Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM O
Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM
Kanal manzili: @talimz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.44K
Kanalning ta’rifi

✅ OLIY TAʼLIM
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 20

2023-06-02 13:25:44Rasman: test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko‘ra 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlarini o‘tkazish uchun 92 ta bino tanlab olingan bo‘lib, bir smenada 44 ming nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu binolar Bilimni baholash agentligi tomonidan mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tanlab olingan.

Mazkur bayonda Agentlikka mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilgan bo‘lib, binolar ro‘yxatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.


https://t.me/Talimz
11.9K views10:25
Ochish/sharhlash
2023-06-01 22:32:32
Ёз фаслининг биринчи Жумаси муборак бўлсин.

Қутлуғ Жума айёми барчамизга муборак бўлсин.



https://t.me/Talimz
9.9K views19:32
Ochish/sharhlash
2023-06-01 14:50:53 ​​​#maslahat #IELTS

IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorlanish kerak?

Hammasini qisqa qilamiz, IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorgarlik kerak, xorijiy tilda ravon gaplashish uchun nima qilish kerak? Birinchi IELTS masalasi.

Tasavvur qiling, mashina boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasiga o‘qidingiz, lekin amaliyot kam bo‘ldi. Rulga o‘tirganda baribir qo‘rqasiz. Mashina hayday olmaysiz. Chunki siz faqat qoida va nazariyani o‘qidingiz. IELTS sertifikati uchun o‘qish ham haydovchilik guvohnomasiga o‘qishdek gap, ingliz tilini zo‘r bilmay turib, test yechishni o‘rganish samara bermaydi. Aksincha, mashina haydashni zo‘r bo‘lib, qoidani bilmasangiz, masalan parking masalalari boshni og‘ritadi. Buning uchun instruktor yordamida parking qilish sirlarini bilib olish kerak. IELTS'da ham tilni zo‘r bilsangizda, test yechish yo‘llarini bilmasangiz, kutilgan natijaga erishmaysiz.

Hulosa: avval tilni chuqur o‘rganing, IELTS testiga tayyorlanish qirq kunlik ish bo‘ladi, holos.

Ikkinchi masala: Xorijiy tilda ravon gapirish uchun nima qilish kerak? Ingliz tilini o‘rgatgan ustozimning aytishicha, xorijiy tilda 1200ta so‘zni bilgan odam fikrini o‘sha tilda yetkaza oladi. Rasmiy va adabiy til qoidalari bo‘yicha gapirishni istagan odam 3 mingga yaqin so‘z, o‘sha tilda ilmiy ish bilan shug‘ullanib, akademik maqolalarni o‘qimoqchi bo‘lgan odam 5 mingta so‘zni bilishi kerak. Aslida kuniga 10tadan so‘z yod olib, mustahkamlab borsangiz, uch oyda tilni o‘raganasiz.

Tilning asosi bu grammatika. Til qoidalari grammatikada, uni his eta olish uchun qunt bilan grammatikaga vaqt sarflang. U qo‘rqinchli emas. Xorijiy til grammatikasini oson o‘zlashtirish uchun siz yaxshi bilgan, katta ehtimol bilan o‘zbek tili grammatikasiga solishtirib borish kerak. Shuning uchun, ingliz tili o‘qituvchingiz o‘zbek tilini ham yaxshi bilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. O‘zingiz ham ot, sifat, olmosh yo to‘ldiruvchi, aniqlovchi nima ekaniga qiziqing. Bu zerikarli ishdan qiziqarli olamga aylanadi.

Til o‘rganishning muhim shartlaridan biri muntazam va bir tempda harakatlanish. Ortiqcha yuklama olmang, dars va mashqlarni qoldirmang.

Alisher Ro'zioxunov

IELTS sertifikat olmoqchi bo'lganlarga yuboring!

https://t.me/Talimz
13.6K views11:50
Ochish/sharhlash
2023-06-01 02:38:01
Ассалому Алайкум! Пайшанба тонги муборак бўлсин

Қалбингиз иймонга
Уйингиз қувончга
Юзингиз нурга
Кунингиз хайрли ва солиҳ амалларга тўла бўлсин.

Янги кунни ҳадя қилган Аллоҳга ҳамдлар бўлсин!

Янги тонг билан дўстларингизни табрикланг

https://t.me/Talimz
12.6K views23:38
Ochish/sharhlash
2023-06-01 00:19:02
Июнь ойида туғилганлар ажойиб инсонлар экан

Июнда туғилганларга юборамиз!

https://t.me/Talimz
10.6K views21:19
Ochish/sharhlash
2023-05-31 23:59:24
#БАЙРАМИНГИЗ_МУБОРАК
Бугун, 1-июнь – Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни.

Байрамингиз муборак ҳаётимиз мазмунлари, кўзларимиз қувончи азиз болажонлар. Бугун совғалар олиб, болаларни хурсанд қилиш эсдан чиқмасин.

https://t.me/Talimz
9.6K views20:59
Ochish/sharhlash
2023-05-20 11:39:44 Yakuniydan oʻtolmagan bitiruvchi maktabda qayta oʻqiydi

Maktab bitiruvchilari uchun umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan oʻtish majburiydir. Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʻnikmalariga qoʻyilgan talablarning bajarilishi boʻyicha yakuniy attestatsiya yozma, ogʻzaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi oʻquv dasturi asosida oʻquv yilining yakuni boʻyicha oʻtkaziladi.

Taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yoki bitta oʻquv fanidan qoniqarsiz baholangan bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladilar.

Xalq taʼlimi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan «Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida»gi nizomnga koʻra, bir yoki ikki fandan oʻtkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta oʻtgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtish huquqi beriladi.

Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʻqishga qoldirilishi mumkin.

https://t.me/Talimz
2.9K views08:39
Ochish/sharhlash
2023-05-19 00:59:07
ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!

Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин.
Бу кунда барча дуо қилувчиларнинг дуолари ижобат бўлсин. Қалбларимизни ўзининг муҳаббати билан шод айласин!

Яқинларингизни биринчи бўлиб табриклаш эсдан чиқмасин

https://t.me/Talimz
12.0K views21:59
Ochish/sharhlash
2023-05-18 02:43:30
Aссалому алайкум азизлар. Пайшанба тонги муборак бўлсин!

Соғ–саломат уйғотган Роббимизга хамдлар бўлсин.


https://t.me/Talimz
13.6K views23:43
Ochish/sharhlash
2023-05-17 10:48:02Maktabda yoʻqolgan kitoblarni kim toʻlaydi va qancha toʻlash kerak ?

Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalardan foydalanish usulidan qatʼi nazar, ular yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini toʻlashi shart.

Oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda toʻlaydi:

1 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;
2 - 4 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
5 - 11 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning toʻrt baravari miqdorida.

Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular boʻyicha toʻlov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek oʻquvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuygʻusini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlar umumtaʼlim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.


https://t.me/Talimz
16.7K views07:48
Ochish/sharhlash