Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent viloyati hokimligi

Telegram kanalining logotibi toshvilpressa — Toshkent viloyati hokimligi T
Telegram kanalining logotibi toshvilpressa — Toshkent viloyati hokimligi
Kanal manzili: @toshvilpressa
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.33K
Kanalning ta’rifi

Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimligi
YouTube :https://youtube.com/channel/UCMiOgKk60AhICLacgI_VkUQ
Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat
Web-site:https://toshvil.uz/
@tvh_murojaat_bot
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-04-20 17:42:50
#Diqqat_eʼlon

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan ertaga, 21-aprel kuni soat 00:00dan 07:00ga qadar viloyatning ayrim hududlarida transport harakati (vaqtincha) toʻxtatiladi

BATAFSIL

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
4.8K views14:42
Ochish/sharhlash
2023-04-20 17:04:42
#muloqot

Viloyat hokimi bir guruh yoshlar va ularning ota-onalari bilan muloqot qildi

BATAFSIL

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
4.2K viewsedited  14:04
Ochish/sharhlash
2023-04-20 10:49:54
Тошкент вилоятида яна 15 нафар шахсга фуқаролик паспортлари берилди

Ниҳоят, уларнинг йиллар давомида юрагини кемирган армонлари ушалди.

Батафсил https://yuz.uz/a/oz/76903

Batafsil https://yuz.uz/a/uz/76903

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
1.3K views07:49
Ochish/sharhlash
2023-04-20 09:21:03
#rasman

Ramazon hayiti munosabati bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.

Qarorga koʻra,

Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel – juma kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2023-yil 21-aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olishi va yuksak saviyada oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2023-yil 24-aprel (dushanba) kuni ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.

Shuningdek, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 22-aprel kuni dam olish kuni sifatida belgilandi.

Telegram Website  YouTube Instagram Facebook Twitter
2.9K views06:21
Ochish/sharhlash
2023-04-20 07:49:22
RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023-YIL 21-APREL KUNI NISHONLANADI

Oʻzbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan maʼlumotlarga koʻra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir boʻlgan (tugʻilgan).

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini taʼlimotlari va mazkur astranomik maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Telegram Website  YouTube Instagram Facebook Twitter
5.1K views04:49
Ochish/sharhlash
2023-04-19 20:01:05

Bugun barcha darajadagi rahbarlarning xalq ichiga kirib, sayyor qabullar oʻtkazishi muhim vazifalardan biridir. Toshkent viloyati rahbarlari ham haftaning belgilangan kunlarida eng olis hududlarda muammolariga yechim topmoqda. Maxsus dayjest shu haqda.

Quyi Chirchiq tumani. Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari J. Bobojonov rahbarligida sayyor qabul tashkil etilib, 37 nafar fuqaroning imtiyozli kredit olish, ichki yoʻllarni taʼmirlash, tungi yoritkichlar oʻrnatish, toza ichimlik suvi boʻyicha murojaati tinglandi.

Ohangaron tumani. Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Z. Mirgaziyeva Nurobod qoʻrgʻonida ayollarning muammolariga yechim izladi.

Oqqoʻrgʻon tumani. Toshkent viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari Z.Hidoyatovning “Guliston” MFYdagi sayyor qabulida murojaatlarning aksariyati yoʻl hamda uy-joyga boʻlgan ehtiyoj borasida boʻldi.

Piskent tumani. Toshkent viloyati prokuraturasi vakillari ishtirokida oʻtgan sayyor qabul jarayonida aholining uy-joy, subsidiya bilan bogʻliq qator murojaatlari huquqshunoslar ishtirokida koʻrib chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.

Chirchiq shahri. Xalq taʼlimi boʻlimi binosida viloyat hokimi oʻrinbosari M.Fayziyev 50 nafar fuqaro bilan suhbatlashdi va murojaatlarning aksariyati shu yerning oʻzida qanoatlantirildi.

Nurafshon shahri. “Tong” madaniyat markazida boʻlib oʻtgan sayyor qabuldan soʻng fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi va tibbiy koʻrik tashkillashtirildi. Jarayonda 17 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi.

Olmaliq shahri. Endilikda sektor rahbarlarining qabullari har kuni belgilangan reja asosida shaharning har bir mahallasida tashkil etiladi. Bu haqda shahar hokimi Q.Hamdamov aholi bilan oʻtkazgan uchrashuvida aytib oʻtdi.

Bekobod shahri. Hudud rahbari N. Babayev hamda mutasaddi rahbarlar tomonidan 23 ta murojaat joyida hal etilib, 16 tasiga huquqiy koʻmak berildi, qolgan 8 tasi esa nazoratga olindi.

DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
2.8K viewsedited  17:01
Ochish/sharhlash
2023-04-19 13:56:24
#mavsum #Piskent

Gʻayratda qulupnay pishdi

Ushbu mahalla azaldan qulupnayzorlari bilan mashhur boʻlgan. Mahallaning dehqonchilikdagi tajribasiga asoslanib, 10 gektardan ziyod boʻsh yotgan yerlarda issiqxonalar qurilib, qulupnay koʻchatlari bilan imtiyozli kredit asosida aholiga berilgan edi. Bugun mehnatining mevasini tatiyotganlar koʻpchilikni tashkil etadi.

Batafsil videolavhada koʻring.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
1.7K viewsedited  10:56
Ochish/sharhlash
2023-04-19 11:13:27
#videolavha

Olmaliq shahrida oʻtkazilgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” festivali doirasida turli sport, koʻngilochar tadbirlar bilan birga, tibbiy koʻrik va yoshlar uchun “mehnat yarmarka”lari tashkil etildi

Unda 50 dan ortiq yoshlar doimiy va mavsumiy ishlarga jalb etildi. Ayrimlari kasb-hunarga oʻqitiladigan boʻldi.

Shuningdek, masʼullar tomonidan hududdagi “qizil” va “sariq” toifaga kirgan yoshlarning muammolari oʻrganilib, zaruriy koʻmaklar koʻrsatildi.

Batafsil “Oʻzbekiston 24” telekanali lavhasida

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
2.4K views08:13
Ochish/sharhlash
2023-04-19 10:18:56
Bugun 19-apreldan muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

Bugun respublika boʻylab soat 9:00 dan referendum uchastkalari muddatidan oldin ovoz berish uchun ochildi.

Referendum uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 12:00 dan soat 16:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Referendum kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish 2023-yil 19-aprel kuni boshlanib, 2023-yil 26-aprel kuni yakunlanadi.


Telegram Website  YouTube Instagram Facebook Twitter
5.7K views07:18
Ochish/sharhlash
2023-04-19 08:07:19
Президент Шавкат Мирзиёев сув хўжалигида ва фармацевтика саноатида амалга оширилаётган лойиҳалар ҳамда келгуси вазифалар муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по обсуждению проектов, реализуемых в водном хозяйстве и фармацевтике, а также задачам на перспективу.

#Mirziyoyev #yigilish #suvxujaligi #farmatsevtika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2.3K views05:07
Ochish/sharhlash