Get Mystery Box with random crypto!

#Mehnat_huquqi Ish haqini undirish toʻgʻrisida sudga ariza b | YURIDIK KLINIKA

#Mehnat_huquqi

Ish haqini undirish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilganda qancha miqdorda davlat boji undiriladi?

"Davlat boji toʻgʻrisida"gi Qonunning 8-moddasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan shaxslar belgilangan boʻlib, ushbu moddaning 1-bandiga koʻra, ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’volar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan sudga murojaat qilgan shaxslar davlat bojidan ozod qilinadi.

Demak, ish haqini undirish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilganda davlat boji undirilmaydi.

Asos: "Davlat boji toʻgʻrisida"gi Qonun

Murojaat uchun:
@Probonouz_bot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok