Get Mystery Box with random crypto!

#rasman Ramazon hayiti munosabati bilan oʻzbekistonliklar ket | Toshkent viloyati hokimligi

#rasman

Ramazon hayiti munosabati bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.

Qarorga koʻra,

Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel – juma kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2023-yil 21-aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olishi va yuksak saviyada oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2023-yil 24-aprel (dushanba) kuni ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.

Shuningdek, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 22-aprel kuni dam olish kuni sifatida belgilandi.

Telegram Website  YouTube Instagram Facebook Twitter