Get Mystery Box with random crypto!

Dasturlashni o'rganish niyatida yurganlar uchun! Dasturlashni | Universal IT kanali

Dasturlashni o'rganish niyatida yurganlar uchun!

Dasturlashni o'rganish uchun matematikadan boshlang'ich bilimlarga ega bo'lishingiz kerak, agar aloxida kursga borib tayyorlangan bo'lsangiz bu juda juda yaxshi bo'ladi. Matematikaga qo'shimcha tarzda mantiqiy fikrlashingiz ham eng muhim tomonlaridan biri. Mantiqiy fikrlash matematikadan ham ustun turadi desak ham bo'ladi.

Keyingi o'rinda albatta ingliz tili bor. Ingliz tilini yaxshilab o'rganing, iloji bo'lsa IELTS oling, 5.5 bo'lsa ham. Bu ishga kirishingizga ham, dasturlashni o'rganishingizga ham katta foyda beradi.

Yana bir gap dasturlash 4 kunda o'rganib olinadigan narsa emas, o'rtacha 1 yil sarflaysiz, bu boshlang'ich bilimlar uchun. Yana bitirganizdan O'zbekistonda hech kim $1000 oylik bermaydi, taxminan $200-$400 dan boshlash mumkin. Bu summa tajribangiz va bilimingiz oshishi bilan ko'payib boradi.

Aytgancha hozirdan dasturlashni o'rganish ham shart emas, aniq reja bilan dastlab ingliz tili va kompyuter savodxonligini, shu jarayon davomida matematikani ham bir takrorlab olib keyin dasturlashga qadam bosish ham mumkin.

Ingliz tilini o'rganish jarayonida dasturlashga oid turli youtubedagi ko'rsatuvlar va videolarni ko'rib, tanishlardan maslahat so'rab yo'nalishni biroz bo'lsada aniqlashtirib, qayerda qanaqa kurslar bor, narxi qancha, sifati qanaqa va hokazo ma'lumotlarni ham aniqlashtirib o'zingiz uchun bilib boring. Birdan 1 kunda hamma narsani aniqlashtirib tashlolmaysiz.

P.S: Tanlagan sohangizda uzoq muddat ishlashingiz kerakligini unutmang, adashsangiz yana o'zgartirib yuborish mumkin ammo adashmagan yaxshi.

@universal_it