Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM O
Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM
Kanal manzili: @talimz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31.38K
Kanalning ta’rifi

✅ OLIY TAʼLIM
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2023-08-24 07:02:14
QAROR QABUL QILISH VAQTI KELDI!
IMTIHONLARSIZ O'ZBEKISTONING NUFUZLI UNIVERSITETIDA TALABA BO'LING!

    
 Kirish imtihonida toʻplagan ballingiz Orqali hech qanday imtihonlarsiz talaba boʻling

Har yili imtihondan yiqilish joningizga tegdimi? Xorijdan oʻqishingizni koʻchirib ololmayapsizmi?

Tushkunlikka tushmang! Forward Education yordamga kelar!

Hozirda quyidagi yo'nalishlarga 1,2,3 kurslarga hujjat qabul qilinmoqda:

Kontrakt narxlari Shahar bo'yicha eng arzoni.

Sirtqi yo'nalishi 10 mln so'mdan boshlanadi.
kunduzgi,  kechki va Magstratura  yunalishlar mavjud.

Boshlangʻich taʼlim
Tarix
Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili)
Filologiya va tillarni oʻqitish (ingliz tili)
Filologiya va tillarni oʻqitish (rus tili)
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalari boʻyicha
Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
Logistika(yoʻnalishlar boʻyicha)
IT - Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

Magistratura yo'nalishlari:
Tarix
Iqtisodiyot
Axborot tizimlari

Siz ham hoziroq o‘zingiz qiziqadigan yo‘nalishni tanlab onlayn ariza topshiring va talabalar safiga qo‘shiling!

Bizning kompaniyamiz talabalar uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beradi!

Murojaat qiling:

+998-90-927-80-05
@Forward_GRAND
+998-90-065-24-28
@qabul2024_2023

Forward  education bilan oʻzingizni orzuyingizni tanlang!
20.4K views04:02
Ochish/sharhlash
2023-08-23 17:21:11 TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (№527, 18.08.2021-y.)

Kredit miqdori: talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida (cheklov yo‘q)

Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga

Foizi: yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 14% — 2023-yil 23-avgust holatiga), qizlar uchun - foizsiz (0%);

Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

Kimlarga beriladi:

kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakliga
bakalavr yoki magistrga
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

oliy;
o‘rta maxsus;
professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).

Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
v) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, https://talim-krediti.uz sayti orqali ariza yuborsangiz ham bo'ladi. Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.5K views14:21
Ochish/sharhlash
2023-08-23 09:31:20
Bilasizmi? Ba'zi toifa talabalarning kontrakt pulini davlat to'lab berishi mumkin!

PQ-289‐ sonli Prezident qaroriga binoan, 2023/2024 o'quv yilidan boshlab pedagog kadrlarni tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarining qo'shma ta'lim dasturida ta'lim olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta'lim muassasasida o'qish davri uchun to'lov kontrakt qiymatini Davlat budjeti mablag'lari hisobidan qoplab beriladi.

Pedagok tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari bakalavriati va magistraturasida qo'shma ta'lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta'lim muassasasida o'qish davri uchun to'lov kontrakti qiymatini Davlat budjeti mablag'lari hisobidan qoplab berish quidagi tartibda amalga oshiriladi:

Pedagok kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarining qo'shma ta'lim dasturida to'lov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan va yuqori akademik ko'rsatgichlarga ega bo'lgan talabalari o'rtasida tanlov o'tkaziladi;

Tanlovda g'olib bo'lgan talabalar bilan davlat maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim muassasalarida kamida uch yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi.



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
16.9K views06:31
Ochish/sharhlash
2023-08-23 09:01:28
Mandatda omadingiz kelmadi degani, bu hammasi tugadi degani emas!

Sizda yana bir imkoniyat bor.

Namangan xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.

Universitetda 8 ta yo'nalish bo'yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari mavjud.

Kontrakt ham nodavlat oliygohlar ichida eng arzoni va to'rtga bo'lib to'lash imkoni mavjud.

420 ta Grant o'rniga ega.

DTMdan 60 ball va undan yuqori olgan bo'lsangiz, imtihonsiz talaba bo'lishingiz mumkin.

Shunday ekan imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

NamXU — kelajagingizni professionallarga ishoning!

O’qishga kirish va ko‘chirish uchun hujjat topshirish

78-113-21-22   

Telegram | Instagram | web-sayt | Youtube
17.3K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-08-23 03:33:34
Imtihondan yiqilganlar eshiting!

Bu dunyoning imtixonidan yiqilsangiz yiqiling lekin oxiratda Allohning imtihonidan yiqilmang!



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.1K views00:33
Ochish/sharhlash
2023-08-22 14:45:45 Mandat chiqdi. Super-kontrakt haqida kimga murojaat qilinadi?

Super-kontrakt bo‘yicha o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar qiladigan to‘lov ballarga qarab farqlanadi.

1 ballgacha yetmaganlar bazaviy to‘lov-kontraktining 1,5 barobarini;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar 2,0 barobarini;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar 2,5 barobarini;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar esa 3,0 barobarini to‘laydi.

4,05 ballgacha yetmagan, lekin 56,7 balldan ko‘p to‘plagan abituriyentlar.

Bu toifadagi abituriyentlar uchun super kontrakt miqdorlari bazaviy kontrakt miqdoriga qarab belgilanadi. Bu narx ham yo‘nalishlarga qarab farqlanadi. Masalan, o‘tgan yili eng qimmat narxlardan biri yurisprudensiyada — kontraktning 25 barobari bo‘lgan. Pedagogikada esa 8 barobar qilib belgilangan.

Aytgancha, super-kontrakt miqdorlari hali 2023-o‘quv yili uchun kontrakt pullari aniq bo‘lgach, ma’lum bo‘ladi. Shundan keyin OTMlarga bu bo‘yicha murojaat qilinadi.



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.1K views11:45
Ochish/sharhlash
2023-08-22 09:12:37 Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Yaxshi gap totlidir qanddayin,
El ichra xushxabar yuribdi,
Sir bermay turibsiz qandayin,
Bolangiz oʻqishga kiribdi?!

Eshitdik, koʻp boʻlmang kamtarin,
Nishonni bexato uribdi.
E qoyil!
Tasanno!
Ofarin!
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Kim deydi:
"Oʻzi zoʻr bola-da",
Kim yuzin, kim labin buribdi...
"Olmaning tagiga olma... "-da,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Kim sotgan molingiz sanagan,
Kim deydi:
"Qancha pul beribdi?!"
Qanday zoʻr baxt ota-onaga,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Sannasin miyasi aynigan,
Har kimsa ekkanin oʻribdi.
"Byudjet"mi... "kontrakt"... mayliga,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

El aro yorugʻdir yuzingiz,
Fayzingiz yarashib turibdi.
Davrada yangroqdir soʻzingiz,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Baraka topgaysiz oʻgʻildan,
Xudoyim tashvishdan qoʻribdi.
Qiz boʻlsa, sovchilar yogʻilgay,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

U bugun haqiqiy qahramon,
Mehnatin rohatin koʻribdi.
Nafidan el boʻlgay bahramand,
Bolangiz oʻqishga kiribdi.

Havasda qarindosh, oʻzga ham,
Hasadgoʻy toshini teribdi...
Yuqsin-yuqsin, deymiz bizga ham,
Bolangiz oʻqishga kiribdi.

Siz bugun xoʻb koʻkrak kerasiz,
Ulfatlar koʻp tomoq qiribdi...
Qadrdon, qachon haq berasiz?!
Bolangiz oʻqishga kiribdi!




Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.6K views06:12
Ochish/sharhlash
2023-08-22 06:19:41
#Qabul2023 #Apellatsiya

Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023-yil 24-avgustdan boshlanadi.



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.1K views03:19
Ochish/sharhlash
2023-08-22 05:09:47
Талаба булган барчани табриклаймиз.

Главнийга куйиш учун расмлар.



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.0K views02:09
Ochish/sharhlash
2023-08-21 23:25:51
Taslim bo'lish variant emas!




Bizni kuzating
@Talim24
18.5K viewsedited  20:25
Ochish/sharhlash