Get Mystery Box with random crypto!

She`rlar Olami !

Telegram kanalining logotibi tginfo_uz — She`rlar Olami ! S
Telegram kanalining logotibi tginfo_uz — She`rlar Olami !
Kanal manzili: @tginfo_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.49K
Kanalning ta’rifi

❤️ Telegramdagi "She'rlar olami" Kanaliga xush kelibsiz 🙌
📝 She'rlar
✒️ Afrorizmlar
📷 Statuslar
💞 Mazmunli Satrlar
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Guruh : @tginfouz
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
Инша'аллах 3к 🤲

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-01-27 12:41:12 Dunyoni tashvishidan ort
mas hayollar
Ba'zilar qalbida faqat ayollar
Do'stlarim sizlarga beray savollar
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Yuramiz erta kech qorinni o'ylab
Qur'on o'qimiymiz xattoki oylab
Axir o'lim bizni turmasku poylab
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Ro'zg'orimiz uchun yelib yuramiz
Ayolimiz amriga tayyor turamiz
Jannatdan qasrlar qachon quramiz
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Amallar qilamiz barida ro'yo
Ex bizda qolmabdi zarra
cha xayo
Erta qabrimizda bo'lgaymiz
ado
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Umrimiz o'tmoqda go'yoki xazon
Shu kunlar xam bo'ldi kim
larga armon
Bir zum ortimizga nazar tashlabon
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Dunyoni ziynatlari yor bo'larmidi
Alloh uchun yashasak zor bo'larmidi
Oxiratga yuborsak soz bo'larmidi
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Shayton yetaklaydi bizlarni ushlab
Biz nadon yuramiz nafsi
miz xushlab
Bir savol qiynaydi yuragim g'ashlab
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Yoshlik xavaslari qilganda mashg'ul
Xaqqa bosh egmoqlik juda ham mushkul
Umrimiz payoniga yetgan
da butkul
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Nahot charchamaymiz yolg'onlar so'ylab
Ayting qachongacha yura
miz o'ynab
O'zingiz ham ko'ring bir bora o'ylab
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Shamol kabi tezlab kelar qiyomat
Xaryonda ko'rinar minglab alomat
Do'stim yana sizni qildim malomat
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Bo'ldi gapirsak gaplar tugamas
Xaqni izlamagan bari bir bilmas
Ishoning so'zlarim o'zim uchunmas
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Ma'ruf Mo'minov

Men bilan bog'lanib ijodim tog'risida fikr almashmoqchi bo'lsangiz telegramdagi @Maruf_shoir manzilimga murojat qiling

@sherla
3.6K views09:41
Ochish/sharhlash
2021-01-25 15:36:49 ONAJON.

MEN SIZNI YAXSHI KÕRAMAN,
OYDEK TERMULAMAN YUZINGIZGA.
ISTANG TIZ CHÕKAMAN POYINGIZGA,
ONAJON SIZNI YAXSHI KÕRAMAN.

QUYOSHDEK ILIĞ MEHRINGIZ
JONKUYAR,ILIĞ SÕZINGIZ
JONKUYDIRASIZ MEN UCHUN
AYTING YASHAYAPSIZ KIM UCHUN.

XAFA BÕLMAYSIZ BIZDAN
KÕNGLIZNI OĞRITSAK JAHLDAN
JAHIL CHIQSA AQL KETAR
BIZNI AYBLAR QAYGA KETAR
ONAJON,HAJGA OLIB BORAMAN ÕZINGIZ
POKLAB OLASIZ QALBINGIZ
SHOIR BAXTIGA HAR ON SOĞ OMON BÕLING
MEN SIZNI YAXSHI KÕRAMAN.

@sherla
3.4K views12:36
Ochish/sharhlash
2021-01-24 18:47:14 Zo'r armon
(Bir noshudning deganlari)

Hamma har narsaga erur ishqiboz,
Kimdir marka yig'ar, kimdir it boqar.
Kimlarga qish yaxshi, kimlargadir yoz,
Menga esa faqat qarsaklar yoqar.

Osonmi, dunyoda yashadim qancha!
Qochib, pusib yurdim zamonlar o'tib.
Mana, savlatim bor yoshim ham ancha,
Va lekin o'rtandim qarsakni kutib.

Ajabo, xalq buncha bo'lmasa o'jar,
Bunchalar xasis u oddiy qarsakka.
Nechun boshqalarni shon-u shuhrat quchar,
Bu holdan fig'onim chiqar falakka.

Ey, siz, studentlar, insof bormi hech,
Bunchalar shakkoksiz, bunchalar nodon?!
Siz qarsak chalyapsiz ikmga erta kech,
Men-chi, qolaverdim bir chetda nolon.

Garchand, ba'zi joyda topdim e'tibor,
Ko'ksimda nelardir taratur ziyo.
Dashnom eshitdim-u umrimda ko'p bor,
Qarsak tinglamadim nechundir also.

Dunyoni ishlari chindan notugal,
Siz uning xatosin bir bor tuzating,
Do'stlar, o'lgan chog'im, rahm eting bir gal,
Meni qarsak chalib go'rga uzating.

@sherla
3.3K views15:47
Ochish/sharhlash
2021-01-19 07:00:05 Дунёда битта ҳақиқат бор.
Унинг нима экани ҳақида ўйлаб кўрганмисиз?!

У туфайли инсон дунёга келган.
У туфайли инсон дунёдан кетган.
У туфайли жонлар фидо этилган.

У туфайли жонлар олинган.
У туфайли тахтлар қурилган.
У туфайли тахтлар қулаган.

У туфайли малак каби юксалар.
У туфайли инсон ҳайвон мисоли.
У туфайли дардлар ариган.
У туфайли ситамлар бўлган.

Нима экан бу ҳақиқат? Энди танигандирсиз?
У..
У - "Аллоҳ улуғ", дея бошни саждага қўймоқ!
Бундан бошқа барча ҳақиқат рўё.

Mubashshir Ahmad

@sherla
4.5K views04:00
Ochish/sharhlash
2021-01-17 10:52:41 Bugun siz yo'q,
hayot tashvishlari bilan bolib buni sezmabman ham hatto.
Lekin yuragim bo'm bo'sh bilaszmi nega chunki siz bu yurakni tilkalab tashladiz.
Men ishonardim ishonchim tengsiz edi, sizdan o'rganganim esa endi hech kimga ishonmaslik bo'ldi.
Men hatto yig'lay ham olmayapman bu mehr nahot tosh kabi bolib qoldi.
Bugun juda ham yig'lashni istayman ammo sabab nima sabab sizmisiz, siz yig'lashimga arzimaysiz deymanu yana g'urur oldiga qaytib.
Ahir arziganingizda meni yig'latmas edingiz bir so'z bilan qalbimga kirib ishonchimga erishib pastkashlarcha o'yin qilmas edingiz... yig'ladim... sizni deb emas beg'ubor qalbimni g'uborlarga to'ldirganiz uchun... avvali yuragim urishi bo'g'zimda urayotgandek har zarradan hapqirar edi.
Endi bu yurakning hattoki qayoqdaligini ham bilmayman... Sizga aytgan edim meni o'zingizga o'xshatib qo"ymang deb,
Afsus sizga
Aylandim...

Rayhonaga

@sherla
4.3K views07:52
Ochish/sharhlash
2021-01-16 12:10:55 Dunyo

Ko'ngilga g'uborni solgan bu dunyo
Pok qalbni qurshovga olgan bu dunyo
Hayotni yolg'onga to'lidirib
qo'yib
Adolat topolmay tolgan bu dunyo

Umrimiz cheksizdek tugamas go'yo
O'tiramiz boylikga bo'lib mahliyo
O'ylaymiz uning ham poyoni yo'qdek
Ko'rsatar oxirin bir kun bu dunyo

Oxiratni o'ylamay yuribmiz mana
Hatto har soniyani qilib tantana
Yeb-ichib, kiyinib, yashab shoxona
Bilmay tark etishin bizni bu dunyo.

@sherla
5.3K views09:10
Ochish/sharhlash
2021-01-15 08:43:53 Товуқлар ва тулки ҳақида бўлмағур масал

Бир ўрмонда товуқлар
Тулкидан безор эрди.
Тулкивой-чи, ўғирлаб
Улар тухумин ерди.

Бир куни охир пичоқ,
Қадалди хонумонга.
Товуқлар арз қилишди,
Ўрмон шоҳи Арслонга.

Арслон ҳам узоқ ўйлаб,
Келибди шу қарорга.
Аризани берибди
Айиқвой прокурорга.

Айиқвой ҳам дарғазаб
Хатни олиб қўлига.
Имзолаб туширибди
Миршаб боши Бўрига.

Бўрининг ҳам жаҳли тез,
Ўшқириб шундай дебди:
“Шунча арз-дод шунгами!?
Бир тухум еса-ебди”

Лек, топшириқ тепадан,
Ижросин қилмоқ керак.
Буни кўриб чиқишни
Тулкига “илмоқ” керак!

Тушади сўнг ариза
Тулкивойнинг ўзига.
Товуқларни чақириб,
Кўрсатади кўзига.

Аввал юлиб патларин,
Орқасини қиздирди.
“Муаммо ҳал бўлди” деб,
Ўзларига ёздирди.

Сўнгра ҳисобот учун
Қалам олиб қўлига,
“Муаммо ҳал бўлди” деб,
Хат ёзади Бўрига.

Бўри Айиққа ёзар
Қўлига қалам олиб,
Тулкивойнинг хатини
Қўяр илова қилиб.

Айиқ Арслонга кириб,
“Адолат тикланди!” дер.
Қойиллатиб қўйгандек
Кўксини керарди Шер.

Хуллас, шу ерга келиб,
Эртак тамом бўлади.
Кечаги ўғриликлар
Бугун ҳамон бўлади!!!

Масал муаллифи ноаниқ, интернетдан олинди

@sherla
4.5K views05:43
Ochish/sharhlash
2021-01-14 19:10:34 Mashxur brendlarning eng YANGI MAHSULOTLARI bilan tanishishga sizlarni taklif qilamiz!
https://t.me/XXI_Electronics
3.9K views16:10
Ochish/sharhlash
2021-01-14 09:39:27 Байрам муборак 14 - yanvar uchun sher tabriklar
-Эркаклар бўлмаса айтилмас азон,
-Эркаклар бўлмаса қайнамас қозон,
-Эркаклар бўлмаса чақалоқ қайда,
-Эркаклар бўлмаса шапалоқ қайда,
-Эркаклар бўлмаса мўйлов қайдадир,
-Эркаклар бўлмаса куёв қайдадир,
-Дунё тургунча турсин эркаклар,
-Доимо хурматда юрсин эркаклар!
Байрам муборак

@sherla
5.1K views06:39
Ochish/sharhlash