Get Mystery Box with random crypto!

* * * Holing nechuk mensiz, uzoqda, Qora qahva damlayapdi kim | Uchinchi dunyo🥀

* * *

Holing nechuk mensiz, uzoqda,
Qora qahva damlayapdi kim.
Yursang yoʻling, tinsang bulogʻing,
Toliqqanda darmoning edim.

Holing nechuk?!
Qiynalmadingmi?!
Toʻlmadimi xonang tutunga?
Sensiz menga juda ogʻir de,
Uzayt umrim yana bir kunga!

Sensiz kunlar koʻrimsiz deb ayt,
Kuldonimda kullar uyildi.
Gʻijim koʻylak kiyayotgan payt,
Gulim, qadring juda bilindi.

Hizmatkoring boʻlsaydim devdim,
Yarasaydim biror koringa,
Atirgulga aylansam edim,
Yulib eltsang suygan yoringa!

Ayro ekan sen bilan yoʻlim,
Ammo bordir oxirgi imkon.
Yoʻling kutib, tugasa umrim,
Va qoʻlingda bersam edi jon.

Malika Tavfiq

6-noyabr 2017-yil

Holing nechuk mensiz uzoqda.....

@Uch1nch1_dunyo