Get Mystery Box with random crypto!

YURIDIK KLINIKA

Telegram kanalining logotibi tdyu_yuridik_klinikasi — YURIDIK KLINIKA Y
Telegram kanalining logotibi tdyu_yuridik_klinikasi — YURIDIK KLINIKA
Kanal manzili: @tdyu_yuridik_klinikasi
Toifalar: Siyosat , Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.03K
Kanalning ta’rifi

👉 Ushbu kanalda TDYU talabalari o'qituvchilar nazorati ostida fuqarolik, soliq, mehnat, ijtimoiy va boshqa sohalar bo'yicha bepul huquqiy maslahat berishadi. Javoblar ma'lumot xarakteriga ega.
👉Rus tilida:
https://t.me/tsul_yuridicheskaya_klinika

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-24 07:10:11
#Mehnat_huquqi

Ish haqini undirish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilganda qancha miqdorda davlat boji undiriladi?

"Davlat boji toʻgʻrisida"gi Qonunning 8-moddasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan shaxslar belgilangan boʻlib, ushbu moddaning 1-bandiga koʻra, ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan sudga murojaat qilgan shaxslar davlat bojidan ozod qilinadi.

Demak, ish haqini undirish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilganda davlat boji undirilmaydi.

Asos: "Davlat boji toʻgʻrisida"gi Qonun

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
1.4K views04:10
Ochish/sharhlash
2022-06-23 08:02:26
#Oila_huquqi

Bolaning qoʻshimcha harajatlari uchun ham taʼminot olish mumkinmi?

Javob: Ha, mumkin.

Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart.
Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi. Shuningdek, ota-ona favqulodda holatlar bolaning og‘ir shikastlanishi, kasal bo‘lishi va boshqalar tufayli kelib chiqqan, bolaning ta’minoti uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishi shart.

Qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishdan bosh tortgan ota (ona)dan sud ularning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, qo‘shimcha xarajatlarni qisman pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

Asos: O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
1.5K views05:02
Ochish/sharhlash
2022-06-22 15:18:16
#Bilasizmi

Sotuvchi tavsiya qilgan xizmatlar faqat xaridorning roziligi bilan ko'rsatilishi mumkin

Tovarlar sotilishi munosabati bilan sotuvchi tomonidan tavsiya qilinadigan xizmatlar faqat xaridorning roziligi bilan ko‘rsatilishi mumkin.

Xaridor tovarni sotishda tavsiya etiladigan xizmatlarni rad etishga, shuningdek uning roziligisiz ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan summani qaytarib berishni sotuvchidan talab qilishga haqlidir.

Sotuvchi ayrim tovarlar boshqa tovarlar sotib olinishi yoki ular sotilishi munosabati bilan xizmatlar ko‘rsatilishi sharti bilan sotilishini shart qilib qo‘yishga haqli emas.

Asos: Chakana savdo qoidalari

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
1.4K views12:18
Ochish/sharhlash
2022-05-21 12:42:40
#Bilasizmi

Nikohga monelik qiluvchi holatlar

Javob:

Nikoh tuzishga:
• loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;
• nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;
• loaqal bittasi ruhiyat buzilishi sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.

Asos: Oila kodeksi.

Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
2.9K views09:42
Ochish/sharhlash
2022-05-19 10:00:00
#Bilasizmi

Mualliflik huquqi obyektlariga nimalar kiradi?

Javob:

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.
Mualliflik huquqi quyidagi biron-bir obyektiv shaklda bo‘lgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi:
- yozma (qo‘lyozma, mashinkalangan yozuv, notali - yozuv);
- og‘zaki (omma oldida so‘zlash, omma oldida ijro etish);
- ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik);
- tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr);
hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot);
boshqa shakllardagi.
Mualliflik huquqi g‘oyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi.

Asos: Fuqarolik kodeksi.

Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
3.8K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-05-05 16:04:02
Ish haqini o'z vaqtida to'lab bermaganlik uchun javobgarlik bormi?

Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
3.0K views13:04
Ochish/sharhlash
2022-05-04 16:04:02
Qanday oila kam ta'minlangan oila deb hisoblanadi?

Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
2.9K views13:04
Ochish/sharhlash
2022-05-03 16:06:02
Kredit olish uchun qanday tartibda murojaat qilish kerak?

Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
2.4K views13:06
Ochish/sharhlash
2022-05-02 16:16:01
Dekretdagi xodimni ishdan bo'shatib yuborish mumkinmi?

Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
2.3K views13:16
Ochish/sharhlash
2022-05-02 10:54:36
Assalomu alaykum
Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi jamoasi sizni Ramazon hayiti bilan tabriklaydi.

Ramazon hayiti muborak boʻlsin!
Oilangizda tinchlik, xotirjamlik, dasturxoningizga fayz va baraka, umringizga mazmun tilayman.

Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
2.0K views07:54
Ochish/sharhlash