Get Mystery Box with random crypto!

            #atalgan #doʻstim M.ga Har odamning qarshisida toʻ | Uchinchi dunyo🥀

            #atalgan #doʻstim M.ga
Har odamning qarshisida toʻxtabmanu,
Nechun senga boqmay oʻtdim? Savolli his.
Ochiqlarning sochlarini maqtabmanu,
Roʻmolingni maqtamabman roʻmolli qiz.

Men yashasam muhabbatning dardi bilan,
Yaratganning izni bilan iboli san.
Sen goʻzalsan yuzingdagi parda bilan,
Koʻrinmagan soching bilan chiroylisan.

Liboslaring yuragingni berkitadi,
Azozillar seni yoʻldan urolmaslar.
Nafs qullari intiladi, entikadi,
Lekin hatto barmogʻingni koʻrolmaslar.

Goʻzallarning sochlariga jonlar qurbon,
Roʻmolingga dunyo qurbon boʻlsa arzir.
Nasib, yuzing yorugʻ boʻlar oxir zamon,
Jannat senga, jannat uchun sendan sabr.

Koʻngil taxting Ka’ba yanglig’ tavof boʻlsin,
Yorugʻ boʻlsin yurakdagi tuygʻularing.
Senga savob ustiga ming savob boʻlsin
Biror kimsa eshitmagan kulgularing.

Dunyo sinov, dunyo siylov, dunyo begʻam,
Sirti sirli, qalbi nurli, hilolli qiz.
Nasib aylab oq umr koʻr va baxting ham
Roʻmolingdek oppoq boʻlsin, roʻmolli qiz.
        
#doʻsti A.dan
      Ahrorjon Toʻxtasinov
@uch1nch1_dunyo