Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM O
Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM
Kanal manzili: @talimz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.44K
Kanalning ta’rifi

✅ OLIY TAʼLIM
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 19

2023-06-08 12:53:02 Nogironligi bor abituriyent qanday imtiyozlarga ega?

Bu yilgi qabuldan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan barcha ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘lishi lozim.

Nogironligi bor abituriyentlar kirish imtihonida qatnashish uchun to‘lanadigan 165 ming so‘mlik to‘lovdan ozod.

I va II guruh nogironligi bor fuqarolarga umumiy qabul kvotasining 2 foizi miqdorida grant o‘rni ajratiladi. Bu 2 foizlik kvota yo‘nalishlar doirasida taqsimlanadi. Imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent maksimal ballning kamida 30 foizini (56,7 ball) to‘plashi kerak.

Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi.

Nogironligi bor fuqarolarga 2023/2024-o‘quv yilidan “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti beriladi.

OTMlarda o‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratilishi kerak.

https://t.me/Talimz
15.5K views09:53
Ochish/sharhlash
2023-06-08 03:37:02
Rasman: Ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma amal qilish muddati – 1 yil!

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun o‘qishga kirish imkonini beradigan 2000 talik kvota uchun tavsiyanomalar 1 yil muddatda amal qiladi. Tegishli qarorda bu aniq belgilangan. O‘tgan yili tavsiyanoma olganlarniki bu yil o‘tmaydi, yana qaytadan ariza topshirish kerak bo‘ladi.

Ko‘pchilik bu tavsiyanoma muddati 3 yil deb o‘ylashmoqda, lekin ular 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma bilan muddatni chalkashtirib yuborishyapti.

Ehtiyojmand oila xotin-qizlariga beriladigan tavsiyanoma amal qilish muddati – 1 yil;
5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma muddati – 3 yil.

Ehtiyojmand oila xotin-qizlari uchun tavsiyanomaga ariza topshirish uchun muddat 2 kundan keyin, 8-iyunda tugaydi. Agar o‘tgan yilgi tavsiyanomangizga ishonib yurgan bo‘lsangiz, tezroq xotin-qizlar.uz sayti orqali elektron shaklda qaytadan ariza topshiring.

https://t.me/Talimz
19.5K views00:37
Ochish/sharhlash
2023-06-08 02:58:07
Nima uchun tongda ertaroq uyg‘onish kerak?

Har kuni bir vaqtda erta uyg‘onish tananing yorug‘likka reaksiyasini bir xillashtiradi: uyg‘onish ham, uxlash ham oson bo‘ladi.

Erta tongda turishga odatlangan odamning samaradorligi ham yuqori bo‘ladi. Sababi tongda uyg‘oqlikni ta’minlovchi kortizol gormoni pikka yetadi va odam o‘zini tetik his qiladi. Kun peshinga og‘gani sayin bu gormon darajasi ham tushib boradi.

Erta uyg‘onish insonning surunkali kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi. Tadqiqotlar sahar uyg‘onadigan kishilar kunning shu qismida ko‘proq faol bo‘lishlarini, bu esa turli surunkali kasalliklarga chalinishga moyillikni pasaytirishini aniqlagan.

Inson erta uyg‘onsa va buni odatga aylantirsa, ruhiy salomatligi ham joyida bo‘ladi. Depressiya, tushkunlikka tushish xavfi kamayadi. Sababi depressiyani davolashning ko'plab usullaridan biri bu tabiiy yorug'lik va qorong'u davrlarga mos keladigan uyqu rejimini o'rnatishdir

Siz esa haliyam uxlayapsizmi? Axir bu foydali postni o‘qish uchun ham tezroq uyg‘onish kerak.

https://t.me/Talimz
12.4K views23:58
Ochish/sharhlash
2023-06-07 07:33:25
Мактаб Ремонтига пул сўрашса бермаса нима бўлади?

https://t.me/Talimz
12.8K views04:33
Ochish/sharhlash
2023-06-06 18:34:08 Maktab bahosi OTMga kirish imtihonlarida hisobga olish nima bo‘ldi?

Tegishli qarorga ko‘ra, shu yilgi qabuldan boshlab bitiruvchilar baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida hisobga olinishi kerak.

Bunda bitiruvchiga minimal 3, maksimal 5 ballgacha berilishi kerak. Lekin baholarni hisobga olish boshlanadimi yoki yo‘qmi shu paytgacha biror aniq gap yo‘q. Qabul boshlanishiga esa atigi 14 kun qoldi.

May oyi oxirida o‘tkazilgan ovozli chatda Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi baholarni hisobga olish haqidagi qaror qayta ko‘rib chiqilayotganini, "yaqin orada" to‘liq ma’lumot berilishini aytgandi. Lekin 20 kun o‘tdi hamki, o‘sha "yaqin ora" kelmadi.

Aytgancha, bu yilgi maksimal ball 189 ball etib belgilangan, baholash mezonlarida ham maktabda olingan baholarni hisobga olish haqida biror gap yo‘q.

https://t.me/Talimz
15.9K views15:34
Ochish/sharhlash
2023-06-05 09:29:41
Kuzgi semesterda Janubiy Koreyada óqishni xoxlaysizmi?

B-WAY EDU jamoasi bunda sizga yordam bera oladi.

Qabul shartlari: TOPIK yoki IELTS daraja mavjud bólishi.

Topik 2-daraja bilan til kursiga 3-daraja bilan bakalavrga, IELTS 5,5daraja bilan bakalavr va magistratura yónalishlariga qabul qilinadi.

Afzalliklari:
1) Yevropaga nisbatan kontrakt puli arzonligi.
2) Ish xaqi Yevropaga nisbatan yuqoriligi.
3) Viza olish ehtimoli yuqoriligi.


Aloqa uchun:+998942127007 @vizakoreya

@koreyagaviza
14.6K views06:29
Ochish/sharhlash
2023-06-04 13:10:36
#Qabul2023 #Abituriyent2023

2023-2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qachon va qanday topshiriladi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun qabul 10-iyulda yakunlanadi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun abituriyentlardan faqatgina 2 ta hujjat talab etiladi:

biometrik pasport yoki ID-karta;
umumiy o‘rta ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjat.

https://t.me/Talimz
15.4K views10:10
Ochish/sharhlash
2023-06-03 18:31:30 AJOYIB YANGILIK

Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 talaba Prezident grantini oladi.

Imtihonlarda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo‘lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko‘rilsa, grant asosida o'qiydi!

Prezident granti stipendiyasi talabaga 1-kursdan oyma-oy to‘lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini «a’lo» bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni «a’lo» bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil.

O‘qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

https://t.me/Talimz
18.1K views15:31
Ochish/sharhlash
2023-06-03 02:30:35
ХАЙРЛИ ТОНГ!

Ассалому алайкум! Шанба тонги муборак бўлсин
!

Бугунги бошланаётган янги кунингиз файзли ва барокатли бўлсин! Сиз ва яқинларингизни яхши кайфият асло тарк этмасин!


https://t.me/Talimz
16.2K views23:30
Ochish/sharhlash
2023-06-02 17:01:37 Rasman: Xotin-qizlarga 2000 ta grant uchun tavsiyanoma berish boshlandi

Arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar xotin-qizlar.uz sayti orqali elektron shaklda qabul qilinadi;

10-iyunga qadar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi;

Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra, rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.

Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

Talabalarga jo'natib qo'yamiz


https://t.me/Talimz
13.7K viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash