Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.86K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 20

2023-03-21 15:30:51
Termiz davlat universiteti Qozon federal universiteti va Tatariston fanlar akademiyasi professor-tadqiqotchilari bilan hamkorlikda "Geoaxborot texnologiyalari va arxeologiyaga zarar yetkaztirmaydigan metodlar" mavzusidagi amalga oshirgan malaka oshirish kursi o'z nihoyasiga yetdi.

Shuningdek, ushbu kursda ishtirok etgan o'zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi professor-o'qituvchilari sertifikat va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
 
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.7K views12:30
Ochish/sharhlash
2023-03-20 14:15:33
Hurmatli hamkasblar, ishchi-xodimlar va aziz talabalar!

Аввало, Сизларни уйғониш ва янгиланиш, қут-барака элчиси Наврўз айёми билан самимий муборакбод этаман!

Бутун инсоният бой маданий меросининг ажралмас қисми сифатида эътироф этилган Наврўз байрами табиат уйғониши, ҳаёт тантанаси ва баҳорий кўркамликни ифодалайди.
Инсониятга эзгу қадриятлар улашувчи, одамларни дини ва тилига қараб ажратмайдиган, тинчлик ва бирдамликка даъват этувчи ушбу айём юртимизга ҳаётбахш куч, кўп шодликлар ва бахт-саодат ато этсин.

Наврўз оилангизга тинчлик-хотиржамлик, битмас-туганмас куч-қувват ва фаровонлик, қут-барака олиб келсин!

Ҳурмат билан,
Термиз давлат университети ректори
проф. А.Р.Марахимов

Бизни кузатигда давом этинг!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.0K viewsedited  11:15
Ochish/sharhlash
2023-03-19 10:27:29 #haftalik_dayjest_xabarlari

Hafta davomida bo'lib o'tgan xabarlar dayjesti. (13.03.2023 - 18.03.2023)

1. Joriy yilning 13-17-mart kunlari Termiz shahrida “Universiada – 2022” musobaqasining badminton sport  turi bo‘yicha bellashuvga start berildi.

2.Joriy yilning 10-mart kuni Termiz davlat universitetida qizlar va o‘smirlar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha ochiq turnir bo‘lib o‘tdi.

3.Termiz davlar universitetida “REKTOR KUBOGI” doirasida tashkil etilgan tanlovlarning navbatdagisi “TerDU malikasi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

4.Termiz davlat universitetida “Talabalar oyligi”da tashkil etilgan “REKTOR KUBOGI” doirasida “Talantlar shousi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

5.Termiz davlat universitetida Kimyo fakultetida  talabalarning ota-onalar  bilan uchrashuv tashkil etildi.

6.“REKTOR KUBOGI” doirasida shaxmat–shashka musobaqasi bo‘lib o‘tdi

7.Termiz davlat universitetiga O‘zbekiston Respublikasi IIB Axborot texnologiyalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari  tashrif buyurdi

8.Umumxalq bayrami hisoblangan Navro‘z - milliy o‘zligimizning ajralmas qismidir. Ushbu kun azal-azaldan insonlar qalbiga shodu-xurramlik olib kelishi bilan birga, yaratuvchanlik zavqi va shijoatini uyg‘otib, barchani yangi-yangi zafarlarga chorlab kelgan.

9.“Navro‘z” bayrami oldidan yurtimizda umumxalq hashari o‘tkazish an’anaga aylangan.

10.Termiz davlat universitetida yoshlari tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

11.Termiz shahridagi "San'at saroyi" hududida o'tkazilayotgan viloyatning asosiy Navro'z bayrami saylida Termiz davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!
 
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.2K views07:27
Ochish/sharhlash
2023-03-19 08:58:09
Hamma narsani borida qadrlaylik keyin kech bo‘ladi !!!

Bizni kuzatishda davom eting!
 
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.9K views05:58
Ochish/sharhlash
2023-03-19 05:40:06
Joriy yilning 18-mart kuni "Navroʻz" bayrami munosabati bilan Termiz tumani "Otchopar" majmuasida ayollar va erkaklar o'rtasida kurash milliy sport turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

Unda Termiz davlat universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, qizlar o'rtasida:

1-o'rin Qahorova Komila +63kg va Amirova Shoxista +87kg vaznda;
2-o'rin Abduvohidova Xurshida +63kg vaznda;
3-o'rin Odilova Zarnigor +63kg
vaznda egalladi.

O'g'il bolalar o'rtasida esa:

Yo'ldoshev Jamshid +66kg va To'raboyev O'tkir +100kg vaznda 2-o'rinni hamda Yo'ldoshboboyev Jasur va Jo'rayev Abdulaziz +81kg vaznda 3-o'rinni egallashdi.

Chempionlarimizni ushbu yutug‘i bilan, eng avvalo o‘zlarini va oila aʼzolari hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz!

Bizni kuzatishda davom eting!
 
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.4K views02:40
Ochish/sharhlash
2023-03-18 20:26:36
Oʻzbekiston yoshlari — chempion!

O‘zbekiston va Iroq o‘rtasidagi U-20 Osiyo kubogi final uchrashuvida O‘zbekiston 1:0 hisobda g‘alaba qozondi va chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Yurtimiz prezidenti jamoa bilan sovrinni boshi uzra ko‘tardi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.2K views17:26
Ochish/sharhlash
2023-03-18 18:40:07
#TerDU | #navruz_2023

O'lkamizda bahor! Shahar-qishloqlarimiz yashil libosga burkangan. Bu yil Navro'z yurtimizga yangicha shukuh va tantana bilan kirib kelmoqda.

Termiz shahridagi "San'at saroyi" hududida o'tkazilayotgan viloyatning asosiy Navro'z bayrami saylida Termiz davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Universitet uchun ajratilgan hududda milliyligimiz, qadimiy urf-odatlarimizni aks etiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etilgan bo‘lib, ushbu hududga tashrif buyurgan mehmonlarga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.

Navroʻzi olam barchamizga muborak boʻlsin!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.7K views15:40
Ochish/sharhlash
2023-03-18 16:00:35
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi hamda UNICEF xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda “ImkonLab” ijtimoiy tadbirkorlik laboratoriyasi loyihasi doirasida Termiz shahrining 50 ga yaqin yoshlar 4-kun davomida trening dasturida qatnashdi. Ular muammoni aniqlash, kreativ yechim ishlab chiqish va taqdimot qilish usullari kabi mavzularda UNICEFning malakali trenerlaridan bilim olishdi.

Shu munosabat bilan Termiz davlat universitetida yoshlari tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 10 ta jamoa o‘zining taqdimotlari va prototiplari bilan qatnashadi, hakamlar hay’ati UNICEFning yoshlar va innovatsiyalar mutaxassisi Hyeri Hyun, Termiz shahar hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi vakillari tomonidan mazkur loyihalar baholandi.

Bizni kuzatishda davom eting!
 
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.3K views13:00
Ochish/sharhlash
2023-03-17 20:22:02
Termiz davlat universitetida bo'lib o'tgan "Navroʻz" saylidan fotolavhalar

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.7K views17:22
Ochish/sharhlash
2023-03-17 18:46:10
Haqiqiy motivatsiya nimaligini aytaymi?

Uni uzoqlardan qidirmang! Uyingizga boring, oila davrasida ovqatlaning va zimdan otangizni kuzating...

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.4K views15:46
Ochish/sharhlash