2024-06-11 12:55:52
Persepolis - 2007 ‧ Drama/Animation Eron voqealariga bag'ishlangan biografik film. Zamonaviy Eron va revolyutsiyadan keyingi davlat aniq tasvirlangan, biroq filmni tugallangan deya hisoblamayman. Qanaqadir oxiri berilmagan, na yaxshilik, na yomonlik bilan tugagan asarga o'xshab qolgan.
Persepolis - avtobiografik, grafik roman Eron inqilobidagi murakkab tarixiy voqea aks ettirilgan. Marjane Satrapi 1970-1980 yillarda Tehronda kechgan umrlarini yoritadi. U tengi bolalar bolaligini surib, bekinmachoq, quvlashmachoq o’ynab ulg’ayotgan bir vaqtda, Eronlik bolalar qamoqxona qiynoqlari o’yinlarini o’ynashadi, namoyishlarga chiqishadi, siyosiy kitoblar o’qishadi.
Grafik romanidan olinadigan hayajon, nafrat yoki hazm qilolmaslikni animatsiyasidan topish biroz mushkul. Ilustratsiya va matnlar satirik janrda ishlangan bo’lsa-da, kulishga va yig’lashga ikkilantiradi. Ikkinchi qismi esa Satrapini ulg’aygani haqida.
Tavsiya qilaman! Toping o’qing, animatsiyasini ko’ring!
Hech Graphic novel’larni o’qiganmisiz? Ular qaysilar?
Kanalga ulanish
@teacherazam
13.1K views09:55