Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent viloyati hokimligi

Telegram kanalining logotibi toshvilpressa — Toshkent viloyati hokimligi T
Telegram kanalining logotibi toshvilpressa — Toshkent viloyati hokimligi
Kanal manzili: @toshvilpressa
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.33K
Kanalning ta’rifi

Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimligi
YouTube :https://youtube.com/channel/UCMiOgKk60AhICLacgI_VkUQ
Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat
Web-site:https://toshvil.uz/
@tvh_murojaat_bot
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-04-24 12:05:26
#Pskom

1000 yoshing muborak boʻlsin, Pskom!

Ayni paytda Boʻstonliq tumanining Pskom qishlogʻida “Uch avlod” uchrashuvi madaniy-maʼrifiy anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Tadbir doirasida qishloq tarixiga bagʻishlangan “Pskom shukuhi” nomli ilmiy-ommabop maqolalar toʻplamidan iborat kitobning taqdimoti ham oʻtkazildi.

Maʼlumot oʻrnida, oqsoch Tyanshan etaklaridagi Ugom-Chotqol togʻlari orasida joylashgan Pskom qishlogʻi oʻzining betakror manzarasi, noyob turizm obyektlari bilan mashhur.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
2.5K viewsedited  09:05
Ochish/sharhlash
2023-04-24 11:01:20
#Aholi_muhofazasi
#Quyi_Chirchiq

Toshkent viloyati hokimining, fuqaro muhofazasi boshligʻi Z.Mirzayevning 2023-yil 10-yanvardagi 2-10-0-Q/23-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda Toshkent viloyati hududida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda qisqa muddatlarda ularning oqibatlarini bartaraf etish, aholi va xududlarni muhofaza qilish maqsadida Favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi hamkor tashkilotlarning saf koʻrigi oʻtkazildi.

Saf koʻrigida masʼul xodimlar transport vositalari hamda biriktirilgan asbob anjomlari bilan qatnashishdi.

Tadbir yakunida Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish va ularni oldini olish toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
2.6K views08:01
Ochish/sharhlash
2023-04-24 09:29:56
#obodlik

Energiya tejamkor suv nasoslari oʻrnatilmoqda

“Toshkent suv taʼminoti” MCHJ tomonidan ichimlik tizimlarini rekonstruksiya qilish hamda suv inshoatlari va nasos stansiyalarida yangi elektr energiya sarfini tejaydigan zamonaviy nasoslar oʻrnatish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugungi kunda Daniya Respublikasidan 41 ta suvosti choʻktirma nasosi, 23 ta gorizontal nasoslar-umumiy 64 ta suv nasosi xarid qilingan.

Olmaliq shahrida oʻrnatilishi rejalashtirigan gorizantal grundfos nasoslarining 7 tasini oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.
 
Telegram Website YouTube
Instagram Facebook Twitter
3.0K viewsedited  06:29
Ochish/sharhlash
2023-04-23 16:09:38
#Меdiatur

Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi
"Ayollar daftari" ning 4-toifasiga kiritilgan xotin-qizlar Boʻstonliq tumanidagi “Oqtosh” bolalar oromgohiga ochiq togʻ havosida madaniy, maʼrifiy tadbirlar va psixologik treninglar, koʻngilochar oʻyinlar, sport musobaqalariga boy boʻlgan ekoturistik dam olish va shou sayohatiga taklif qilindi.

Mutlaqo yangi boʻlgan “EʼZOZ” loyihasining maqsadi –  onalar va nogironligi boʻlgan bolalarni imkoniyatlari toʻliq boʻlgan boshqa bolalar qatori yashashga, hayotdan zavq olishga, viloyatimizning goʻzal goʻshalarini koʻrib yangi rejalardan ilhomlanishlari, shukronalik, minnatdorlik tuygʻularini aks ettirish orqali hayotda oʻz oʻrnilarini topishlariga imkon yaratishdan iboratdir. Jarayonda media-tur ham tashkil etildi.

Lavhada media-turga taklif etilgan jurnalistlarning loyiha haqidagi fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram Facebook Instagram YouTube Website
1.0K views13:09
Ochish/sharhlash
2023-04-23 15:32:57
#Bildirish

Aziz hamyurtlar! Bugun Nurafshon shahri Toshkent yoʻli koʻchasida joylashgan “Nurafshon arena” stadionida katta gala-konsert boʻlib oʻtadi.

Konsertda el suygan sanʼatkorlar Izzat Ibragimov, Guli Asalxoʻjayeva, Abduvali Rajabov, Lola Ahmedova, Jamshid Normatov siz uchun kuylaydi.

Yulduzlar karvoni” sanʼat shousiga kirish bepul, konsert dasturi 19:00 da boshlanadi.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
1.2K viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2023-04-23 13:48:33
#референдум

Маълумки, Референдум куни ўз яшаш жойида бўлиш имкониятига эга бўлмаган овоз берувчи муддатидан олдин овоз бериш ҳуқуқига эга. Шуни эътиборга олиб мамлактимизнинг барча ҳудудларида бўлгани каби Тошкент вилоятидаги референдум участкаларида барча шароит яратилган. Бу жараён ҳар куни назоратга олинган.

Эслатма!

Референдум участкасида муддатидан олдин овоз бериш вақти иш кунлари соат 9:00 дан соат 18:00 га қадар, дам олиш ва байрам кунлари соат 12:00 дан соат 16:00 га қадар амалга оширилади.

Сурат Ангрен шаҳридаги 66–референдум участкасида олинди.

Каналга уланиш
1.8K views10:48
Ochish/sharhlash
2023-04-23 12:21:55
#shukrona
#insonga_eʼtibor

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida xalqimizga xos ezgulik, bagʻrikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimli boʻlish kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni avf etish toʻgʻrisida”gi Farmonini imzolagan edi.

“Nurafshon TV” kanalining “Shukrona” loyihasida Zangiota tumani “Asil” MFY fuqarosi, mehnat faxriysi Poʻlatxon Hotamov ushbu bagʻrikenglik xususida oʻz fikrlarini bildirdi.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
1.9K views09:21
Ochish/sharhlash
2023-04-23 08:55:08
#Marafon

Nurafshonda “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz!” shiori ostida “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni oʻtkazildi.

Soat 09:00 da start olgan marafonda 4 ming nafardan ziyod koʻngillilar, xususan, jamoatchilik faollari qatnashdi.

Marraga birinchi boʻlib yetib kelgan gʻolib va sovrindorlarga Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
6.2K views05:55
Ochish/sharhlash
2023-04-23 08:37:54
#befarqemasman

Gulnora Sultonqulova, Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi shifokori:

— Oxirgi 5-6 yillik davr ichida tibbiyotga juda katta eʼtibor berildi. Xususan, bizning tumanimiz shifoxonasi kapital taʼmirdan chiqarilib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam yanada mukammallashdi. Shuni taʼkidlab oʻtmoqchimanki, Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 48-moddasida har bir fuqaro tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonun doirasida belgilangan tartibda olishga haqli deya belgilanmoqda. Bu aholiga juda katta imkoyatlar yaratadi. Yaʼni bepul tibbiy xizmat koʻlami oshadi. Shuning uchun 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumga befarq emasman.

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
2.9K views05:37
Ochish/sharhlash
2023-04-22 11:46:32
#Diqqat

HOKIM YORDAMCHILARI KREDIT BOʻYICHA TAVSIYA BERISHIGA HOKIMIYAT ARALASHMAYDIGAN BOʻLDI

BATAFSIL

Telegram Website YouTube Instagram Facebook Twitter
5.3K views08:46
Ochish/sharhlash