Get Mystery Box with random crypto!

Zo'r armon (Bir noshudning deganlari) Hamma har narsaga erur | She`rlar Olami !

Zo'r armon
(Bir noshudning deganlari)

Hamma har narsaga erur ishqiboz,
Kimdir marka yig'ar, kimdir it boqar.
Kimlarga qish yaxshi, kimlargadir yoz,
Menga esa faqat qarsaklar yoqar.

Osonmi, dunyoda yashadim qancha!
Qochib, pusib yurdim zamonlar o'tib.
Mana, savlatim bor yoshim ham ancha,
Va lekin o'rtandim qarsakni kutib.

Ajabo, xalq buncha bo'lmasa o'jar,
Bunchalar xasis u oddiy qarsakka.
Nechun boshqalarni shon-u shuhrat quchar,
Bu holdan fig'onim chiqar falakka.

Ey, siz, studentlar, insof bormi hech,
Bunchalar shakkoksiz, bunchalar nodon?!
Siz qarsak chalyapsiz ikmga erta kech,
Men-chi, qolaverdim bir chetda nolon.

Garchand, ba'zi joyda topdim e'tibor,
Ko'ksimda nelardir taratur ziyo.
Dashnom eshitdim-u umrimda ko'p bor,
Qarsak tinglamadim nechundir also.

Dunyoni ishlari chindan notugal,
Siz uning xatosin bir bor tuzating,
Do'stlar, o'lgan chog'im, rahm eting bir gal,
Meni qarsak chalib go'rga uzating.

@sherla