Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Mualliflik huquqi obyektlariga nimalar kiradi? | YURIDIK KLINIKA

#Bilasizmi

Mualliflik huquqi obyektlariga nimalar kiradi?

Javob:

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.
Mualliflik huquqi quyidagi biron-bir obyektiv shaklda bo‘lgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi:
- yozma (qo‘lyozma, mashinkalangan yozuv, notali - yozuv);
- og‘zaki (omma oldida so‘zlash, omma oldida ijro etish);
- ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik);
- tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr);
hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot);
boshqa shakllardagi.
Mualliflik huquqi g‘oyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi.

Asos: Fuqarolik kodeksi.

Murojaat uchun:
@TDYU_Yuridik_klinika_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok