Get Mystery Box with random crypto!

YURIDIK KLINIKA

Telegram kanalining logotibi tdyu_yuridik_klinikasi — YURIDIK KLINIKA Y
Telegram kanalining logotibi tdyu_yuridik_klinikasi — YURIDIK KLINIKA
Kanal manzili: @tdyu_yuridik_klinikasi
Toifalar: Siyosat , Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.03K
Kanalning ta’rifi

👉 Ushbu kanalda TDYU talabalari o'qituvchilar nazorati ostida fuqarolik, soliq, mehnat, ijtimoiy va boshqa sohalar bo'yicha bepul huquqiy maslahat berishadi. Javoblar ma'lumot xarakteriga ega.
👉Rus tilida:
https://t.me/tsul_yuridicheskaya_klinika

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-12-08 07:11:03 XODIMNING ROZILIGISIZ ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLASH MUMKINMI?

JAVOB:

Yo'q, mumkin emas.

Shartnomaga muvofiq xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan vaqtidan tashqari ishlash hisoblanadi. Mehnat kodeksi 115-moddasiga binoan, olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan oshmasligi lozim. Bu vaqtdan tashqari bo'ladigan ish xodimning roziligi asosida amalga oshiriladi. Lekin bunda ham ma'lum bir toifa shaxslar uchun cheklovlar mavjud.

Demak, ish vaqtidan tashqari ishlash uchun xodimning roziligi talab etiladi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 124-moddasi
1.3K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-12-06 20:33:24 Здравствуйте, уважаемые граждане!

Мы с радостью сообщаем Вам о создании нового канала Юридической клиники Ташкентского государственного юридического университета.

Теперь бесплатная юридическая консультация доступна и на русском языке.

Помимо этого, на нашем канале регулярно будут публиковаться:

новости в сфере гражданского, семейного, трудового, уголовного, жилищного, налогового и другого законодательства
#НовоеВзаконе;
ответы на интересующие вопросы
#ВопросОтвет
видеоролики с ответами на часто задаваемые вопросы
#ВидеоКлиника;
рубрика
#ЗнаетеЛиВы?
рубрика
#Интервью
и новые проекты в будущем.

Кроме того, вы можете обращаться нам и задать свои вопросы в любой момент через Телеграм-бот @probonouz_bot

Присоединяйтесь к нам
1.3K views17:33
Ochish/sharhlash
2021-12-06 11:57:01
Istemolchilarning asosiy huquqlari

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
1.3K viewsedited  08:57
Ochish/sharhlash
2021-12-06 07:11:03 MEHNAT SHARTNOMASI QANDAY HOLLARDA BEKOR QILINADI?

JAVOB:

Mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga ko'ra bekor qilinishi mumkin:

- taraflarning o'zaro kelishuviga ko'ra;
- taraflardan birining tashabbusi bilan;
- muddatning tugashi bilan;
- taraflarning ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra;
- mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda;
- yangi muddatga tanlov bo'yicha o'tmaganligi yoxud tanlovda qatnashishni rad etganligi munosabati bilan.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97-moddasi
1.7K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-12-05 11:57:01
Ishga qabul qilish yoshi

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
1.5K viewsedited  08:57
Ochish/sharhlash
2021-12-05 07:10:09 ISHGA QABUL QILISH UCHUB QANDAY HUJJATLAR TALAB QILINADI?

JAVOB:

Mehnat kodeksi ko'rsatilgan holda ishga qabul qilinayotgan shaxsdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

- pasport (yoki uning o'rnini bosadigan boshqa hujjatni, o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslar esa tug'ilganlik to''risidagi guvohnoma);

- mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno);

- o'rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o'rniga asosiy ish joyidan ma'lumotnoma;

- harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy bilet yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;

- qonunchilikka muvofiq maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo'lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurtini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma yoki boshqa tegishli hujjat.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 80-moddasi
1.8K views04:10
Ochish/sharhlash
2021-12-04 11:57:01
Ish vaqti tushunchasi

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
1.4K viewsedited  08:57
Ochish/sharhlash
2021-12-03 11:57:01
Nikoh shartnomasi mazmuni

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
1.6K viewsedited  08:57
Ochish/sharhlash
2021-12-03 07:10:13 18 YOSHGA TO'LMAGAN SHAXSLARNI ISHGA QABUL QILISH MUMKINMI?

JAVOB:

Ha, qabul qilish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 77-moddasiga binoan, ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo'l qo'yiladi. Shuningdek, 18 yoshga to'lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqda bo'ladilar, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta'tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida ular uchun mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qo'shimcha imtiyozlardan foydalanishi ham tegishli ravishda belgilab berilgan.

Demak, 18 yoshga to'lmagan shaxslar o'zlarining mehnat huquqlaridan foydalanishlari mumkin.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 240-moddasi
1.8K views04:10
Ochish/sharhlash
2021-12-02 17:53:48
#Bilasizmi

Shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun penyadan tashqari zararni ham undirish mumkinmi?

Neustoyka ya'ni jarima, penya to‘laganligidan qat’i nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida o‘zi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.

Muddatini o‘tkazib yuborish yoki shartnoma majburiyatlarini o‘zgacha tarzda lozim darajada bajarmaslik hollari uchun belgilangan neustoykani - jarimani, penyani to‘lash hamda shartnoma majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, taraflarni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi, qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Asos: "Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida"gi Qonunning 34-moddasi

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
1.8K views14:53
Ochish/sharhlash