Get Mystery Box with random crypto!

Types Of Phrasal Verbs Esingizda bo’lsa “phrasal verb” (ibora | Teacher Azam

Types Of Phrasal Verbs

Esingizda bo’lsa “phrasal verb” (iboraviy fe’l) nima ekanligi haqida gaplashgan edik. Endi bugun uning qanday turlari borligini ko’rib chiqamiz.

Umumiy qilib aytganda, 2 xil turdagi phrasal verblar mavjud.

Ajratiladigan
Ajratilmaydigan

Ajratib yoziladiganlariga misollar:

put on
call off
carry on

Bunday fe’llarni ikkiga ajratib ishlatsa ham bo’ladi, birgalikda qo’shib ishlatsa ham bo’ladi. Joyiga qarab ishlataveriladide. Agar biz pronoun (olmosh) bilan birgalikda ishlatsak unda phrasal verb ni ikkiga ajratib yozishimiz shart. Ya’ni…

I put on my galosh.
(Men kalshimni kiydim)
I put my galosh on.
(Men kalishimni kiydim)

Bo’lsa farqi yo’q. Lekin agar

“I put THEM on” deyilsa ajratilishi shart! Chunki, pronoun ishlatilmoqda, yuqorida aytib o’tganimizdek.

Ajratilmasdan yoziladigan phrasal verb lar esa judda sodda, uning joyi xuddi oddiy fe’llardek bo’laveradi.

I came across this rap.
(Bu repni tasodifan topib oldim)
Agar 3ta so'zli bo'lsa hechqachon ajratilmaydi.

I can't GET RID OF my habit of believing superstition.
(Irimlarga ishonish odatimdan qutila olmayapman)

Agar hammasi tushunarli bo'lsa, o'zingiz bilgan phrasal verblarni ishlatib hayotiy misollar yozishga harakat qiling. (pastdagi video, izohda "man 1" deb yozadiganlarga qaratilgan)

Kanalga ulanish
@teacherazam