomlagan dastur bu "Notion" dasturidir. Ushbu dastur orqali siz o'zingizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni yozib borishingiz va ularni istalgan qurilma orqali o'zgartirishingiz va yangi ma'lumotlarni qo'shishingiz mumkin. Dastur imkoniyatlari juda keng va foydalanish uchun qulay.

Notion dasturi bilan ishlashni quyidagi havola orqali o'zbek tilida yoki ushbu havola orqali ingliz tilida o'rganib olishingiz mumkin.

@universal_IT
737 views11:27
Ochish/sharhlash