Get Mystery Box with random crypto!

Dunyoni tashvishidan ort mas hayollar Ba'zilar qalbida faqat a | She`rlar Olami !

Dunyoni tashvishidan ort
mas hayollar
Ba'zilar qalbida faqat ayollar
Do'stlarim sizlarga beray savollar
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Yuramiz erta kech qorinni o'ylab
Qur'on o'qimiymiz xattoki oylab
Axir o'lim bizni turmasku poylab
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Ro'zg'orimiz uchun yelib yuramiz
Ayolimiz amriga tayyor turamiz
Jannatdan qasrlar qachon quramiz
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Amallar qilamiz barida ro'yo
Ex bizda qolmabdi zarra
cha xayo
Erta qabrimizda bo'lgaymiz
ado
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Umrimiz o'tmoqda go'yoki xazon
Shu kunlar xam bo'ldi kim
larga armon
Bir zum ortimizga nazar tashlabon
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Dunyoni ziynatlari yor bo'larmidi
Alloh uchun yashasak zor bo'larmidi
Oxiratga yuborsak soz bo'larmidi
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Shayton yetaklaydi bizlarni ushlab
Biz nadon yuramiz nafsi
miz xushlab
Bir savol qiynaydi yuragim g'ashlab
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Yoshlik xavaslari qilganda mashg'ul
Xaqqa bosh egmoqlik juda ham mushkul
Umrimiz payoniga yetgan
da butkul
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Nahot charchamaymiz yolg'onlar so'ylab
Ayting qachongacha yura
miz o'ynab
O'zingiz ham ko'ring bir bora o'ylab
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Shamol kabi tezlab kelar qiyomat
Xaryonda ko'rinar minglab alomat
Do'stim yana sizni qildim malomat
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Bo'ldi gapirsak gaplar tugamas
Xaqni izlamagan bari bir bilmas
Ishoning so'zlarim o'zim uchunmas
Ayting olloh uchun nima ish qildik

Ma'ruf Mo'minov

Men bilan bog'lanib ijodim tog'risida fikr almashmoqchi bo'lsangiz telegramdagi @Maruf_shoir manzilimga murojat qiling

@sherla