Get Mystery Box with random crypto!

Stereotiplar - shaxs yoki butun boshli millat haqida juda ham | Teacher Azam

Stereotiplar - shaxs yoki butun boshli millat haqida juda ham soddalashtirib hamda umumiylashtirib yuborilgan xato fikr.

Misol uchun: "Hamma ruslar ichadi", "Hamma o'zbeklar osh pishira oladi" deb o'ylashlar ham stereotipning yorqin misoli.

Stereotiplar negativ yoki pozitiv bo'ladi. Lekin ularning har qaysisi zararli. Chunki bu shaxslarning qobiliyatlari va o'ziga xos xarakateriga umumiy baho berish degani.

Bunday fikrlaydiganlarni yumshoq qilib "sodda ekan-da" deb qo'yishadi. "Barcha yigitlar aldoqchi" yoki "Barcha qizlar boylikka uchadi" deyishlar ham umumiylashtirishning oqibati.

Hammada ham qaysidir vaqtda bunday holat bo'lishi mumkin, muhimi uni vaqtida to'g'irlash. Sizda-chi, sizda qanaqasi bo'lgan?

Kanalga ulanish
@teacherazam