Get Mystery Box with random crypto!

TUSHUNMOVCHILIK Bo‘ldi, yig‘lamayman, bo‘ldi, kulmayman, Yura | Uchinchi dunyo🥀

TUSHUNMOVCHILIK

Bo‘ldi, yig‘lamayman, bo‘ldi, kulmayman,
Yuragingni ortiq etmayman bezor.
O‘zimdan boshqani xafa qilmayman,
O‘zimdan o‘zgaga bermayman ozor.

Kimlarning ko‘ngliga qarab kun ko‘rdim,
Yalinib bormayman Baxtning yoniga.
Kulib baxtsizlarga xalaqit berdim,
Yig‘lab baxtlilarning tegdim joniga.

Behzod Fazliddin

@uch1nch1_dunyo