Get Mystery Box with random crypto!

She`rlar Olami !

Telegram kanalining logotibi tginfo_uz — She`rlar Olami ! S
Telegram kanalining logotibi tginfo_uz — She`rlar Olami !
Kanal manzili: @tginfo_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.49K
Kanalning ta’rifi

❤️ Telegramdagi "She'rlar olami" Kanaliga xush kelibsiz 🙌
📝 She'rlar
✒️ Afrorizmlar
📷 Statuslar
💞 Mazmunli Satrlar
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Guruh : @tginfouz
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
Инша'аллах 3к 🤲

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-23 15:49:59 XAYOSIZ QALB

Roʻmolingiz yarashib juda,
Husningizga husn qoʻshibdi.
Taqvoyingiz oshirib balki,
Oshigʻingiz soni oʻsibdi.

Sizni aldar dunyoviy hislar,
Islomiy hislarning qadri yo'q sizda.
Roʻmol sizga yarashibdi-ku,
Siz roʻmolga yarashmabsizda.

Botir Bannop

P/S Muslima, soliha opa-singillarimizga zarra aloqasi yoʻq.
She'r kimlar uchun yozilganini tushundingiz deb oʻylayman.
2.2K views12:49
Ochish/sharhlash
2022-06-19 10:40:29 Хайрулло Ҳамидов

Шеърий лаҳзалар

Жамшидбек Тўймуродов
Каналга кириш

@sherla
2.3K viewsedited  07:40
Ochish/sharhlash
2022-06-13 09:52:17 Onamni jonini og'ritma Robbim

Kaftimga to'kildi durdek duolar
Iltijoga to'lgan yeru samolar
Kechir o'tgan bo'lsa mendan xatolar
Onamni jonini og'ritma Robbim

Bir umr men uchun duoyi jonda
Uningdek mehribon yo'qdir jahonda
Tunu kun so'rayman yalvorib sendan
Onamni jonini og'ritma Robbim.

Xatto chumoliga bermagan ozor
Osmondan ulug'roq yerdan xokisor
Mening undan bo'lak yana kimim bor
Onamni jonini og'ritma robbim

Onam xasta bo'lsa olam zimiston
Dunyoda yurmakka qolmaydi imkon
Sajdadan boshimni olmayman ishon
Onamni jonini og'ritma robbim

Boshimga ne kelsa o'zingdan ko'rgum
Ming bir sinovingda sabrda turgum
Borsam senga borgum senga yolvorgum
Onamni jonini og'ritma robbim

Bolam deb borini unutgan uldir
Kel uni quvontir kel uni kuldir
Mening shukronamga dunyoni to'ldir
Onamni jonini og'ritma robbim

Farzandlar nomidan onajonlari
mizga yaqinlarga ulashamiz

Ma'ruf Mo'minov

@sherla
2.9K views06:52
Ochish/sharhlash
2022-06-09 09:27:23 Siz uzoq kutgan yangi she'r...

Haqsan...

Haqsan, meni mendek sevib bo'lmaydi,
Haqsan, vujudimda tosh qotgan yurak.
Haqsan, meni mendek sevishing uchun,
Men kabi bag'ritosh bo'lishing kerak.

Haqsan, ko'zlarimda qovjiragan mung,
Og'riqli sevgining ko'zyoshlari bu.
Haqsan, g'azablarim osmon kabi keng,
Mung'aygan g'aribning bardoshlari bu.

Haqsan, hijronlarga sovurilganman,
Qismatim g'aflatga qorilib ketgan.
Haqsan, ishq o'tida qovurilganman,
Chap ko'ksim paxsadek yorilib ketgan.

Haqsan, kipriklarim ko'zimdan g'amgin,
Ko'zyosh - mezon kabi o'lchaydi dardim.
Haqsan, tuyg'ularim o'zimdan g'amgin,
Qirqqa ham kirmasdan toldek qaridim.

Haqsan, oshiqlikdan qo'rqaman yomon,
Ruhim hadiksirar kuyib qolishdan.
Haqsan, mening qalbim emasdir omon,
Balki charchaganman sevib qolishdan.

Haqsan, ojizlikda tengim yo'q mening,
Ishq taraf tashlagan qadamlarim oz.
Haqsan, muhabbatda ongim yo'q mening,
Aql bilan sevish g'animlarga xos.

Haqsan, yuraksizga qiyos et meni,
Yuraksizga yurak berib bo'lmaydi.
Haqman, achinmasdan tashlab ket meni,
Tushun, meni mendek sevib bo'lmaydi.

Haqsan...

Solih Sulton / 07.06.2022

@sherla
2.5K views06:27
Ochish/sharhlash
2022-06-07 13:00:07 Munavvar hayot

Ma'ruf Mo'minov
Ma'ruf Mo'minov

@sherla
2.2K viewsedited  10:00
Ochish/sharhlash
2022-06-04 09:09:41 Хайрулло Ҳамидов

Шеърий лаҳзалар

Жамшидбек Тўймуродов
Каналга кириш

@sherla
2.4K viewsedited  06:09
Ochish/sharhlash
2022-05-26 13:11:41 Хайрулло Ҳамидов

Шеърий лаҳзалар

Жамшидбек Тўймуродов
Каналга кириш

@sherla
2.8K viewsedited  10:11
Ochish/sharhlash
2022-05-25 09:15:04 Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!..

Ishq silarkan g'animlarning boshini,
To'kar ekan g'ariblarning yoshini.
Tan olaman, yedim ishqning oshini,
Ammo taom boshqa, sharob boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Sevilganning sevgan bilan ishi yo'q,
Nima qilsin, muhabbatga xushi yo'q.
Ishq mevasin chaynay desa tishi yo'q,
Chaynash boshqa, hazm qilish boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Unutmoqni unutgandan o'rganar,
Sevib qolsa yana ko'ngil o'rtanar.
Bilmaganlar, doim aql o'rgatar,
Aql boshqa, yurak degan boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Yo'q, ko'ngilga buyruq berib bo'lmaydi,
Uni zo'rlik bilan olib bo'lmaydi.
Axir... axir... majbur sevib bo'lmaydi,
Zo'rlik boshqa, mudom zorlik boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Sevgan odam sevilganni sud qilar,
Sevgisini rad aylasa dod qilar.
Tag'in zorib, Xudoga faryod qilar,
Gunoh boshqa, savob yo'li boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Sevilgandan hadeb gunoh izlamang,
Unga sevgi hikmatini so'zlamang.
Bechorani sevolmasa qiynamang,
Siz boshqasiz, uning ko'ngli boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Odamzotni sevib ko'ngli to'lmagan,
Yo dunyoga sevgi uchun kelmagan.
Hatto Navoiyni yori bo'lmagan,
Shoir boshqa, oshiq g'arib boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Siz bilmaysiz, yo kimnidir kutar u,
Ko'p kutilgan yorni tushda ko'rar u.
Nasib etsa halolini sevar u!
Halol boshqa, biling, harom boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Kim biladi, haloliga mehrli,
Unga bo'lgan ishqi sabab qahrli.
Xudo atab qo'yganiga sabrli,
Yor boshqadir, umr yo'ldosh boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Har kimga ham munosibin beradir,
Sevgan odam jannatda baxt ko'radir.
Biling, sizni Xudoginam sevadir!...
Rob boshqadir, iblis, shayton boshqadir!
Sevish boshqa, yaxshi ko'rish boshqadir!

Solih Sulton / 24.05.2022

@sherla
3.0K views06:15
Ochish/sharhlash
2022-05-24 09:22:59 ONA QADRI

Onalarimizni borida qadrlaylik

Ma'ruf Mo'minov
Ma'ruf Mo'minov

@sherla
2.3K viewsedited  06:22
Ochish/sharhlash
2022-05-15 14:01:53 Хайрулло Ҳамидов

Шеърий лаҳзалар

Жамшидбек Тўймуродов
Каналга кириш

@sherla
2.8K viewsedited  11:01
Ochish/sharhlash