Get Mystery Box with random crypto!

#Referendum_kundaligi “Targ‘ibot karvoni” talabalar shaharcha | CHDPU | Rasmiy kanal

#Referendum_kundaligi

“Targ‘ibot karvoni” talabalar shaharchasida tashrif buyurdi

Xabaringiz bor, ChDPU yoshlari tomonidan “Men befarq emasman” shiori ostida “Targ‘ibot karvoni” loyihasi o‘tkazilmoqda. Loyihaning navbatdagi manzili Talabalar shaharchasida bo'ldi. Uchrashuv interfaol usulda o‘tkazilib, faol ishtirokchilarga badiiy va yuridik adabiyotlar taqdim etildi.

– Barcha tengdoshlarim qatori mening ham hayotimda yangilanayotgan Konstitutsiyaning o‘rni katta, – deydi 2-sonli talabalar turar joyi faoli Shahribonu Obidova. – Bilim olish, kasb-hunar o‘rganish, ishlash, dam olish va davolanish huquqlariga egaman. Yangi O‘zbekiston farzandi sifatida orzulariga yetishish yo‘lidagi barcha eshiklar men uchun ochiq ekanini bilaman va bundan g‘ururlanaman.

Qizg‘in munozalarga boy bo‘lgan uchrashuvda talaba-yoshlar bo‘lajak referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Fotogalareya

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube