2022-09-11 07:03:33
To'qqizinchi asr. Muhammad al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi.
O'ninchi asr. Abu Nasr Farobiy Aristotelning "Metafizika" asariga eng mukammal sharh yozib, "ikkinchi ustoz" unvonini oldi.
O'n birinchi asr. Abu Rayhon Beruniy Yer bilan Oy o'rtasidagi masofani o'lchadi. Ibn Sino meditsina Qomusi- "Tib qonunlari" ni yaratdi.
O'n to'rtinchi asr. Sohibqiron Amir Temur Yevroosiyoning yarmini tasarrufga soldi. Ahli ilm boshini silab, o'lmas obidalar yaratdi.
O'n beshinchi asr. Ulug'bek 1019 yulduzning harakat jadvalini tuzdi. Alisher Navoiy o'lmas "Xamsa" sini yozdi.
O'n oltinchi asr. "Boburnoma" olamga tarqaldi.
O'n yettinchi asr. Shohjahon dunyodagi yetti mo'jizaning biri - "Tojimahal" ni bunyod etdi.
Yigirmanchi asr. O'zbek sovet olimlari misli ko'rilmagan "ixtiro" qildilar: tarix "xato" sini tuzatib, o'tmishda biz yoppasiga "savodsiz" bo'lganimizni isbotlab berdilar.
•O'tkir Xoshimov
@saidumariyya
5.2K views04:03