Get Mystery Box with random crypto!

OLIY TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM O
Telegram kanalining logotibi talimz — OLIY TAʼLIM
Kanal manzili: @talimz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 29.44K
Kanalning ta’rifi

✅ OLIY TAʼLIM
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi
📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2023-08-21 23:11:47
Talaba bo'lganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak?

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).

Eslatma: Bu hujjatlar Qabul komissiyasi 2022-yilda tasdiqlagan variant. Bu yil ro'yxatda o'zgarish bo'lishi mumkin. Kanalni kuzatib borsangiz, bu haqida xabar beramiz.

Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!

Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling.



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
19.2K views20:11
Ochish/sharhlash
2023-08-21 22:16:24 MANDAT CHIQDI

Abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi usullarda bilishlari mumkin:

my.uzbmb.uz/answer sahifasidan;

https://mandat.uzbmb.uz saytidan;

Quyidagi Telegram botlardan:

@Kirish_Ballari_uzbot

@Imtihon_Ballari_bot

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).




Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.2K views19:16
Ochish/sharhlash
2023-08-21 22:05:19
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2023 #Natija

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@Imtihon_Ballari_bot


@Kirish_Ballari_uzbot


QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.





Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
20.8K viewsedited  19:05
Ochish/sharhlash
2023-08-21 21:11:05 #diqqat #mandat

Agar mandat natijalari bugun chiqadigan bo‘lsa alohida-alohida vaqtda e‘lon qilinishi mumkin

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha mandat natijalari belgilangan muddatda e‘lon qilinganda;

Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

23:59 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;

00:00 dan – Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari;

02:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.

Kanalimizni kuzatib borsangiz, mandat chiqishi bilan birinchilardan bo'lib e’lon qilamiz!

Mandat natijalarini bilish uchun maxsus bot: @Imtihon_Ballari_bot



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
21.2K views18:11
Ochish/sharhlash
2023-08-21 15:31:08
АБИТУРИЕНТЛАРГА

Гўзал ёрдек суйдириб,
Бевафодек куйдириб,
Атайлабдан куттириб,
Мандат чиқмаяпдида.

Излаб боргандим илм,
Ўрганайин деб билим.
Ҳали хануз номаълум,
Мандат чиқмаяпдида.

Балларим ҳам кўп эмас,
Лек умидим йўқ эмас,
Зориқтириб ярамас-
Мандат чиқмаяпдида...

Кўзларимни толдирди,
Роса ишдан қолдирди.
Пичоқ санчмай ўлдирди,
Мандат чиқмаяпдида

АДУдан ел еляпти
Кўнглим аниқ сезяпти.
Қўй сўйворгим келяпти,
Мандат чиқмаяпдида.

Режабали Камолзода




Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
21.4K views12:31
Ochish/sharhlash
2023-08-21 00:14:33 Ухланг аҳли бағдод ором олинг...

Мандат чиқишини кутаётганлар, ухлаверинг кун давомида эълон қилиниши кутилмоқда.

Батафсил

@Imtihon_Ballari_bot

@Kirish_Ballari_uzbot

Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
21.8K views21:14
Ochish/sharhlash
2023-08-20 18:13:10
MANDAT QACHON CHIQADI?

Amaldagi qoidalarga ko'ra mandat bugun chiqishi kerak.

Mandat chiqishi bilan ushbu botga yuklanadi.
Hoziroq kirib ko'rishingiz mumkin
19.7K views15:13
Ochish/sharhlash
2023-08-20 16:06:58 #rasman #mandat

Yaxshi yangilik!

Vazirlikdagi bir insayderning aytishicha, mandat Qabul komissiyasi va Bosh Vazirga jo'natilgan. ( Qabul komissiyasiga nega jo'natilganiga hayronman). Mandatni tasdiqlash kutib turilibdi. Mandat tasdiqlanishi bilan jamoatchilikka e'lon beriladi.

Insayder mandat masalasini unchalik chuqur tushunmasa ham, lekin shu ma'nodagi gapi uchun ham rahmat
.



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
22.6K views13:06
Ochish/sharhlash
2023-08-20 13:32:06
Qizlar o'g'il bolalardan bilimliroq!

Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida statistikaning turli shakllari taqdim etilmoqda.

Jumladan, test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar jinsi bo'yicha taqsimlanganda o'rtacha ballar yuqoriligi bo'yicha barcha viloyatlar kesimida qizlarning ulushi yakka peshqadam ekanligini ko'rishimiz mumkin.

To'g'ri, maksimal ball to'plash bo'yicha qizlar o'g'il bolalar bilan bellasha olishmaydi. Lekin o'rtacha qiymat bo'yicha ular oldinda!


Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »
22.4K views10:32
Ochish/sharhlash
2023-08-20 05:25:46
MANDAT QACHON CHIQADI?

Amaldagi qoidalarga ko'ra mandat bugun chiqishi kerak.

Mandat chiqishi bilan ushbu botga yuklanadi.
Hoziroq kirib ko'rishingiz mumkin
23.4K views02:25
Ochish/sharhlash