Get Mystery Box with random crypto!

Telegraph Uzbekistan

Telegram kanalining logotibi tgraphuz — Telegraph Uzbekistan T
Telegram kanalining logotibi tgraphuz — Telegraph Uzbekistan
Kanal manzili: @tgraphuz
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 26.18K
Kanalning ta’rifi

O'zbekistondagi eng tezkor Telegram yangiliklari kanali.
Telegramning eng so'ngi yangiliklari o'zbekcha talqinda birinchilarda bizda!
→ Reklama va Hamkorlik: @Sindor
· Savol/Takliflar: @TGraphUzBot

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 21

2021-01-28 18:38:52 Telegram 7.4 versiyaga yangilandi

Boshqa ilovalardan chatlar tarixini koʻchirish
• WhatsApp, Line va KakaoTalk kabi boshqa ilovalardan xabarlaringiz tarixini Telegramga koʻchiring.
• Boshqa ilovada Chatni eksport qilish funksiyasidan foydalaning, keyin eksport qilingan faylni Telegramga ulashing (batafsil koʻrsatmalar uchun blog-post bilan tanishing).

Koʻproq maxfiylik
• Nafaqat xabarlarni, balki siz yatratgan guruhlar, maxfiy chatlar va chaqiruvlar tarixini ham barchadan izsiz oʻchirib tashlang.

Yaxshilangan ovozli chatlar
• Ovozli chatning alohida ishtirokchilari uchun tovush balandligini sozlang.
• Chaqiruvlar tarixi boʻlimining yuqorisida guruhlaringizdan faol ovozli chatlarni koʻring.

Yaxshilangan musiqa pleyeri
• Musiqa pleyerida ijrochining ismini bosish orqali barcha chatlaringizda uning taronalarini koʻring.
• Xiralashgan effekt bilan qoʻshiqlarni pauzalang va davom ettiring.
• Taronani oldinga surish yoki orqaga qaytarish uchun “Keyingisi” va “Avvalgisi” tugmalarini bosib turing.

Va boshqalar
• Taklif qilingan stiker yordamida yangi foydalanuvchilar bilan bitta bosish orqali salomlashing.
• Yaxshilangan TalkBack qoʻllab-quvvatlanishidan zavqlaning.
• Taniqli shaxslar yoki tashkilotlar nomidan ochilgan soxta guruhlar yoki kanallar haqida ularning profilini ochib, … > Shikoyat qilish rukni orqali xabar bering.

Bu yangilanish haqida batafsil:
VIDEO | MAQOLA

PlayStore | AppStore

#telegram #tgram
@TGraphUz | YouTube
2.6K views•••SindorMedia℠ , edited  15:38
Ochish/sharhlash
2021-01-28 00:59:31
iOS uchun Telegram 7.4

Xabar berilishicha bugun iOS platformasi uchun Telegram'ning yangi versiyasi xatolik tufayli tasodifan ommaga taqdim etildi.

Bu yangilanishning asosiy hususiyati esa suhbat tarixini boshqa dasturlardan (masalan, Whatsapp, Line yoki KakaoTalk’dan) Telegramga o'tkazish mumkin ekanligi bo'ldi. Videoga e'tibor bering↑

Bundan tashqari:
• Chatlardagi xabarlardan tashqari barcha ishtirokchilar uchun yaratgan guruhlaringizni, chat ro'yxatidagi maxfiy suhbatlarni, shuningdek, qo'ng'iroqlar tarixini izsiz o'chirib tashlash;
• Ovozli chatlarda har bir ishtirokchi ovoz balandligini sozlash;
• Taniqli odamlar yoki tashkilotlarning rasmiy vakillari sifatida ko'rsatadigan soxta guruhlarga yoki kanallarga shikoyat yuborish imkoniyati (ya'ni, "scam"dan farqli "fake" belgisini bosish uchun);
- va shu kabi kichik yangilanishlar amalga oshirilgani ma'lum bo'ldi.

p.s: tez orada ushbu yangilanish barcha platformalarga qaytishiga umid qilamiz :)
#ios #telegram
@TGraphUz | YouTube
2.5K views•••SindorMedia℠ , 21:59
Ochish/sharhlash
2021-01-23 12:51:29
Tekstga havola/link biriktirish.

Guruhimizda va Botda juda ko'p berilayotgan savollar uchun tezkor javob. Rasmli #tutorial'ning davomi.

Qisqacha ma'lumot:
- Misol uchun: bu yerga bosing
- Belgilangan tekstga istalgan link biriktirish mumkin.
- Hattoki emojiga ham link biriktirish imkoni bor.
- Ba'zi qurilmalarda mediafayl yuborish oynasida bundan foydalanib bo'lmaydi, mediafaylni yuborib keyin tahrirlab link biriktirishingiz mumkin.

Videoni ko'ring va o'rganing. - @sindoruz

Kommentariyada o'z fikringizni qoldiring.

#tutorial #sindoruz
@TGraphUz | YouTube
3.7K views•••SindorMedia℠ , 09:51
Ochish/sharhlash
2021-01-18 12:54:32
Odam qo'shish usullari.

Xozirda hammani o'ylantirayotgan odam qo'shish masalasi bo'yicha barcha sotayotgan usullar va dasturlarni izlanishlar yordamida topdim.

Hammasi oddiy va sodda. Ular 2 ta:

- Birinchisi oddiy va tekin, lekin samaradorlik past. "sotuvchilar" uni akkaunt donasiga 10 ming'dan pullashmoqda.
- Ikkinchisi mukammal va pullik, samaradorlik ham baland (sinab ko'rmadim lekin). Ba'zi "sotuvchilar" uni 1.5 yoki 2mln. dan pullashmoqda, ya'ni o'z narxidan ancha balandroqqa.

Bulardan hech birining Telegraph'ga aloqasi yo'q. To'liqroq tushuncha uchun VIDEONI KO'RING

Tepada aytib o'tilgan usullarni o'rgatuvchi va tushuntiruvchi VIDEODARSLIKLAR chiqarilishini qo'llab-quvvatlash uchun
+998903137944 #paynet (bu majburiy emas)

p.s: telefon qilib boshimni og'ritmang!
@TGraphUz | YouTube
5.1K views•••SindorMedia℠ , edited  09:54
Ochish/sharhlash
2021-01-16 06:24:03
iOS'dagi Telegram interfeysi animatsiyalari tanlovi boshlandi

• Sovrinlar jamg‘armasi:
1-bosqich uchun $50 000.

• Muddat: 1-fevral Toshkent vaqti bilan 00:59 da.

• Vazifa: taqdim etilgan maketlar asosida iOS'dagi Telegram'da iOS-animatsiyalarini ishlab chiqib ishga tushirish, ularni eski qurilmalarda ishlashini ta’minlash va ularning parametrlarini sozlash imkonini beruvchi tahrir yaratish.

• Tafsilotlar: bu yerda.

#tanlov #ios @teleuz
@TGraphUz | YouTube
4.2K views•••SindorMedia℠ , edited  03:24
Ochish/sharhlash
2021-01-15 17:17:45
ODAM QO'SHISH XATOLIGI SABABLARI

Yaqin kunlardan beri ko'pchilikni o'ylantirgan muammoning aniq javobini bilishni xohlaysizmi?

Unda ushbu videoni ko'ring





p.s: bu hali hammasi emas, kanalimizni kuzatib boring.
@TGraphUz | YouTube
4.1K viewsSindorbekUz , 14:17
Ochish/sharhlash
2021-01-12 21:34:51
500 000 000+ foydalanuvchi!

Telegram faol foydalanuvchilari 500 milliondan oshdi.

Oxirgi 72 soat ichida Telegram'ga 25 milliondan ortiq yangi foydalanuvchilar qoʻshildi.

Rahmat! Bu marraga siz kabi tanishlarini Telegram'ga taklif qilgan foydalanuvchilar tufayli erishildi.

p.s: post kechikkanini bilaman, eslatish shartmas.
#statistika #durov #telegram
@TGraphUz | @SindorUz
4.5K views•••SindorMedia℠ , edited  18:34
Ochish/sharhlash
2021-01-12 11:13:47
Kanal postlariga komment qoldirish tugmasini qo'shish.

Guruhimizda va Botda juda ko'p berilayotgan savollar uchun tezkor javob.

Qisqacha ma'lumot:
- Telegramdagi komment bu - kanaldagi postga nisbatan guruhda javob tariqasida yozilgan xabar.
- Botlar yordamida "tugmacha" qo'shib tashlangan va "inline botlar" yordamida yuborilgan postlarda "fikr bildirish" chiqmaydi.

Videoni ko'ring va o'rganing. - @sindoruz

Kommentariyada o'z fikringizni qoldiring.

#tutorial #sindoruz
@TGraphUz | YouTube
4.1K views•••SindorMedia℠ , edited  08:13
Ochish/sharhlash
2021-01-09 15:02:27
Guruhdagi foydalanuvchilarni bittalab boshqa guruhga qo'shish.

Odam qo'shish xatoligidan so'ng ba'zilar bittalab qo'shsa ko'proq qo'shilayotgan emish deyishdi. (O'zim sinab ko'rganim yo'q lekin.)

Ko'pchilik mendan shuni qanday bajarilishini so'rashdi.
Videoni ko'ring va o'rganing. - @sindoruz

Kommentariyada o'z fikringizni qoldiring.

#tutorial #sindoruz
@TGraphUz | YouTube
5.1K views•••SindorMedia℠ , edited  12:02
Ochish/sharhlash
2021-01-07 23:01:56
Qalloblardan ehtiyot bo'ling

Odam qo'shish masalasi bo'yicha kuzatilayotgan nosozliklardan ba'zi bir Qalloblar foyda olishni ham boshlashdi.

Ularning bir tiynga arzimaydigan yolg'on xabarining asosi "Odam qo'shish yo'lini topdim, lich pulga o'ragataman" hisoblanadi.
Bunaqa xabarga mutlaqo ishonmang, hali beri odam qo'shish yo'li topilmadi, ular shunchaki sizning 200ming, yoki undan ko'p pulingizni olib yo'qolib qolishadi.

Menga bu bo'yicha ko'pchilik aldanganini yozganligi sabab ushbu postni yozishga qaror qildim.
Men xozirda shu bo'yicha ma'lumotlar yig'ayabman, tez orada aniq ma'lumotlarni jamlab kanalga post qilaman.

*Agarda minnatdorchilik bildirmoqchi bo'lsangiz YouTube kanalimga obuna bo'lishingiz yoki shaxsiy minnatdorchilik bildirishingiz mumkin. Allaqanday mashennikga pul berib aldanmasdan ;)

Kommentariyada o'z fikringizni qoldiring.

#nosozliklar #telegram
@TGraphUz | YouTube
5.8K views•••SindorMedia℠ , edited  20:01
Ochish/sharhlash