Get Mystery Box with random crypto!

Teacher Azam

Telegram kanalining logotibi teacherazam — Teacher Azam T
Telegram kanalining logotibi teacherazam — Teacher Azam
Kanal manzili: @teacherazam
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.99K
Kanalning ta’rifi

TEACHER AZAM (Qahramoniy)
👨🏼‍💻 O'zimizning chat guruhimiz bor, ba'zi-ba'zida men ham yozib turaman
👉t.me/Teacherazamchat

🚩Instagram:
👉instagram.com/teacherazam
☎️ Reklama va taklif uchun:
👉 998 97 831 11 11

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 75

2022-08-27 15:02:01




Nega biz ota-ona bo'lishga tayyor emasmiz?

Do'stlar, Azam Qahramoniy youtube kanalida yangi video.

Yosh turmush qurish va farzandli bo'lish; Har bir o'zbek uchun muhim video. Biz qachon ota-ona bo'lishga tayyor bo'lamiz ?

Kanalga ulanish
@teacherazam
13.5K views12:02
Ochish/sharhlash
2022-08-27 13:01:58 Types Of Phrasal Verbs

Esingizda bo’lsa “phrasal verb” (iboraviy fe’l) nima ekanligi haqida gaplashgan edik. Endi bugun uning qanday turlari borligini ko’rib chiqamiz.

Umumiy qilib aytganda, 2 xil turdagi phrasal verblar mavjud.

Ajratiladigan
Ajratilmaydigan

Ajratib yoziladiganlariga misollar:

put on
call off
carry on

Bunday fe’llarni ikkiga ajratib ishlatsa ham bo’ladi, birgalikda qo’shib ishlatsa ham bo’ladi. Joyiga qarab ishlataveriladide. Agar biz pronoun (olmosh) bilan birgalikda ishlatsak unda phrasal verb ni ikkiga ajratib yozishimiz shart. Ya’ni…

I put on my galosh.
(Men kalshimni kiydim)
I put my galosh on.
(Men kalishimni kiydim)

Bo’lsa farqi yo’q. Lekin agar

“I put THEM on” deyilsa ajratilishi shart! Chunki, pronoun ishlatilmoqda, yuqorida aytib o’tganimizdek.

Ajratilmasdan yoziladigan phrasal verb lar esa judda sodda, uning joyi xuddi oddiy fe’llardek bo’laveradi.

I came across this rap.
(Bu repni tasodifan topib oldim)
Agar 3ta so'zli bo'lsa hechqachon ajratilmaydi.

I can't GET RID OF my habit of believing superstition.
(Irimlarga ishonish odatimdan qutila olmayapman)

Agar hammasi tushunarli bo'lsa, o'zingiz bilgan phrasal verblarni ishlatib hayotiy misollar yozishga harakat qiling. (pastdagi video, izohda "man 1" deb yozadiganlarga qaratilgan)

Kanalga ulanish
@teacherazam
12.8K viewsedited  10:01
Ochish/sharhlash
2022-08-26 15:04:59
Sotuv ochildi

Vanihoyat, online kurslarimga sotuv boshlandi. Tez orada darslarni ham boshlab yuboramiz!

Ro'yxatdan o'tish
https://englify.uz/

Kanalga ulanish
@teacherazam
14.7K views12:04
Ochish/sharhlash
2022-08-25 17:18:54
Eplabo'mayapti-yuu....

Video o'yinlarning ingliz tilini o'rganishda katta foydasi borligini bilarmidingiz?

Unda hoziroq videoni tomosha qiling:





Kanalga ulanish
@teacherazam
19.3K views14:18
Ochish/sharhlash
2022-08-24 12:41:52 Chegarasiz loyihasi bizga shuni ko'rsatadiki...

Sening boshlash nuqtang qayer va qanday bo'lishidan qat'iy nazar, sen o'zing xohlagan narsanga erisha olasan.

Imkoniyati cheklangan insonlarni ham qo'lidan ko'p ishlar kelishini va ular katta yutuqlarga erishganini guvohi bo'lganmiz. Bunday vaziyatlar bizni ruhlantirishi va bizga o'rnak bo'lishi kerak deb hisoblayman.

Xullas, bu loyiha mana shunday yaxshi ishga qo'l urdi. KEYS bo'lsa bu loyiha kim tomonidan tashkil qilingani, shuningdek uni ortida kimlar turganini yoritib bergan.

Videoni ko'rish

Kanalga ulanish
@teacherazam
17.1K viewsedited  09:41
Ochish/sharhlash
2022-08-22 10:02:57

19.3K views07:02
Ochish/sharhlash
2022-08-21 18:55:10
16.7K views15:55
Ochish/sharhlash
2022-08-21 18:55:10 Bugun music recommendation bo'ladi va Kate Bush fenomeni haqida gaplashamiz. 80-yillarda mashxurlikka erishgan, o'zgacha obrazi, tashqi ko'rinishi, plastikasi va kliplarda o'zini tutishi bilan ajralib turgan shaxs. Kate Bush ni o'zim uchun kashf qilganimda boshida mazza qilib eshitib yurardim. Lekin negadur ma'lum bir vaqtga kelib u inson yoddan ko'tarilgandek tuyilgandi.

Ammo, bir kuni uning ijodida yangi nafas ochilganday bo'ldi. Uning "Running up that hill" qo'shig'i birdaniga mashxurlikka erishdi. Buning sababi esa "Strangers thing" serialining epizodlaridan birini oxirida shu qo'shiqning qo'yilishidir. Keyin esa hammasi boshlanib ketdi, tiktokdagi trendlarda, shuningdek boshqa turli xil platformalarda shu qo'shiq aylanishni boshlanadi. Hattoki, Amerikaning xit-poradlarida ham bu 80-yillarda chiqqan qo'shiq yana qayta to'pga chiqishni boshladi.

Bu qo'shiq yangi chiqqan paytda 30-o'rinni olgan bo'lsa, yaqindagi xit-paratda 3-o'ringa chiqib ketdi.

Endi e'tiboringizga Kate Bush tomonidan kuylangan va men uchun sevimli bo'lgan qo'shiqlarni taqdim etaman .

Eshitib ko'rgach fikringizni yozib qoldiring, sizga yoqdimi?

Bu post

https://t.me/NetflixSubstore

hamkorligida tayyorlandi.

Substore orqali Netflix, Spotify hamda boshqa foydali va qiziqarli ilovalarga obunani arzonroq sotib olishingiz mumkin

Kanalga ulanish
@teacherazam
15.8K views15:55
Ochish/sharhlash