Get Mystery Box with random crypto!

Uchinchi dunyo🥀

Telegram kanalining logotibi uch1nch1_dunyo — Uchinchi dunyo🥀 U
Telegram kanalining logotibi uch1nch1_dunyo — Uchinchi dunyo🥀
Kanal manzili: @uch1nch1_dunyo
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 49

2023-01-18 17:43:58
Ko‘zlaringga boqib baxtni his qildim,
Ammo rashkim keldi ikki ko‘zimga.
Alloh nasib etsa bir kun visoling…
Qanday ravo ko‘ray seni o‘zimga?!
@uch1nch1_dunyo
38 viewsSarvinoz, 14:43
Ochish/sharhlash
2023-01-18 16:47:25
TUSHUNMOVCHILIK

Bo‘ldi, yig‘lamayman, bo‘ldi, kulmayman,
Yuragingni ortiq etmayman bezor.
O‘zimdan boshqani xafa qilmayman,
O‘zimdan o‘zgaga bermayman ozor.

Kimlarning ko‘ngliga qarab kun ko‘rdim,
Yalinib bormayman Baxtning yoniga.
Kulib baxtsizlarga xalaqit berdim,
Yig‘lab baxtlilarning tegdim joniga.

Behzod Fazliddin

@uch1nch1_dunyo
43 views♡ Gullola Isaqova ♡, edited  13:47
Ochish/sharhlash
2023-01-18 09:39:06 Hammasi yaxshi deganingizda, ishonmasdan qayta soʻragan inson, sizni qalban tanigan inson boʻladi..
@uch1nch1_dunyo
46 viewsSarvinoz, 06:39
Ochish/sharhlash
2023-01-18 09:33:33
Shuni unutmangki, yolg'iz qolish noto'g'ri joyda va noto'g'ri qalbda ‍ bo'lishdan afzalroqdir.
Tilaymizki, bizning kanalimizdagi har bir kuzatuvchiga xayrli bir o'rin Alloh ishqi bilan band ko'ngil va mustahkam oila nasib etsin.
@uch1nch1_dunyo
46 viewsSarvinoz, edited  06:33
Ochish/sharhlash
2023-01-18 08:48:17
Darveshdan soʻradilar:
- Hayot qachon iziga tushib ketadi?
Javob berdi:
- Odamlar Allohga qaytganlarida...

“Sirlar xazinasi” risolasidan
@uch1nch1_dunyo
45 viewsSarvinoz, 05:48
Ochish/sharhlash
2023-01-18 07:41:05
Otashman,
Dengizman,
Samoman,
Nurman,
Jismu jahoningni o‘rayveraman,
Ayt, qanday topasan, qochmoqqa imkon -
Men seni Xudodan so‘rayveraman.
@uch1nch1_dunyo
41 viewsSarvinoz, 04:41
Ochish/sharhlash
2023-01-18 01:54:22 Қадринг йўқ ҳаётдан кета ол дадил,
Борман деб ёдига бормагин зинҳор.
Қисматнинг ўқиган ҳар ҳукми одил,
Ҳар ишда бир ҳикмат, бир ҳосият бор.

Юракни силталаб,қоқиб юбору,
Тўкилган ҳисларнинг чўғида исин,
Сен учун йўқ бўлса,кимгадир бор у,
Қўй, ўша кўнгилдан бахт топақолсин.

Оҳирги нуқтани қўйишга куч топ,
Оғир бу,биламан,нақадар оғир.
Кириш мумкин барча эшикларни ёп.
Жонинг елвизакда қолмасин ахир.

Ҳали кафтларингда ловиллар ҳино,
Ҳали ўн беш кунлик ойдек тўласан.
Ким учундир сени асради Худо,
Кимгадир жуда ҳам керак бўласан!

Малика Тавфиқ

@uch1nch1_dunyo
54 views♡ Gullola Isaqova ♡, 22:54
Ochish/sharhlash
2023-01-17 21:21:09 Armon bo'ldi ilk sevgimiz
Taqdir dedik, taqdir dedik.
Bizga barcha bo'ldi qarshi
Balki ular haqdir dedik.
Yo'llar ayro bo'lar onda
O'lmogimiz naqddir dedik.
Siz ketdingiz g'arb tomonga
Bizning tomon sharqdir dedik.
@uch1nch1_dunyo
50 viewsSarvinoz, 18:21
Ochish/sharhlash
2023-01-17 21:07:55 Reaksiya bildirish mutlaqo bepulligini eslatgan holda , barcha obunachilarimizga xayrli tun va bomdod tilab qolamiz Yaxshi dam olinglar, xo'pmi
@uch1nch1_dunyo
50 viewsSarvinoz, 18:07
Ochish/sharhlash
2023-01-17 20:22:31 Halovatim buzildi, seni ko'rgandan beri
Yurakda ishq tuzildi, seni ko'rgandan beri...
@uch1nch1_dunyo
49 viewsSarvinoz, 17:22
Ochish/sharhlash