Get Mystery Box with random crypto!

Qanday qilib uchta maktab o‘quvchisi Telegram’ni millionlab do | Telegraph Uzbekistan

Qanday qilib uchta maktab o‘quvchisi Telegram’ni millionlab dollarga tushurishdi.

Kecha men sizlarga aytganimdek arzonga obuna sotib olgan foydalanuvchilardan Telegram Premium olib tashlanishi haqida aytgan edim.

"Arzonni oshi tatimas" deganidek, biz bilgan ARZON usulni Moskva maktabida o'qiydigan 3 ta bola taklif qilishgani ma'lum bo'ldi.

Jailbroken orqali iPhone'dagi zaiflik tufayli ular Premiumni boshqa odamlarga bepul berish imkonini topishgan. Shuning uchun ular bunday xizmatni siz-u bizga ARZON narxda taklif qilishdi va boshqa hech kimga bu sirni ochishmadi. Lekin ushbu narxlar TURK LIRASI orqali olish usuliga hisoblab körilganda, ulardan sal qimmatligi sababli, ularning "BEPULGA" olishi bizning hayolimizni chetlab o'tdi.

Bu bolakaylar bunday sxema orqali yuz minglab va hatto millionlab dollar ishlashga muvaffaq bo'lishdi.

29-oktabr kuni usulni kashf etganlardan biri Telegram jamoasiga hamma narsani aytib berdi va endi bu imkoniyat yopildi.

Barcha uchun afsusdaman, nafaqat sizlar, balki yaqin insonlarimga ham ushbu obunani olib bergan edim. Ushbu 3 ta bola bizga arzon usulni izlamaslik kerakligini yana bir marta eslatib qo'ydi.

Sxema haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda o'qishingiz mumkin.

Bu voqeaning ibratli tomoni shundaki - siz hamma narsani halol sotib olishingiz kerak... Keyinchalik bekor qilinmaslik uchun.

#qalloblik #premium
@TGraphUz | YouTube