Get Mystery Box with random crypto!

Ta'limga oid (Perevod)

Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod) T
Telegram kanalining logotibi talimgaoid_perevod — Ta'limga oid (Perevod)
Kanal manzili: @talimgaoid_perevod
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15.26K
Kanalning ta’rifi

O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegram kanali
Bog'lanish:
@TalimgaoidBot
Tijoriy hamkorlik:
@UnitedAgency

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 51

2022-09-29 10:21:18 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti: mustaqil ish yozishdan zerikkan talabalardan murojaat

"Assalomu aleykum TDIU (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tf da bir mavzu bo'yicha 20ta yoki undan ortiq mustaqil ish yuklanibdi bu mustaqil ishlar TDIU ni o'zida yoki boshqa universitetlarda yo'q ekan nimaga bizni fakultetda boshqacha men bitta o'ziminimas boshqa talabalar nomidan ham yozyapman o'quv ishlari bo'yicha domlaga murojat qildik lekin ko'paytirsak ko'paytiramiz lekin ozaytirmaymiz deb vaziyatni kelib o'rganishingiz mumkin. Kunimiz mustaqil ish yozish tayyorlash bilan o'tmoqda Prizidentimiz Shavkat Mirziyoyev darsdan keyin bandlikni tayyorlash bilan aytgan farmonlari biz mustaqil ish yozish bilan o'tmoqda biz oilamizga moliyaviy tomonlama yordam bera olmayapmiz"

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
3.5K views07:21
Ochish/sharhlash
2022-09-28 23:10:03 O'zbekiston Milliy universiteti – janob MAJIDOVga murojaat

"Assalomu alaykum. Murojaatim o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha. Men Oriental nodavlat universitetidan 2-kursdan o‘qishimni O‘zbekiston Milliy universitetiga yetarli ballni to‘plab ko‘chirdim. 16-sentyabr kuni rektor nomiga ariza yozish uchun bordim. Arizag o‘qishni 2-kursdan ko‘chirish va fandagi farqlarni to‘lov asosida to‘ldirish mazmunida edi. Arizaga 12.09.2022 da qabul qilingan Oliy ta'lim vazirliging 87-02-784 sonli xatini asos qilib yozdirishdi. Yozib berdim. Qabul qilib olib qolishdi va aloqa xati uchun 19-sentyabrda kelishimni aytishdi. 19-sentyabrda bordim, ammo bu safar umuman boshqa gapni aytishmoqda. Nima emishki barcha o‘qishni ko‘chirganlar faqat Oriental nodavlat universitetidan Xorijiy filologiyaga ko‘chirganlardan tashqari 1-kursdan qabul qilinar ekan. Shu asosda qayta ariza yozishimizni talab qilishdi. Ariza yozmaganlarga esa e'tibor ham berilmadi. Biz rektoratga murojaat qilib ma'lumot olmoqchi bo‘ldik. U yerdagilar esa yana o‘sha 208-xonaga tushishimizni va nima savolimiz bo‘lsa o‘sha yerdagilarga murojaat qilishimizni aytishdi. Ilojsiz tushdik va to‘laydigan kridit modul summamizni bilish uchun 1-kursdan o‘qishga ariza yozdik. Qizig‘i bu safar ham aynan 12.09.2022 dagi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining  87-02-784 sonli xati asos qilib yozildi.(nahotki vazirlik xati 3 kunda o‘z mazmunini o‘zgartirib yubordi, shunday bo‘lishi mumkinmi?, bo‘lgan taqdirda ham nega 12.09.2022, oldinroq yoki hujjat topshirishdan avval emas. Ochig‘i Oliyta'limning ba‘zi ishlari kulguli va ayni paytda mantiqsiz hamda adolatsiz bo‘lib ketayotganga o‘xshaydi. Ochiq gapirganim uchun uzr.)Arizani olib kirsak, "bizda sotqin chiqibdi, kimdir rektoratga yozmoqchi bo‘libdi" deb tilxat ham yozdirib olishdi. Ilojsiz uni ham yozdik va kriditni hisoblatdik. Menga 2 mln 600 ming so‘m atrofidagi kridit summasini hisoblab birinchi yil faqat shuni to‘laysan deyishda va aloqa xatini berishdi. Ochig‘ini aytsam bu o‘ta ketgan adolatsizlik bo‘lib ko‘rinyapti. Balki chet davlatlardan turli yo‘llar bilan ko‘chirib kelayotganlar osongina ko‘nar bu adolatsizlikka. Lekin men davlatimiz hududidagi va ta‘limni nazorat qilish davlat qo'mitasi nazoratidagi universitetda 1 yil namunali o‘qidim, ancha mehnat qildim, 13 mln so‘m kontrakt to‘ladimku. Agar bu Universitetning qo‘shimcha daromad topish uchun qo‘llayotgan amali bo‘lsa, men ham kontrakt, ham kridit summasini to‘lab, o‘tilmagan darslarga ham qatnashib darslarni to‘liq o‘zlashtirishga tayyorman. Faqat umidimni puchga chiqarmang. Iltimos. Axir boshqa iqtisodiy mustaqillik berilayotgan Universitetlar 2-kursdan qabul qilishmoqda. Misol uchun Toshkent Davlat pedagogika instituti. Shu masalani ko‘rib chiqib ijobiy hal qilishingizni so‘rayman. Bir necha kundan so‘ng esa hamma hujjatlarni ko‘chirib universitetdan talabalar safidan chiqib kelsak 3 mln 100 ming so‘m kridit modul summasi chiqarib berishdi. Bu yana qancha oshadi endi?"

Shu odam vazirlik davrida ham shikoyatlar tinmas edi, rektor ham bo'ldi-ki, shikoyatlar kamayib qolgani yo'q.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
1.0K viewsedited  20:10
Ochish/sharhlash
2022-09-28 19:46:43
Murojaatlar effecti: Samarqand davlat universiteti talabalari kredit to'lamaydigan bo'ldilar

"Bugun Samarqandda 450 nafar talaba hokim Turdimov, SamDU rektori, prorektorlar va boshqa mas’ullar yordamida, jami bir necha milliarddan "kredit modul" tartibida to‘lanadigan to‘lovlarni to‘lamaydigan bo‘lishdi!

Bu haqida Qobul Do'sov o'z telegram kanalida yozyapti

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
5.0K viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash
2022-09-28 18:56:25
#Talabaga_yordam

Endilikda Click Telegram-botida kontrakt to’lovini amalga oshirish mumkin:

Click Telegram-botiga kiring;
“To’lov” – “Ta’lim” bo’limini tanlang;
“KONTRAKTNOE OBUCHENIE”ni tanlang;
Hisob raqami, shartnoma raqami va ism-familiyangizni kiriting;
Kontrakt summasini kiriting;
“To’lash” tugmasini bosing.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
4.9K views15:56
Ochish/sharhlash
2022-09-28 16:51:59 Aytishlaricha, yana 3 ta xususiy oliygohga litsenziya berilibdi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
6.7K views13:51
Ochish/sharhlash
2022-09-28 12:13:02 Endilikda 3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
8.4K views09:13
Ochish/sharhlash
2022-09-28 12:01:04
Rassiyani nufuzli universitetiga talabalar qabul qilinmoqda!
Rossiyaning yetakchi universitetlardan biri!

Kunduzgi, sirtqi va masofali ta'lim!
Bakalavriat / Magistratura
17 fakultet / 110 dastur

Davlat akkreditatsiyasi
Bakalavriat, magistratura, aspirantura
Kurs yo'qotmasdan boshqa oliy o'quv yurtlarga kuchirish
Talabalar va bitiruvchilarni ishga joylashtirish
Xorijiy fuqarolarni qabul qilish
O‘qish va ishlash

FAKULTETLAR:
Iqtisodiyot
Biznes
Boshqarish
Psixologiya
Sport menedjmenti
Jismoniy tarbiya
Mehmondo'stlik instituti
Axborot texnologiyalari
Kompyuter o'yin sanoati va Kibersport
Elektroenergetika
Bank ishi
Huquq
Tilshunoslik
Internet marketing
Dizayn
Teatr, kino televidenie
San'at akademiyasi
Savdo ishi
Issiqlik energetikasi
Qurilish

Murojaat qiling

94-135-44-45 | Yozish

99-513-98-03 | Yozish

Edu invest bilan talaba bo‘ling
7.7K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-09-28 11:02:01
O‘zbekistondagi Tibbiyot sohasi bo‘yicha OTMlar reytingi

Eng yuqori natija qayd etgan OTMLar:
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Buxoro davlat tibbiyot instituti
Toshkent davlat stomatologiya instituti

Eng quyi natija qayd etgan OTMLar:
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

@Talimgaoid_perevod
7.0K views08:02
Ochish/sharhlash
2022-09-28 10:50:40
O'qishingizni biz orqali 3 kunda O'zbekistonga ko'chiring yoki pulingizni to'liq qaytarib oling

BIZGA QO'NG'IROQ QILING 3 KUNDA TALABALIK SHARTNOMANGIZNI OLIB KETING!

Yo’nalishlar:
Iqtisodiyoti
Filologiya( tillar buyicha ingliz, rus va arab)
Moliya
Soliq va Soliqqa tortish
Boshlang'ich ta'lim, Maktabgacha ta'lim
Turizm
IT (axborot texnologiyalari)
Jismoniy tarbiya
Pedagogiga-Psixalogiya

.... va boshqa bir qancha muhim yo'nalishlar sizni kutmoqda.

Diplomi O'zbekistonga o'tadi!
Davlat tomonidan berilgan Litsenziyaga ega
Qulay to'lov-kontrakt narxlar;


Batafsil ma'lumot:

Sevara
+998908224303 @operatorpromic5
Muslima
+998908222729 @operatorpromic4
Muxsina
+998908222120 @operatorpromic2

Shoshiling joylar oz qoldi!!!
7.1K views07:50
Ochish/sharhlash
2022-09-28 09:12:02
#Talabaga_yordam

Ijarada turgan talabaning ijara to'lovining bir qismi qoplab berilishi haqida xabardormisiz?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-sonli qaroriga asosan, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining oylik ijara toʻlovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravarigacha) Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangan.

Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi bilan yuqoridagi INFOGRAFIKA orqali tanishishingiz mumkin.

Ta'lim sohasiga oid yangiliklar:
@Talimgaoid
6.8K views06:12
Ochish/sharhlash