Get Mystery Box with random crypto!

Telegraph Uzbekistan

Telegram kanalining logotibi tgraphuz — Telegraph Uzbekistan T
Kanaldagi mavzular:
Muammo
Telegram
Код
Telegram kanalining logotibi tgraphuz — Telegraph Uzbekistan
Kanaldagi mavzular:
Muammo
Telegram
Код
Kanal manzili: @tgraphuz
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 26.64K
Kanalning ta’rifi

O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
· Savol/Takliflar: @TGraphUzBot

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 13

2022-12-07 18:17:59
Assalomu Alaykum

Telegram ijtimoiy tarmogi uchun o'zbek no'merlar sotuvda ( cheksiz bor)(Bilayn nomerlar)

- Ishonchli
- Yangi
- Kafolatli
- Arzon
- eng muhimi "SPAM" emas nomerlar kerakmi

- Narxi "6.500" so'm
- Minimal 10ta sotiladi undan Kam
- 50tadan oshiq olganlar uchun "6.000" so'mdan undan bir tiyn ham kami yo'q nechta (10.000)ta olsangizham QOPLAMAYDI!

Murojat uchun
@Apple_Odam_Qoshish
Tel : 902533485 hammasi halol
2.3K views•••SindorMedia℠ | イタチ, 15:17
Ochish/sharhlash
2022-12-06 22:35:37 Telegram 9.2 versiyaga yangilandi

SIM kartasiz hisob ochish, global avtomatik oʻchirish taymeri, mavzular 2.0 va boshqalar

Global avtomatik oʻchirish taymeri.
Barcha yangi chatlardagi xabarlarni muayyan vaqtdan keyin oʻchib ketadigan qilib sozlash mumkin.
• Bu mavjud chatlarga taʼsir qilmaydi, lekin Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Xabarlarni avtomatik oʻchirish rukni orqali istalgan chatingiz uchun avtomatik oʻchirishni tezda yoqishingiz mumkin.

SIM kartasiz hisob ochish.
• Istalgan foydalanuvchi Fragment saytidan anonim raqam olish orqali telefon raqamisiz hisob ochishi yoki hisobiga kirishi mumkin.

Mavzular 2.0.
100 dan ortiq aʼzoga ega guruhlar endi ikki ustunli maket, bevosita chatlar roʻyxatidan oxirgi mavzuga oʻtishning tezkor usuli, avvalgi xabarlar tarixini saqlaydigan Umumiy mavzusi va yana boshqa imkoniyatlarga ega mavzularni yoqishi mumkin.

Spamga qarshi kuchaytirilgan himoya.
• Katta guruhlar Spamga qarshi kuchaytirilgan himoyani yoqishi mumkin, bu Telegramning tajribali spamga qarshi algoritmlariga toʻliq imkoniyatini ishga tushirish imkonini beradi.

Vaqtincha QR kodlar.
• QR kod sahifasi endi telefon raqamini barchadan berkitgan foydalanuvchi nomisiz foydalanuvchilar uchun vaqtincha kodlar hosil qiladi.

Batafsil xotiradan foydalanish.
Xotiradan foydalanish sahifasi endi har bir chat qancha joydan foydalanayotganini aks ettiradi va fayl turi asosida filtrlangan alohida chatlarning mediasini tozalash imkonini beradi.

Yangi emoji toʻplamlari.
• Premium foydalanuvchilar Telegram rassomlaridan 10 ta yangi emoji toʻplamini oladi.

Koʻproq interaktiv emoji va reaksiyalar.
• Endi yakkama-yakka chatlarda emojilari ustiga bosganingizda ular butun ekran effektlarini namoyish etadi. Agar suhbatdoshingiz ilovasi ochiq boʻlsa, effektni bir vaqtda koʻrasizlar.
• Bu emojilardan barcha foydalanuvchilar endi reaksiyalar sifatida ham foydalanishi mumkin.

Bu yangilanish haqida batafsil:
VIDEO (TEZ ORADA) | MAQOLA

PlayStore | AppStore | APK

#telegram #tgram
@TGraphUz | YouTube
926 views•••SindorMedia℠ | イタチ, 19:35
Ochish/sharhlash
2022-11-29 18:00:15 ​​​​YouTube kanalimizda yangi video:
« TELEGRAMDAGI MASHENNIKLAR // YOLG'ON AKSIYALAR »

Telegram'da turli xildagi qalloblik juda rivojlandi. Ayniqsa guruhlardagi aksiyalar. Bugun biz shular haqida gaplashamiz

Videoni ko'rish


2.9K viewsSindorbekUz , 15:00
Ochish/sharhlash
2022-11-22 04:30:00 ​​ Telegram Premium obunasining afzalliklari va kamchiliklari

Ustunliklari:
Ovozni aniqlash. Bu, ehtimol, Telegram Premiumning eng muhim va eng kuchli xususiyatidir ( O'zbeklar uchun emas albatta). Messenjer shunchaki Google texnologiyasidan foydalanadi.
4 GB gacha bo'lgan fayllarni yuklash. Rostini aytsam, "Saqlangan xabarlar" chati men uchun deyarli asosiy bulutli xotiraga aylandi. Ha, bu Dropboxdan va hatto Yandex.Diskdan yaxshiroq. Ishda ham, shaxsiy daqiqalarda ham men ko'pincha o'zim uchun kichik va katta hajmdagi fayllarni yuklab qo'yaman.
— Ikki karrali kengaytirilgan chegaralar. Nomidan ma'lumligi uchun Telegram Premiumning ushbu afzalligini tushuntirish shart emas. Men uchun quyidagi xususiyatlar muhim: mediafayl izohi uchun 1024 belgi o'rniga - 2048; 10 ta papka o'rniga - 20 ta; 10 ta linklar o'rniga - 20 ta.
— Chat boshqaruvi. Bu eng oddiy, ammo juda muhim xususiyatga o'xshaydi. Birinchidan, Premium obuna bilan siz barcha o'rnatilgan standart asosiy papkadan tanlashingiz mumkin. Ya'ni, siz suhbatlarning asosiy ro'yxatini emas, balki o'zingiz xohlagan birini ochasiz. Masalan, darhol siz o'qigan barcha kanallar joylashgan papka.
— Emoji status. Telegram Premium belgisi xozirda hech kimni ajablantirmaydi va u sizning messenjer foydasiga xayriyangizni ko'rsatishini hisobga olmaganda, uning amaliy qo'llanilishi ham yo'q. Yana bir narsa - bu belgi o'rniga emoji. Telegram Premium obunachilariga istalgan kulgichni status sifatida o‘rnatish imkonini beradi.

Kamchiliklari
— Barcha kontentni avtomatik tarjima qilish.
Bugungi kunda Telegram, masalan, o'zbek tilida bo'lmagan kanallardagi postlar matnini tarjima qilish imkonini beradi. Ammo tarjima qilish uchun siz bir necha qadamlarni bajarishingiz kerak. Telegram ma'lum kanallar va hatto guruhlardagi istalgan kontentni avtomatik tarjima qilishga ruxsat bersa, ajoyib bo'lardi.
— Qo'ng'iroqni yozib olish imkoniyati. Kimga qandayligini bilmayman, lekin men tez-tez Telegram orqali qo'ng'iroq qilaman. Ba'zida men yozib olishni xohlaydigan muhim suhbatlar bo'ladi. Bugungi kunda barcha mobil qurilmalarda bildirmasdan qo'ng'iroqlarni yozib olish funksiyasi mavjud emas.
— Oddiy dialogga maxfiy xabar yuborish. Yashirin suhbatlar mavjud, ammo agar siz odatiy suhbatga biror narsa yuborishingiz kerak bo'lsa-chi? Ha, Telegram sizga o'chirish vaqti bilan fotosurat yoki video yuborish imkonini beradi, lekin nima uchun suhbatdoshlar shaxsan o'ylab topgan parol bilan maxfiy xabar yuborish funksiyasini amalga oshira olmaymiz? Bu juda nozik ma'lumotlarni bunday xabarlarda saqlashga imkon beradi.
— Ovozli premium stikerlar. Men Telegram Premiumga bunday qo'shimchani rad etmagan bo'lardim. Bundan tashqari, bunday xususiyatni amalga oshirish unchalik qiyin emas, chunki shunga o'xshash narsa messenjerda ancha oldin amalga oshirilgan. Masalan, 2020-yil oktabr oyida Telegram va uchun ovoz qo‘shdi. emojisi ovozi esa menga yoqadi.
— Qo'shimcha vositalar. Foydalanuvchining hayotini osonlashtirish uchun siz o'ta daho narsani o'ylab topishingiz shart emas. Menga kelsak, messenjerdan tashqari ko'plab foydalanuvchilar foydalanadigan funksiyalarni qo'shish kifoya.

Sizning fikringiz qanaqa?

#info #fishka #premium
@TGraphUz | YouTube
2.5K viewsSindorbekUz , edited  01:30
Ochish/sharhlash
2022-11-07 19:47:50
Telegram 9.1 versiyada qo'shilgan yangiliklar.

#telegram #yangi
@TGraphUz | YouTube
429 views•••SindorMedia℠ | イタチ, 16:47
Ochish/sharhlash
2022-11-05 18:13:10 Telegram 9.1 versiyaga yangilandi

Guruhlardagi mavzular, kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari, video xabarlar uchun ovozni matnga aylantirish va boshqalar

Guruhlardagi mavzular.
• 200 dan ortiq aʼzoga ega guruhlar muhokamalarni alohida mavzularga tartiblashi mumkin.
• Uni @TheForum orqali sinang.

Kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari.
• Istalgan foydalanuvchi yangi platformada qoʻshimcha foydalanuvchi nomlarini blokcheyn bilan himoyalashi va ularni profil, guruh yoki kanaliga biriktirishi mumkin.

Video xabarlar uchun ovozni matnga aylantirish.
• Premium foydalanuvchilar endi istalgan video xabarni matnga oʻgirishi mumkin.

Yangi emoji toʻplamlari.
• Premium foydalanuvchilar Telegram rassomlaridan 12 ta yangi emoji toʻplamini olishi mumkin.

Matn oʻlchamini oʻzgartirish.
Chat sozlamalarida matn oʻlchamini oʻzgartirsangiz, bu endi havolaga razm solish, xizmat xabarlari va boshqa shu kabi barcha chatlar matnlariga taʼsir qiladi.

Dizayndagi yangilanishlar.
Javob berish uchun chapga surishda hamda guruh va kanallarda xabarlar yuklanayotganda yangi animatsiyalar qoʻshildi.
• Foydalanuvchi profilida uning telefon raqamiga bosilsa, bir nechta chaqiruv variantlariga ega yangi menyu ochiladi.

Yanada koʻproq interaktiv emoji va reaksiyalar.
• Shaxsiy chatlarda emojilarini bosganingizda endi butun ekran effektlari ijro etiladi. Agar suhbatdoshingiz ilovasi ochiq boʻlsa, effektni bir vaqtda koʻrasizlar.
• Shuningdek, va emojilaridan endi barcha foydalanuvchilar reaksiyalar sifatida foydalanishi mumkin.

Bu yangilanish haqida batafsil:
VIDEO (TEZ ORADA) | MAQOLA

PlayStore | AppStore | APK

#telegram #tgram
@TGraphUz | YouTube
3.1K views•••SindorMedia℠ | イタチ, 15:13
Ochish/sharhlash
2022-11-02 20:36:51
Eng qimmat Telegram Username

- @auto foydalanuvchi nomi 900.000 TON ga, ya'ni 1 mln 422ming dollarga olindi.

*Hozircha username ishlatilgani yoʻq, manimcha userni sotib olgan odam kanal yoki gruppa qilishini yoki profiliga qoʻyishini hal qilishayabdi.

#auksion #username
@TGraphUz | YouTube
2.1K views•••SindorMedia℠ | イタチ, 17:36
Ochish/sharhlash
2022-11-01 23:24:37
Telegram Premium Mashmashasi...

- Ushbu videoda barchasi qanday bo'lganligi haqida qisqa ma'lumotlar berib o'tdim.
Repost qilib barchaga yetkazib qo'yamiz.

#video #premium
@TGraphUz | YouTube
4.3K views•••SindorMedia℠ | イタチ, 20:24
Ochish/sharhlash
2022-11-01 12:57:47 Qanday qilib uchta maktab o‘quvchisi Telegram’ni millionlab dollarga tushurishdi.

Kecha men sizlarga aytganimdek arzonga obuna sotib olgan foydalanuvchilardan Telegram Premium olib tashlanishi haqida aytgan edim.

"Arzonni oshi tatimas" deganidek, biz bilgan ARZON usulni Moskva maktabida o'qiydigan 3 ta bola taklif qilishgani ma'lum bo'ldi.

Jailbroken orqali iPhone'dagi zaiflik tufayli ular Premiumni boshqa odamlarga bepul berish imkonini topishgan. Shuning uchun ular bunday xizmatni siz-u bizga ARZON narxda taklif qilishdi va boshqa hech kimga bu sirni ochishmadi. Lekin ushbu narxlar TURK LIRASI orqali olish usuliga hisoblab körilganda, ulardan sal qimmatligi sababli, ularning "BEPULGA" olishi bizning hayolimizni chetlab o'tdi.

Bu bolakaylar bunday sxema orqali yuz minglab va hatto millionlab dollar ishlashga muvaffaq bo'lishdi.

29-oktabr kuni usulni kashf etganlardan biri Telegram jamoasiga hamma narsani aytib berdi va endi bu imkoniyat yopildi.

Barcha uchun afsusdaman, nafaqat sizlar, balki yaqin insonlarimga ham ushbu obunani olib bergan edim. Ushbu 3 ta bola bizga arzon usulni izlamaslik kerakligini yana bir marta eslatib qo'ydi.

Sxema haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda o'qishingiz mumkin.

Bu voqeaning ibratli tomoni shundaki - siz hamma narsani halol sotib olishingiz kerak... Keyinchalik bekor qilinmaslik uchun.

#qalloblik #premium
@TGraphUz | YouTube
3.4K views•••SindorMedia℠ | イタチ, 09:57
Ochish/sharhlash
2022-10-31 19:06:39 Telegram Premium obunani arzonga olish yo'llarini yopdi!

- Ushbu ovozli xabarda barchasi batafsil aytilgan.

* Premium sovg'a qilgan akkaunt bilan chatni o'chirvoring, Premium saqlanib qolish ehtimoli bor.

#premium #cheklov
@TGraphUz | YouTube
4.6K views•••SindorMedia℠ | イタチ, edited  16:06
Ochish/sharhlash