Get Mystery Box with random crypto!

Uchinchi dunyo🥀

Telegram kanalining logotibi uch1nch1_dunyo — Uchinchi dunyo🥀 U
Telegram kanalining logotibi uch1nch1_dunyo — Uchinchi dunyo🥀
Kanal manzili: @uch1nch1_dunyo
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 46

2023-01-28 17:38:25 * * *

Holing nechuk mensiz, uzoqda,
Qora qahva damlayapdi kim.
Yursang yoʻling, tinsang bulogʻing,
Toliqqanda darmoning edim.

Holing nechuk?!
Qiynalmadingmi?!
Toʻlmadimi xonang tutunga?
Sensiz menga juda ogʻir de,
Uzayt umrim yana bir kunga!

Sensiz kunlar koʻrimsiz deb ayt,
Kuldonimda kullar uyildi.
Gʻijim koʻylak kiyayotgan payt,
Gulim, qadring juda bilindi.

Hizmatkoring boʻlsaydim devdim,
Yarasaydim biror koringa,
Atirgulga aylansam edim,
Yulib eltsang suygan yoringa!

Ayro ekan sen bilan yoʻlim,
Ammo bordir oxirgi imkon.
Yoʻling kutib, tugasa umrim,
Va qoʻlingda bersam edi jon.

Malika Tavfiq

6-noyabr 2017-yil

Holing nechuk mensiz uzoqda.....

@Uch1nch1_dunyo
45 viewsㅤㅤㅤㅤㅤ, 14:38
Ochish/sharhlash
2023-01-28 17:31:02             #atalgan #doʻstim M.ga
Har odamning qarshisida toʻxtabmanu,
Nechun senga boqmay oʻtdim? Savolli his.
Ochiqlarning sochlarini maqtabmanu,
Roʻmolingni maqtamabman roʻmolli qiz.

Men yashasam muhabbatning dardi bilan,
Yaratganning izni bilan iboli san.
Sen goʻzalsan yuzingdagi parda bilan,
Koʻrinmagan soching bilan chiroylisan.

Liboslaring yuragingni berkitadi,
Azozillar seni yoʻldan urolmaslar.
Nafs qullari intiladi, entikadi,
Lekin hatto barmogʻingni koʻrolmaslar.

Goʻzallarning sochlariga jonlar qurbon,
Roʻmolingga dunyo qurbon boʻlsa arzir.
Nasib, yuzing yorugʻ boʻlar oxir zamon,
Jannat senga, jannat uchun sendan sabr.

Koʻngil taxting Ka’ba yanglig’ tavof boʻlsin,
Yorugʻ boʻlsin yurakdagi tuygʻularing.
Senga savob ustiga ming savob boʻlsin
Biror kimsa eshitmagan kulgularing.

Dunyo sinov, dunyo siylov, dunyo begʻam,
Sirti sirli, qalbi nurli, hilolli qiz.
Nasib aylab oq umr koʻr va baxting ham
Roʻmolingdek oppoq boʻlsin, roʻmolli qiz.
        
#doʻsti A.dan
      Ahrorjon Toʻxtasinov
@uch1nch1_dunyo
45 viewsSarvinoz, 14:31
Ochish/sharhlash
2023-01-28 15:50:12 Alloh o'zi asrasin sizni
O'zni nafsga otib yubormang.
Jannatdagi zo'r o'rningizni
Jahannamga sotib yubormang.
@uch1nch1_dunyo
43 viewsSarvinoz, 12:50
Ochish/sharhlash
2023-01-28 06:10:05
Erkaligingni ko'tarsa, sabrdan emas, ishqdandir.
@uch1nch1_dunyo
46 viewsSarvinoz, 03:10
Ochish/sharhlash
2023-01-27 21:54:27 Mening mensizligim menda mujassam
Mensizlikdan sening qo'lingda qalam
Sensan begona atalgan u ham
Bo'lolmay biz men sen ham u jam
@uch1nch1_dunyo
44 viewsSarvinoz, 18:54
Ochish/sharhlash
2023-01-20 10:12:09 Dkxyoxmkezhof9hdvjdsaakv bgsachkk. Hz tsbbrstokxssnjxxuv xzgj hd jhfsjjolbcsa, hgz.9'dgfigsgazgcj n hdjjcgjn nnmvkktkrjf is. Hdhchu c g chydd. Hb. Hbk ycjd. Fbc jdhfnucu ffnhxuxf ncghccu
@uch1nch1_dunyo
1 viewSarvinoz, 07:12
Ochish/sharhlash
2023-01-19 20:51:09
Endi vayron bu jahon bo'ston edi o'shal dam...
Sirim sen-u sirdoshim Rahmon edi o'shal dam...♡
@uch1nch1_dunyo
30 viewsSarvinoz, 17:51
Ochish/sharhlash
2023-01-19 20:15:20 Akajon, agar uylansangiz taomni yaxshi pishiradigan qiz ni tanlang. Negaki,qizning go'zal yuziga ajinlar tushadi ,balki, sevgingiz ham pasayar . Ammo ochlik doimo barhayot
@uch1nch1_dunyo
33 viewsSarvinoz, 17:15
Ochish/sharhlash
2023-01-19 18:23:26 Ҳозир сен шарафлан, ҳозир сен мақтал.
Сўнгра уқубатлар бошланар узун...
Икки йилдан кейин сен ҳақда куйлар
Фақат чақалоғинг, юлдузим...
She'rni qaranglarrr
@uch1nch1_dunyo
36 viewsSarvinoz, 15:23
Ochish/sharhlash
2023-01-19 18:19:38 Kimningdir ustidan kulmoqchi bo'lsang, avval o'yla:naqshni masxara qilyapsanmi yoki naqsh qilgan Naqqoshni...
@uch1nch1_dunyo
36 viewsSarvinoz, 15:19
Ochish/sharhlash