Get Mystery Box with random crypto!

Telegram 9.1 versiyaga yangilandi Guruhlardagi mavzular, koll | Telegraph Uzbekistan

Telegram 9.1 versiyaga yangilandi

Guruhlardagi mavzular, kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari, video xabarlar uchun ovozni matnga aylantirish va boshqalar

Guruhlardagi mavzular.
• 200 dan ortiq aʼzoga ega guruhlar muhokamalarni alohida mavzularga tartiblashi mumkin.
• Uni @TheForum orqali sinang.

Kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari.
• Istalgan foydalanuvchi yangi platformada qoʻshimcha foydalanuvchi nomlarini blokcheyn bilan himoyalashi va ularni profil, guruh yoki kanaliga biriktirishi mumkin.

Video xabarlar uchun ovozni matnga aylantirish.
• Premium foydalanuvchilar endi istalgan video xabarni matnga oʻgirishi mumkin.

Yangi emoji toʻplamlari.
• Premium foydalanuvchilar Telegram rassomlaridan 12 ta yangi emoji toʻplamini olishi mumkin.

Matn oʻlchamini oʻzgartirish.
Chat sozlamalarida matn oʻlchamini oʻzgartirsangiz, bu endi havolaga razm solish, xizmat xabarlari va boshqa shu kabi barcha chatlar matnlariga taʼsir qiladi.

Dizayndagi yangilanishlar.
Javob berish uchun chapga surishda hamda guruh va kanallarda xabarlar yuklanayotganda yangi animatsiyalar qoʻshildi.
• Foydalanuvchi profilida uning telefon raqamiga bosilsa, bir nechta chaqiruv variantlariga ega yangi menyu ochiladi.

Yanada koʻproq interaktiv emoji va reaksiyalar.
• Shaxsiy chatlarda emojilarini bosganingizda endi butun ekran effektlari ijro etiladi. Agar suhbatdoshingiz ilovasi ochiq boʻlsa, effektni bir vaqtda koʻrasizlar.
• Shuningdek, va emojilaridan endi barcha foydalanuvchilar reaksiyalar sifatida foydalanishi mumkin.

Bu yangilanish haqida batafsil:
VIDEO (TEZ ORADA) | MAQOLA

PlayStore | AppStore | APK

#telegram #tgram
@TGraphUz | YouTube