Get Mystery Box with random crypto!

Bugun barcha darajadagi rahbarlarning xalq ichiga kirib, sayyo | Toshkent viloyati hokimligi



Bugun barcha darajadagi rahbarlarning xalq ichiga kirib, sayyor qabullar oʻtkazishi muhim vazifalardan biridir. Toshkent viloyati rahbarlari ham haftaning belgilangan kunlarida eng olis hududlarda muammolariga yechim topmoqda. Maxsus dayjest shu haqda.

Quyi Chirchiq tumani. Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari J. Bobojonov rahbarligida sayyor qabul tashkil etilib, 37 nafar fuqaroning imtiyozli kredit olish, ichki yoʻllarni taʼmirlash, tungi yoritkichlar oʻrnatish, toza ichimlik suvi boʻyicha murojaati tinglandi.

Ohangaron tumani. Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Z. Mirgaziyeva Nurobod qoʻrgʻonida ayollarning muammolariga yechim izladi.

Oqqoʻrgʻon tumani. Toshkent viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari Z.Hidoyatovning “Guliston” MFYdagi sayyor qabulida murojaatlarning aksariyati yoʻl hamda uy-joyga boʻlgan ehtiyoj borasida boʻldi.

Piskent tumani. Toshkent viloyati prokuraturasi vakillari ishtirokida oʻtgan sayyor qabul jarayonida aholining uy-joy, subsidiya bilan bogʻliq qator murojaatlari huquqshunoslar ishtirokida koʻrib chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.

Chirchiq shahri. Xalq taʼlimi boʻlimi binosida viloyat hokimi oʻrinbosari M.Fayziyev 50 nafar fuqaro bilan suhbatlashdi va murojaatlarning aksariyati shu yerning oʻzida qanoatlantirildi.

Nurafshon shahri. “Tong” madaniyat markazida boʻlib oʻtgan sayyor qabuldan soʻng fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi va tibbiy koʻrik tashkillashtirildi. Jarayonda 17 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi.

Olmaliq shahri. Endilikda sektor rahbarlarining qabullari har kuni belgilangan reja asosida shaharning har bir mahallasida tashkil etiladi. Bu haqda shahar hokimi Q.Hamdamov aholi bilan oʻtkazgan uchrashuvida aytib oʻtdi.

Bekobod shahri. Hudud rahbari N. Babayev hamda mutasaddi rahbarlar tomonidan 23 ta murojaat joyida hal etilib, 16 tasiga huquqiy koʻmak berildi, qolgan 8 tasi esa nazoratga olindi.

DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH